8-sinf O’zbekiston tarixi (birinchi yarmi) Topshiruvchi


Quyidagilardan Buxoro shahri haqidagi to’g’ri ma’lumotlarni toping?



Yüklə 272,46 Kb.
səhifə5/8
tarix19.03.2022
ölçüsü272,46 Kb.
#84583
1   2   3   4   5   6   7   8
TARIX 8

15.Quyidagilardan Buxoro shahri haqidagi to’g’ri ma’lumotlarni toping?

1)shaharga 12 ta darvoza orqali kirilgan;

2)amir Shohmurod davrida deyarli qayta tiklandi;

3)shahar karvonsaroylariga har yili 12-15 ming tuya mol kelib turgan;

4)shaharga 6 ta darvoza orqali kirilar edi;

5)shahar 1601-yildan 1920-yilgacha poytaxt vazifasini bajargan;

6)1809-yillarga kelib bu shahar qaytadan shahar yo’siniga kirgizildi.

A)1,3,5 B)2,4,6 C)1,4,5 D)3,4,5



16.Orenburgda Buxoro amirligi savdogarlarining qarorgohi qurilgan vaqtda qaysi hududda amirlikka qarshi qo’zg’alon boshlangan edi?

A)Miyonqol B)Marv C)Samarqand D)O’ratepa



17.Quyidagilardan Buxoro amirligi tashqi siyosatining(XVIII – XIX asrlar) ) asosiy tamoyillari to’g’ri berilgan qatorni toping?

1)O’rta Osiyoda mavjud uch o’zbek davlatlari orasida yetakchi mavqega ega bo’lish va qulay imkoniyat tug’ilganida ularni bo’ysundirish;

2)Xurosonda mustahkam o’rnashib olish;

3)qo’shni Afg’onistonda mustahkam o’rnashib olish; 4)Rossiya va boshqa mamlakatlar bilan savdo munosabatlarini rivojlantirish;

5)Buyuk Britaniya bilan yaxshi munosabat o’rnatish maqsadida,Hindiston savdogarlariga qulay imkoniyat yaratish;

6)O’rta Osiyo mintaqasidagi barcha musulmonlarning amiri sifatida musulmonlarning Astraxan orqali Makkaga Haj safariga borib kelishlarini ta’minlab turishni yo’lga qo’yish.

A)1,2,4,6 B)1,3,4,6 C)2,3,4,5 D)1,2,5,6

18.Buxoro xonligida qaysi hukmdor davrida amalga oshirilgan pul islahoti hokimiyatning markazlashuviga,xazinaga katta daromad tushishiga olib keldi hamda ichki-tashqi savdoning rivojlanishi uchun yanada qulay sharoit yaratdi?

A)Shayboniyxon B)Ko’chkunchixon

C)Abdullaxon II D)Ubaydullaxon II

19.Quyidagi mansablarni ular bajaradigan vazifalar bilan to’g’ri moslashtirilgan javobni toping?(Shayboniylar davri)

1)harbiy askarlarni to’plash,ularni harbiy yurishga tayyorlash masalasi,shuningdek qo’shinning moddiy ta’minoti uchun javobgar bo’lgan;

2)qo’shinni qurol-yarog’ bilan ta’minlash masalasi bilan shug’ullangan;

3)harbiy qurolsozlik ustaxonasiga rahbarlik qilgan.

a)jevachi b)tavochi c)qo’rxona boshlig’i d)qurchi

A)1-b,2-a,3-d B)1-b,2-a,3-c

C)1-a,2-b,3-c D)1-c,2-b,3-a


Yüklə 272,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə