8-ma’ruza: Agrosanoat majmui xo‘jalik faoliyatida yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligining tahlili. Reja


Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish samaradorligining tahlili



Yüklə 79,65 Kb.
səhifə5/6
tarix17.12.2023
ölçüsü79,65 Kb.
#150071
1   2   3   4   5   6
8 mavzu

3. Qishloq xo’jaligida suvdan foydalanish samaradorligining tahlili.
Suv bilan ta’minlanish darajasining tahlili ham hisobot va bazis yillardagi ko’rsatkichlarni o’zaro solishtirib, farqini aniqlashdan boshlanadi.
Hisobot yilidagi suv bilan ta’minlanish darajasi ko’rsatkichini bazis yilidagi yoki rejalashtirilgan ko’rsatkichi bilan solishtirib uning o’zgarishi mutloq va nisbiy ko’rsatkichlarda aniqlanadi. So’ngra omillarning ta’siri aniqlanib, suv bilan ta’minlanish darajasiga baho beriladi.
Suv bilan ta’minlanish darajasi (STD) sarf bo’lgan jami suv (ming kub metr hisobidagi) hajmini (JS’H) jami maydonga (JM) bo’lish orqali aniqlanadi:

Ushbu ko’rsatkich 1 gektar maydonga sarf bo’lgan suv hajmini ifodalaydi.
Suv bilan ta’minlanish darajasining umumiy o’zgarishi aniqlanadi:

Ushbu o’zgarish quyidagi ikki omil hisobiga yuzaga keladi.

  1. Jami maydon o’lchamining o’zgarishi hisobiga;

  2. Sarf bo’lgan suv hajmining o’zgarishi hisobiga.

Omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulidan foydalanib, aniqlaymiz. Omillar ta’sirini aniqlashdan oldin «Shartli suv hajmi» ko’rsatkichini hisoblash kerak. Bu ko’rsatkichni aniqlash uchun bazis yilida sarf bo’lgan jami suv hajmini hisobot yilidagi maydonning jamiga bo’lish kerak:

1-omil «Yer maydon o’lchami o’zgarishi»ning ta’siri:

2-omil «Sarf bo’lgan suv hajmi o’zgarishi»ning ta’siri:

Suvdan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichi (S) 1 ming M3 suv hajmi hisobiga olingan mahsulot hajmi bilan ifodalanadi. Bu 1 gektardan olingan mahsulot miqdori (X) 1 gektar uchun sarf bo’lgan suv hajmiga (SS) bo’lish orqali aniqlanadi:

Suvdan foydalanish samaradorlik ko’rsatkichi umumiy o’zgarishi aniqlanadi:

Suvdan foydalanish samaradorligi darajasi o’zgarishiga ikki omil:

  1. 1 gektar maydon hisobiga sarf bo’lgan suv hajmining o’zgarishi;

  2. 1 gektar maydondan olingan mahsulot hajmining (miqdorining) (yoki hosildorlikning) o’zgarishi ta’sir qilgan.

«Zanjirli bog’lanish» usulidan foydalanamiz. Oldin suvdan foydalanish samaradorligining shartli ko’rsatkichini aniqlab olish zarur. Buni bazis yilidagi 1 gektar hisobiga olingan mahsulot miqdorini hisobot yilida 1 gektarga sarf bo’lgan suv hajmiga bo’lish orqali aniqlash mumkin:

1-omil «1 gektar hisobiga sarf bo’lgan suv hajmi o’zgarishi»ning ta’siri:

2-omil «hosildorlik o’zgarishi»ning ta’siri:

Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi suvdan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichining o’zgarishiga teng kelishi kerak.
2-jadval

Yüklə 79,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə