95
Hazm organlari:
Og’iz teshigi og’iz bo’shlig’iga, u halqumga
ochiladi. Halqum qizilo’ngachga, u oshqozonga ochiladi. Oshqozon
ingichka ichakka, undan spiral klapanli yo’g’on ichakka, u kloakaga
ochiladi. Tana bushlig’ida taloq joylashgan. Tog’ayli baliqlarda
konussimon tish, oshqozonosti bezi mavjud.
Nafas organlari:
Jabra bilan nafas oladi. 5-7 ta jabra yoriqlari
bo’ladi. Har bir jabra yorig’i bir uchi bilan halqumga, ikkinchi uchi bilan
to’siqlar yordamida ajralib, bu yerda jabra yoylari joylashgan, jabra
yoriqlari ektodermadan rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: