7
!
Barakalla, to‘g‘ri topdingiz! Buning nomi – MA’RIFAT.
Kitob orqali, adabiy asarlarni o‘qib-o‘rganish tufayli orttirilgan
bebaho boylik – ma’naviyat va ma’rifat!
Qolaversa, adabiyot so‘zi aslida odob so‘zidan olingan bo‘-
lib, qadimdan Sharq mamlakatlarida adabiyotga insonni odob va
axloqqa yo‘naltiruvchi ruhiy-ma’naviy manba sifatida qaralgan.
Bu yerda odobni tor ma’noda tushunmasligimiz, bu so‘z zami-
rida yotgan barcha fazilatlarni tasavvur qilishimiz kerak. Ya’ni
odob tushunchasi insonni inson qilib turadigan barcha ijobiy
fazilatlarni o‘zida jamuljam etadi. Vatanga muhabbat, ajdodlar
xotirasiga ehtirom, ota-ona va yaqinlariga mehr-oqibat, o‘zgalar
dard-u tashvishi bilan yashash, inson tuyg‘ulariga hurmat va
e’tibor, shafqatga muhtoj kishilar ko‘nglini ko‘tarish – bularning
bari inson odobi degan yuksak tushunchani tashkil etadi. Ada-
biyot tarixidagi jamiki buyuk asarlarning bosh mazmun-mohi-
yatini esa ayni qadriyatlar tashkil qiladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, o‘qishda ham o‘qish, uqish va
his qilish bor. Demoqchimizki, kitob mutolaasi odam bolasidan
bu ishga jiddiy berilishni, yuqorida ta’kidlaganimizdek, ixlos
bilan yondashishni talab qiladi. Falon asarni o‘qidingmi-o‘qidim
qabilida ish tutish mutlaqo yaramaydi. O‘sha asarni, uni yozgan
yozuvchi yoxud shoirning orzu-o‘ylari, asarga singdirgan tuy-
g‘ularini his qilish kishidan alohida e’tiborni talab qiladi. Asarni
his qilib o‘qimaslik chinakam gul bilan sun’iy gulning farqiga
bormagandek gap.
Xo‘sh, asarni his qilib o‘qish nima degani?
Dostları ilə paylaş: