4,5-Laboratoriya mashg‘uloti huawei firmasining c&C08 kommutatsiya tugunining tuzilishI


TIZIMI” qismi bo’yicha O’QUV QO’LLANMA



Yüklə 152,8 Kb.
səhifə2/3
tarix23.03.2023
ölçüsü152,8 Kb.
#102983
1   2   3
TIZIMI” qismi bo’yicha O’QUV QO’LLANMA.
A.M.Eshmuradov,M.X.Nurullaueva, N.A.Zaynutdinova, D.T.Normatova, I.A.Sultanov,
O‘quv qo‘llanma. T.: TATU, 2010.
3.Raqamli kommutatsiya tizimlari fanidan . S&S 08 tizimini o‘rganish laboratoriya ishi uchun uslubiy qo‘llanma.T.: TATU, 2009.
4.8.Nazariy qism

C&CO8 TIZIMINING TEXNIK TAVSIFI


Dasturli boshqariladigan katta sig’imli yangi avlod kommutatsiya tizimi C&C08 - HUAWEI Technologies kompaniyasi oxirgi yillar zamonaviy texno-logiyalar bazasida yaratilgan yangi avlod katta sig’imli kommutatsiya tizimidir. Bu raqamli kommutatsiya tizimi C&C08 ITU-T va ETS Yevropa telekommunikatsiya standartini to’liq qoniqtiradi.
HUAWEI kompaniyasining ochiq optik juftlarning qo’shimcha kiritilgan tizimining Optix seriyali uskunalari kommutatsiyalash uskunalari bilan birlashtirilgan, bu uzatish va kommutatsiyalash jarayonlarini bo’lish prinsipidan ketishga imkon beradi. C&C08 tizimi modulli qurilishi bilan, tarmoq qurishda egiluvchanligi bera oladigan xizmatlar va uskunalarni soni (200 dan ko’p xizmat va funksiyalar) bilan farqlanadi.
Bu tizim UfTT (PSTN) ga, intellektual tarmoq IN ga, ISDN ga, Internetga integralli ulash imkonini beradi. Bu tizim katta sig’imli ochiq apparatli va servisli interfeyslar to’liq to’plamini qo’llaydi. Ularga analog abonent liniya Z interfeysi, ISDN interfeysi (BRI va PRI), V.5 interfeysi, ulash liniya A interfeysi, LAN interfeysi (Ethernet 10Mb/c, FDDI 100Mb/s), V.24 (CR5-238), va V.35standartli DCE-DTE interfeysi, SDH 155,52 Mbit/s interfeysi, PHI paketli kommutatsiya tarmoq bilan aloqa interfeysi kiradi.
Tizim maksimal 800000 AL interfeysini, yoki 180000 UL interfeysini ulashga yo’l beradi. Tizim xalqaro, shaharlararo, mahalliy, tranzit, tandem, oxirgi stansiya sifatida raqamli, analog va aralash tarmoqlarda ishlay oladi. Tizim 7 sonli UKS, V.5, R2, R1.5, 5 sonli signalizatsiya turlarini qo’llaydi. 7 sonli UKS, statsionar va mobil aloqa TUR/ISUP larini va SCCP va TCAP protokollari asosida ishlaydi. Bitta stansiyada E1 va T1 ni ham qo’llaydi. 7 sonli UKS signalizatsiyasining 24 razryadli va 14 razryadli signalizatsiya tizimi punkt kodlari avtomatik identifikatsiya qilinishi mumkin.
Kommutatsiya maydoni 100K Erlang yuklanishni o’tkaza oladi. Eng katta yuklanish soatida 6000 K chaqiriqqa xizmat ko’rsata oladi. Tizimda 80386, 486, 586, 68360 Power PC 860 Pentium mikroprotsessorlari ishlatilgan.
Tizimning asosiy tavsiflariga quyidagilar kiradi: - markaziy kommutatsiya maydonining sig’imi 128 K; - yuqori ishonchliligi:

  1. o’rta yig’ilgan rad davomiyligi 1,34 min/yil;

  2. imkon berishi 0,99999745;

v) nosozlikni o’rtacha bartaraf qilish vaqti, MTTR=12,83 min;
g) radgacha ishlashning o’rtacha vaqti, MTBF=195118,9 soat yoki 22,39 yil;
- apparat ta’minotini yuqori daraja integratsiyasi ekspluatatsiya harajatlarini kamaytiradi, ya’ni stansiya kam energiya iste’mol qiladi:

  1. liniya band bo’lmagan soatda liniyaning iste’mol quvvati R=0,35 Vt;

  2. eng katta yuklanish soati (EKYuS)da liniya band bo’lganda liniyaning iste’mol

quvvati R=0,55 Vt;
v) 100 000 ulash liniyali ATS 9 ta stativda joylashadi va 8,2 kVt quvvatni iste’mol
qiladi;
g) 32 ta portli analog abonent liniyasi bitta platada joylashadi;
d) 16 ta Ye1 yoki T1 interfeysi bitta platada joylashadi; ye) STM – 1 optik interfeys;
- tarmoqning egiluvchan qurilishi tarmoq optimizatsiyasini amalga oshirishga yo’l beradi.
C&C08bir necha turdagi modullarni qo’llaydi:
a) C&C08 uzoqlashtirilgan modullar ishlatishga yo’l beradi. Bu abonent liniya uzunligini va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiradi. Har xil turdagi modullar RSM, RSA, RIM sig’imi bo’yicha har xil talablarni va atrof-muhit shartlarini qoniqtiradi;
- signalizatsiya tizimi boshqa ishlab chiqaruvchilar kommutatsiya qurilmalari bilan yaxshi moslashib ishlashni ta’minlaydi:
a) 7 sonli UKS, 5 sonli, R2, R1.5, V.5 ; DSS 1 va x.k signalizatsiyalarni qo’llash uchun bir xil apparat ta’minoti ishlatiladi; b) signalizatsiya monitori;
v) 2 Mbit/s signal;
g) 16 ta signalizatsiya punktlari; - billing funktsiyalari:

  1. bir vaqtda hisoblagichlar jadvalini va batafsil yozuvlarni berish mumkinligi;

  2. tizim hamma billingli yozuvlarni uchta darajada saqlaydi: birinchi daraja sig’imi

(ATS) 14,4 mln yozuvgacha, ikkinchi daraja sig’imi (320 Gbayt hajmli billing serveri) 2 mlrd yozuv, uchinchi daraja sig’imi (billing markazi) magnitoptik diskda saqlashni qo’llaydi.
v) kategoriya bo’yicha hisobni saqlash; - autentifikatsiya funksiyalari:
a) olti parametr bo’yicha aniq autentifikatsiya (chaqirayotgan abonent prefiksi, chaqirilayotgan abonent turi, kirish/chiqish ulash liniya guruhini ID, chaqirilayotgan xizmat atributi boradigan joy kodi va sutka vaqti), hamda ular kombinatsiyalari; b) “qora va “oq” ro’yhat funksiyalari,1 mln ro’yhatgacha;
v) chaqirilayotgan tomon nomlari bilan kirish ulash liniyalari bo’yicha cheklash funksiyasi.
- har xil turdagi xizmatlar:

  1. PSTN ning asosiy xizmatlari;

  2. PSTN ning qo’shimcha xizmatlari;

v) ISDN xizmatlari;
g) CENTERX xizmatlari;
d) korxona ATS ning asosiy xizmatlari; ye) qo’shimcha xizmatlar, misol uchun tezkor billing.
yo) 2B+D bo’yicha ulanuvchi operator pulti;
z) standart intellektual xizmatlari (VOT,ASS,FPH,UPT, WAC, MAS, VPN.);
i) ATS bazasida intellektual xizmatlar.
C&CO8 raqamli kommutatsiya tizimi modulli qurilishiga ega. U bitta boshqarish va aloqa moduli AM/CM dan va bir necha kommutatsiya moduli SM, yoki bir necha xizmatga ishlov beruvchi modul SPM iborat bo’lishi mumkin (1.1-rasm).
AM(Admission module, ma’muriy modul) - asosan modullar orasidagi bog’lanishni yaratishni boshqaradi va markaziy kommutatordan va kompyuter tarmog’idan HOST tizimi xolatini boshqarishning ochiq tizimini ta’minlaydi.
AM (Administration Module)- ma’muriy modul, asosan modullar orasidagi bog’lanish yaratishni boshqaradi va markaziy kommutatordan va kompyuter tarmog’idan HOST tizimi xolatini boshqarishning ochiq tizimini ta’minlaydi. AM asosiy boshqarish moduli FAM (Front AM) va yordamchi boshqarish moduli BAM (Back AM) dan iborat. FAM quyidagi funksiyalarni bajaradi:

  1. Tizim modullari orasida bog’lanish o’rnatishni boshqaradi, ya’ni real vaqtda kommutatsiyani boshqaruvchiFAM orasida xabar uzatish kerak bo’lganda SM va SPM modullari orasida xohlagan bog’lanish o’rnatish uchun;

  2. FAM global nomerlar joylashgan markaziy ma’lumotlar bazasini qo’llaydi.

  3. FAM ulash linyalarini seriyali izlashni va resurslarni boshqarishni bajaradi.

  4. FAM stansiyaning bosh protsessori va ekspluatatsiya va texnik xizmat terminali orasida interfeyslarni amalga oshiradi. Bu interfeyslar SM bilan birlashib FAM/CM deb ataladi.

Texnik xizmatga mo’ljallangan BAM NOST tizimni boshqaradi, qo’llab quvvatlaydi va nazorat qiladi.
BAM apparat vositalar tarkibida server hisoblanadi. BAM kommutatsiya tizimi C&CO8 dagi ekspluatatsiya va texnik xizmat yadrosi hisoblanadi. U terminal tizim dastur ta’minotini ishlatiladi va OS Windows NT asosida ishlaydi. U tizimni yengil va qulay boshqarishi uchun GUI va MMI ekspluatatsiya interfeyslarini beradi.
CM (Communication Module) - aloqa moduli asosan markaziy KM va kom-
mutatsiya interfeyslaridan iborat. SM nutq kanallari va mos modullarini signalizatsiya zvenolari orasida ulashni ta’minlaydi. SM/SPM modullari orasidagi nutq kanallarining xohlagan ulanishni bog’lash uchun markaziy KM orqali o’tishi kerak.
SM SM modullarini bog’lash uchun ulash liniya E1/T1 interfeysi, STM-1 interfeysi, 40 mbit/s optik tolali interfeysi kabi tashqi interfeyslarni ta’minlaydi. SM hamma SM modullari orasidagi aloqani 40 Mbit/s interfeysi bilan ikkita juft optik liniya bilan ta’minlaydi. Bu izolyatsiya va momaqaldiroq himoyasi muammosini yechadi, hamda aloqa sifatini yaxshilaydi. Har bir juftlik rezervlash rejimida ishlaydi. Bundan tashqari SM boshqa stansiyalar bilan aloqani, SRS protokol platasi va YET16 yoki STU interfeyslarini ishlatish bilan tashkil qiladi.
SPM - xizmatlarga ishlov beruvchi modul AM/CM stativida joylashgan. Bu modul
AM/CM ning tashqi interfeyslarini va markaziy ma’lumotlar bazasini ishlatadi, hamda
SM kommutatsiya modulining taxminan hamma funktsiyalarini bajarish uchun resurslarni hamkorlikda ishlatadi. Shuning uchun, bu modul SM ga qaraganda yuqoriroq unumdorlikka va integratsiya da-rajasiga ega. Bundan tashqari, asosan katta sig’imli ulash liniyalar tarmog’ini tashkil qilish rejimini qyllaydi va IKM qo’llanishga tegishli xizmatga ishlov

beradi. Misol uchun, 7 sonli UKS, SAS, V5, PRA/PHI signaliza-tsiyalari.
SRM BAM bilan TSR/IP 10/100 Mbit/s interfeysi orqali to’g’ridan to’g’ri bog’lanishi mumkin. SPM resurslarni hamkorlikda ishlatish moduli SPM xizmatga ishlov berish moduli uchun kerak bo’lgan hamma resurslarni beradi. Bu resurslarga, tonal signallar, ikki chastotali tonal signalizatsiyali raqam qabul qilgichi, ko’p chastotali signalizatsiyali qabul qilgich-uzatgich, telefon konferens aloqa vositalari, chaqirayotgan abonent nomerini aks ettirish vositasi va x.k. kiradi. Bu resurslarni stansiya SPM ining hamma modullari ishlatadi.
SM - kommutatsiya moduli SPM o’xshash va C&CO8 tizimining asosiy modullaridan hisoblanadi. U taqsimlangan ma’lumotlar bazasini boshqarish, taqsimlangan resurslarni boshqarish, chaqiriqqa ishlov berish va texnik xizmat operatsiyalari kabi funksiyalarni ham bajaradi.
SM - apparat vositalariga nisbatan mustaqil tuzilishiga ega bo’lib, modul ichida mustaqil ulash o’rnatish va kommutatsiyaning hamma funksiyalarini bajarishi mumkin. SM modullari orasidagi kommutatsiya funksiyalarini AM/CM modulidagi markaziy KM bilan birgalikda bajaradi.
SM modul 5472 abonent liniyalari/480 ulash liniyalari standart konfiguratsiyali mustaqil stansiya tarzida ishlatilishi mumkin. Bu holda boshqarish tizimi ulangan BAM moduli, to’g’ri SM da o’rnatiladi. Bu kichik sig’imli kommutatsiya tizimini yaratish uchun O&M funksiyasini bajarishni ta’minlaydi.
Agar bitta SM chegarasidan oshiq sig’im tizim sig’imini talab qilinsa, tizimga boshqa SM modullari ulanadi. Ularni AM/CM orqali birlashtiriladi.
Abonent va ulash liniyalar konfiguratsiyasiga bog’liq ravishda SM modullari quyidagi turlari bilan farqlanadilar:

  • abonent liniyalar kommutatsiya moduli USM (User Switching Module) 6688 ASL/3344 BRI;

  • ulash liniyalar kommutatsiya moduli TSM (Trunk Switching Module). Sig’imi 1440 DT (raqamli ulash liniyalari);

  • aralash, abonent/ulash liniyalar kommutatsiya moduli UTM (User Trunk Switching Module). Uni standart konfiguratsiyasi 4560 ASL/480 DT yoki 2280 BRI/480 DT.

Operator talabiga asosan moduldagi abonent va ulash liniyalar portlari sonini xohlagancha konfiguratsiyalash mumkin.
C&CO8 tizimining boshqarish qurilmasi - taqsimlangan boshqarishli ko’p protsessorli tizimga ega.
Dasturlash tili sifatida «S» tili olingan. Kodlarni generatsiyasida SDL tili va CASE aslahaviy vositalar ishlatiladi.
RSM - uzoqlashtirilgan kommutatsiya moduli, bu AM/SMdan katta masofaga o’rnatilgan SM modulidir.
RSA - uzoqlashtirilgan abonent bloki modulidir. Bunda ISDN tuzilishi (30V+D/23B8+D) kichik sig’imli abonent liniyalarning uzoqlashgan moduli ishlatilib, katta masofaga SM dagi AL javoni chiqariladi. RSA ga ulanish imkoni IKM tizimi, optik uzatish tizimi yoki HDSL (yuqori tezlikli raqamli abonent liniya) texnologiyasi ishlatilgan ikki juft telefon liniyasi orqali beriladi.
RIM - uzoqlashtirilgan integratsiyalangan modul. Bu modul kommutatsiya zalidagi hammasi kerak bo’lgan qurilmalarni bitta stativga birlashtiradi:

  • sovutgich ventilyatorini;

  • akkumulyator batareyalarini;

  • elektr iste’mol manbalarini;

  • atrof-muhit monitoring blokini;

  • mikroavtomat qurilmasini (RIM tashqarida joylashgan varianti uchun).

  • SDH yoki PON uzatish qurilmalarini (kerak bo’lganda).

ONU (Optic Network Unit) – optik tarmoq bloki. Uzoqlashtirilgan modul sifatida HONET abonent imkoni tarmog’ida ONU ishlatish mumkin. Buni farqi, SDH uzatish optik tarmog’i orqali V5.2 interfeysi yordamida, uni ulash amalga oshiriladi. Buning uchun unda kiritish/chiqarish multipleksor bo’ladi. Xuddi shunday multipleksor, u ulanishi kerak bo’lgan SM yoki RSM da ham bo’lishi kerak ONU ga to’g’ri video tasvir SATV uzatish bloki ulangan bo’lishi mumkin. Bundan tashqari u orqali ma’lumotlar uzatish tarmog’iga DDN ga ulanishi mumkin. ISDN xizmat spektrini oshirish mumkin. WS - ishchi stansiya. Stantsiya operatorining ishchi joyi Windows operatsion tizim boshqarishi ostida ishlaydigan kompyuterdir. Stansiya ishini boshqarish, yoki grafik interfeys orqali, yoki buyruq qatori yordamida bajariladi. Bunday kompyuter bilan ishlaganda tizim ko’p sonli yordam belgilarini taklif qiladi.

Yüklə 152,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə