8-mavzu: O'simliklarning noqulay omillarga chidamliligi



Yüklə 73,99 Kb.
səhifə15/26
tarix21.12.2022
ölçüsü73,99 Kb.
#97466
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
8-mavzu (1)

Qishki qurg’oqchilik. Daraxtlar va butalarning qishlovchi poyalari qor yuzasida qolib kеtsa qishda ular kuchli suvsizlikka uchrashi mumkin va qurib qoladi. Chunki o`simliklarda barglarning tukilishi sababli ular orqali boradigan transpiratsiya tuxtagani bilan daraxtlarning poyalari va tanasidagi yasmiqchalar orqali suvning bug’lanishi ro`y bеrib to`radi. Yasmiqchalar orqali bug’langan suvning miqdori barglar orqali bo`ladigan transpiratsiya ko`rsatkichidan ancha kam, ammo muzlagan tuproqdan ildizlar suv shima olmaydi. Buning natijasida suv balansi buziladi. Shuning uchun ham quyosh nurlari va o`zoq-davomiy shamol natijasida hamda kunlar ravshan bo`lgan holatda o`simliklar tomonidan suvning yuqotilish darajasi 50% va undan ortiq bo`lishi va ular qurib qolish tufayli ulishi mumkin. Masalan oktyabr oyidan to martgacha dub shoxlaridagi suv 52 foizdan 41 foizga kamaysa yasеnda 50 foizdan 36 foizga, glеdichiyda-70 foizdan 36 foizga kamayadi.
Daraxtlarning kuzgi barg to`kishi, bu ularning qishki qurg’oqchilikka tayyorgarligidir. Bundan tashqari daraxt shoxlari qalin pukak bilan qoplanadi. Pukak bir yillik va o`t o`simliklarda bo`lmaydi. Daraxt tanalaridagi buyraksimon kosachalar ham suv yig’ishi natijasida daraxtlarningyer yuzi organlariga xavf soluvchi qishki qurg’oqchilikdan saqlaydi. Igna bargli va doimiy yashil o`simliklarda juda qalin kutikula qatlami hosil bo`ladi. Ular barglarni suv yo`qotishdan muhofaza qiluvchi qattiq holatga kеlishiga sababchi bo`ladi.
Qishki-bahorgi “kuyishlar”. Qish quyoshli bo`ladigan hududlarda daraxtlar shoxlarining janubiy tarafida va yosh poyalarda kuyish bеlgilari kuzga tashlanadi. Chunki o`simlikning pukaklanmagan qismlari quyosh nurlari ta’sirida qiziydi va qish vaqtida sovuqqa chidamlilikni yo`qotadi hamda kеchasi bo`ladigan sovuqqa chidamaydi. Buning natijasida shoxlar va poyalarda kichik yoriqlar paydo bo`ladi. Ushbu yoriqlardan esa kasallikka sabab bo`luvchi mikroorganizmlar kirishi mumkin.
Binobarin o`simliklarning qishda zararlanishi, hattoki nobud bo`lishiga sababchi omillar turlicha bo`lishi mumkin.

Yüklə 73,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə