9-mavzu: Atmosferaga tarqalayotgan zararli changlar va zararli gazlar hamda ularning ruxsat etilgan tashlamalari me’yorlarini hisoblash


Changlanganlikni o'lchashning gravimetrik (tortma) usiillari



Yüklə 201,83 Kb.
səhifə2/3
tarix05.10.2023
ölçüsü201,83 Kb.
#125471
1   2   3
Lecture 9

Changlanganlikni o'lchashning gravimetrik (tortma) usiillari
Chang miqdorini aniqlashning eng aniq va ishonchli usuli gravi­metrik (tortma) usul hisoblanadi: havoni yutganda chang muallaq filtrda yoki boshqa separatsiyalaydigan moslamada yig'iladi va so'ngda og'irligi o'lchanadi. Shundan so'ng uni kimyoviy tahlil qilish yoki boshqa maqsadlarda tadqiq etish (granulometriva) mumkin. Agar gap xonalarning kuchli changlangan havosida nisbatan yirik dispers changlarning yuqori kontsentratsiyalarini o'lchash haqida ketsa, qog'oz fjltrlardan foydalanish mumkin. Bunday tahlildan so'ng yonuvchi gazlarni aniqlash talab etilsa, asbest filtrlar qo'llaniladi
Changning kichik miqdorlarini aniqlashda yumshoq yuzali, yengil, namlikka chidamli membrana filtrlaridan foydalaniladi, ulardagi g'ovaklar o'lchami va efir-selluloza tolalardan tayyorlangan qatlamlarning eni turlichadir. Bunday filtrlar 0,1 mkm dan kichik bo'lgan deyarli barcha chang zarrachalarini tutadi.
Gravimctrik ladqiqotlar uchun diametri 5 sm li maxsus filtrdan foydalanish mumkin, u maxsus patronda joylashtirilgan bo'lib, 6-200 mg changni tutishga mo'ljallangan. Bunday filtrlar mikroskopik tadqiqotlarda ham qo'llanilishi mumkin.
Boshqa maxsus filtrlar haqida gap ketganda polistiroldan tayyorlangan mikrosorbsion filtrlarni aytib o'tish mumkin, ular nisbatan katta olchamlari va havo oqimiga qarshilikning kichikligi bilan ajralib turadi va soatiga 20-50 m3 havo o'tkazadi. Bunday filtrning trixloretilen bilan shimdirilishi hattoki kichik miqdordagi changlarni tutib qolinishini ham ta'minlaydi.
Yirik chang (zarrachalarining o'lchami 5 mkm dan oshmavdi) o'pkaga tushmaydi va ko'pincha qiziqish uyg'otmaydi. Ya'ni faqat nisbatan mayda chang zarrachalarining miqdorini o'lchash zarur.
Changlarni ajratish yo'llari va miqdorini bilvosita aniqlash usullari
Cho'ktirilgan chang miqdorini gravimetrik emas, balki qandaydir boshqa usulda aniqlash zarurati tug'ilsa, filtrda chang cho'kmasining qorayish darajasini aniqlashning yorug'lik-tcxnik usullaridan foyda­lanish mumkin. Bu usulning afzalligi shundan iboratki, ochiq joylardagi atmosfera havosida chang kontsentratsiyalarini muntazam qayd qilish va shamol yo'nalishini aniqlash mumkin, bu tutun va chang manbalarini aniqlash imkonini beradi.

Yüklə 201,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə