5-mavzu: innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etishning tashkiliy-pedagogik asoslari. Maktabni innovatsion boshqaruv modeli. Reja


Innovatsion faoliyat o’qituvchining



Yüklə 147 Kb.
səhifə12/16
tarix01.02.2023
ölçüsü147 Kb.
#99896
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
5-ma\'ruza

Innovatsion faoliyat o’qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat bo’lib, u shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir.
M.T.Jumaniyozovaning fikricha, o’qituvchilarning innovatsion faoliyatga tayyorgarligini tahlil qilishni uch bosqichda amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:
1. Yangilikni pedagogik faoliyatda qo’llashdan oldingi davrdagi o’qituvchi faoliyatini tahlil qilish.
2. Innovatsion faoliyatning faol shakllanish davrini tahlil qilish.
3. Pedagogik jarayonga yangilik kiritib bo’lingandan keyingi davrdagi faoliyatni tahlil qilish.
O’qituvchi innovatsion faoliyatini tahlil qilib, uning shakllanish bosqichlarini quyidagicha belgilash mumkin:
Birinchi bosqich – tayyor metodik tavsiyanomalar aniq qilib ko’chiriladi.
Ikkinchi bosqich – mavjud tizimga ayrim yangi moslama(modifikatsiya)lar metodlar kiritiladi.
Uchinchi bosqich – yangi g’oyani amalga oshirish mazmuni, metodlari va shakli to’liq ishlab chiqiladi.
To’rtinchi bosqich – o’qituvchi o’qitish va tarbiyalashning o’z kontseptsiyasi va metodikasini ishlab chiqadi.
O’qituvchi innovatsion faoliyatining shakllanishidagi birinchi bosqichda quyidagi vazifalarni bajarishi mumkin:

  • pedagogik faoliyatda ijodiy yo’nalishni shakllantirib borish;

  • pedagogik jarayonda sub’ekt-sub’ekt hamkorligini yo’lga qo’yish;

  • pedagoglik kasbini rivojlantirish va bunga qiziqishni orttirib borish;

  • keng qiziqish doirasini shakllantirish, pedagogik muloqotda ochiqlikni ta’minlash;

  • “men-g’oyalar” ijodiy fikrlash yo’nalishini rivojlantirib borish;

  • pedagogik vazifalarni hal etishga ijodkorlik bilan yondashuv, tahlil qilish malakalarini rivojlantirib borish;

  • ijodiy ishlash texnologiyasini shakllantirish.

Bu jarayonda shaxsiyatni o’stirish treningi, muammoli o’qitish texnologiyasi, faol ta’lim metodikasidan foydalanish va yangilik kiritish jarayoni bilan tanishtirib borish lozim. Birinchi bosqichning asosiy mazmunini umumiy psixologik-pedagogik bilimlarni egallash, o’z faoliyatini tahlil qilish ko’nikma va malakalarini shakllantirish tashkil etadi.

Yüklə 147 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə