9
1-M A SH G‘ U L O T
Mavzu: Sinf: Sarkodalilar
Sinf: Xivchinlilar
Darsning maqsadi:
Talabalarni eng sodda hayvonlar tipining sarkodalilar va
xivchinlilar sinflariga oid erkin va parazit holda yashovchi vakillarining morfologik,
fiziologik, ahatomobiologik xususiyatlari bilan tanishtirish.
Kerakli jihozlar:
Erkin holda parazitlik yo‘liga o‘tgan sarkodalilar va
hivchinlilarning tuzilishini, rivojlanishini aks ettiruvchi jadvallar, mikroskop, buyum
shishachasi, qoplag‘ich shisha, tirik mikroskopik hayvonlar, quruq mikropreparatlar.
V A Z I F A
1.
Sarkodalilar- Sarcodinae seu Rhisopoda sinfining xarakterli vakillaridan
chuchuk suv (protey) amyobasi – Amoeba proteus ni ko‘lmak ifloslangan suv
namunasidan bir tomchidan bir necha tomchi olib mikroskop ostida uni topish,
harakatini, shakli o‘zgarishini kuzatish, rasmini chizish.
2.
Dizenteriya amyobasi – Entamoeba hystolytica ning tayyor preparatini
mikroskop ostida kurish va rasmini chizish.
3.
Chig‘anoqli amyobalar – Testacea, Foraminiferalar - Foraminifera,
Quyoshsimonlar – Heliozoa va Nursimonlar – Radiolaria turkumlarining ayrim
vakillarining tuzilishi bilan tanishib chiqish va rasmini chizish.
Dostları ilə paylaş: