Abulqosimov h. P., Muminov n. G


texnologik koeffitsiyentlar usuli



Yüklə 3,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/158
tarix28.11.2023
ölçüsü3,96 Mb.
#136477
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   158
- P2

texnologik koeffitsiyentlar usuli
, u xarajatlarning ma’lum 
texnologik koeffitsiyentlari asosida mahsulot ishlab chiqarishning 
real hajmi haqidagi ma’lumotlarni olish imkonini beradi (masalan, 
iste’mol qilinadigan elektr energiyasining dinamikasi va deklaratsiya 
qilinadigan mahsulot ishlab chiqarish dinamikasi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar taqqoslanadi); 
– 
uy xo‘jaliklari va korxonalar rahbarlari o‘rtasida so‘rov 
o‘tkazish usuli
, u xufyona iqtisodiyotning o‘lchamiga ekspert 
baholarini beradi; 
– 
sotsiologik usul
, u xufyona bitimlar amalga oshiriladigan 
alohida me’yorlarni, ularning jamiyatda tarqalganligini, bitimlarni 
tuzishda qanchalik qo‘llanishini tahlil qilishdan iborat
23

1
Qarang: Кочергина Т.Е. Экономическая безопасность: Ростов на Дону: 
Феникс, 2007. С-171. 
23
Беркинов Б.Б

Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. Беркинов; 
ЎзР олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги, Тошкент давлат иқтисодиёт ун-ти, 
Институционал ва иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. – 65-66-
бетлар. 


Zamonaviy iqtisodchilar tomonidan yashirin iqtisodiyotni 
o‘lchashning ko‘pchilik usullari ishlab chiqilgan
24
. Ularni shartli 
ravishda quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin: 
2.1.1-rasm. Xufyona iqtisodiyotni o‘chash usullari 
• 
mikro darajadagi usullar (to‘ridan-to‘g‘ri, bevosita); 
• 
makro darajadagi usullar (bilvosita) (qarang: 2.1.1-rasm). 
Xufyona iqtisodiyotni mikrodarajada o‘lchashda bevosita 
24
Yashirin itisodiyot miqyoslarini o‘lchash uslublarini batafsil tahlili quyidagi ilmiy 
asarlarda yoritilgan: Николаева М.И., ШевяковА.Ю. Теневая экономика: методы 
анализа и оценки. М., 1987; Бокун Н., Кулибаба И. Проблемы статистической 
оценки теневой экономики // Вопросы статистики. 1997. № 7; Попов В. В. Методы 
измерения теневой экономики и их использование в постсоветской России // 
Экономическая теория преступлений и наказаний. Теневая экономика в советском 
и постсоветском обществах / Под ред. Л.М. Тимофеева и Ю.В. Латова. М., 2002. 
Вып. 4/2.; Муминов Н.Г., Жўрабоев И.Б. Яширин иқтисодиётни ўлчаш усуллари // 
Иқтисод ва молия, №12, 2016. 2-8 бет. 
Xufyona iqtisodiyotni o‘lchash usullari 
mikrousullar 
makrousullar 
So‘rovlar, 
xufyona 
iqtisodiyot 
ishtirokchilarini 
tanlama 
kuzatuvlar 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) 
bilvosita 
Monetar 
usullar 
Soliq 
tekshiruv 
lari 
Ish bilan 
bandlik 
tarkibi 
vanatijalari 
bo‘yicha 
usullar 
Balans 
usuli 


(to‘g‘ri) usullardan foydalaniladi: xufyona iqtisodiyotning miqyosini 
baholash uchun so‘rovlar, ochiq tekshirish usuli va iqtisodiy-huquqiy 
tahlilning maxsus usullari. 
1. So‘rovlar. 
So‘rov orqali o‘tkaziladigan tadqiqotlar ijtimoiy izlanishlar 
yordamida amalga oshiriladi. Masalan, anonim intervyu usuli. Bunda 
intervyuda qatnashayotgan respondentlarni shartli ravishda 4 guruhga 
ajratish mumkin: 
• 
“yashirin 
faoliyatchilar”
– 
noqonuniy 
iqtisodiy 
munosabatlarni amalga oshiruvchi va buni tan olishga tayyor bo‘lgan 
shaxslar; 
• 
“bevosita kuzatuvchilar”
– yashirin muhitda bo‘lib, uni 
ichidan kuzatayotgan, lekin noqonuniy bitimlarda qatnashayotganini 
qayd etmaydigan shaxslar; 
• 
“tashqi kuzatuvchilar”
– yashirin iqtisodiyotni u yoki bu 
faoliyatiga baho beruvchi respondentlar bo‘lib, ular bu faoliyatga 
qo‘shilmaydi yoki qo‘shilganini tan olmaydi. 
• 

Yüklə 3,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə