Akadem I ya s. A. Isxakov, A. R. Raxmanov musulmon huquqi



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/71
tarix26.04.2022
ölçüsü0,75 Mb.
#86062
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
islom huquqi

Savol va topshiriqlar 
1. Musulmon sud huquqining tarkibi va musulmon sudlariga tavsif 
bering.  
2. Musulmon sudlarida jinoyat ishlarini ko‘rib chiqish va qarorlarni ijro 
etishga xos xususiyatlarni gapirib bering.  
3. Qozilarning huquqiy maqomi va vakolatlarini tushuntiring. 
4. Shariatda advokatura institutining mohiyatini tushuntiring.  


154
11-BOB. XORIJIY MAMLAKATLAR HUQUQIY TIZIMIDA 
MUSULMON HUQUQINING TUTGAN O‘RNI 
11.1. Musulmon huquqida reyvalizm va tanzimot islohotlari 
Islom huquqida reyvalizm va tanzimot islohotlari.
 XIX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab musulmon huquqi maqomida jiddiy 
o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu, eng avvalo, yuksak rivojlangan musulmon 
mamlakatlari huquqiy tizimlari o‘z o‘rnini G‘arbiy Yevropa andozalariga 
asoslangan qonunchilikka bo‘shatib berilganligi bilan bog‘liqdir. Usmon 
saltanati huquqiy ustqurmasidagi islohotlar ham shundan dalolat beradi. 
Mazkur islohotlar, 
bir tomondan,
 yangi iqtisodiy munosabatlarning 
rivojlangani, 
ikkinchi tomondan esa,
 xorijiy kapitalning xuruji va 
mavqeining mamlakatlarning ijtimoiy rivojiga siyosiy va mafkuraviy 
ta’siri bilan bog‘liq edi. Bunday sharoitda musulmon huquqi ijtimoiy 
sabablarning keng doirasini mutanosiblashtirish ehtiyojlariga javob 
berolmay qoldi va o‘z yetakchilik o‘rnini G‘arbiy Yevropa huquqiy 
tizimga bo‘shatib berdi, shu bilan birga esa u faqat shaxsiy maqom 
masalalarini mutanosiblashtirishga bo‘lgan hukmronligini saqlab qoldi. 
Mazkur o‘zgarishlar Misr huquqiy tizimiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Turk 
sultonining Misrdagi noibi Muhammad Ali va uning izdoshlarining 
siyosati bu mamlakatda kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga 
obyektiv yo‘nalgan bo‘lib, huquqiy sohada XIX asrning 70–80-yillarida 
qator muhim qonunlarni, jumladan fuqarolik, tijorat, jinoyat, dengiz, 
fuqarolik va jinoyat-protsessual (1875-y.) kodekslari hamda sudlarni 
G‘arbiy Yevropa andozasi asosida (asosan, fransuz andozasi) ishlab 
chiqdi. Mazkur islohotlar natijasida Misrda musulmon huquqining ta’sir 
doirasi asosan shaxsiy maqom va vaqflarning huquqiy holatiga doir 
munosabatlarni mutanosiblashtirishdan iborat bo‘ldi. Suriya, Livan, 
Iroqda huquqiy tizimlardagi o‘zgarishlar unchalik chuqur bo‘lmadi. Bu 
mamlakatlarda yer va jinoyat, protsessual kodekslarning qabul qilin-
ganiga qaramay, musulmon huquqini qo‘llash ham sezilarli darajada 
qolaveradi. Bundan tashqari, bu davrda (1869–1876-yillarda) Majalla – 
Usmon saltanati Fuqarolik kodeksi chiqarilib, musulmon huquqi 
normalarini kodekslashtirish o‘tkazilgan edi. Ma’lumki, Majalla Turkiya-
da 1926-yilgacha, Livanda 1932-yilgacha, Suriyada 1949-yilgacha, 
Iroqda 1953-yilgacha, Iordaniyada esa 1976-yilgacha amal qildi. Hozirgi 
kunda uning ta’siri qisman Isroilda, Quvaytda va Kiprda saqlanib qolgan. 
XX asrning boshlarida faqat Arabiston yarim oroli va Fors qo‘ltig‘idagi 


155
mamlakatlarda musulmon huquqi o‘z mavqeini saqlab qolib, an’anaviy 
shaklda keng qo‘llanib kelgan deyish mumkin. Yuksak rivojlangan arab 
mamlakatlarining huquqiy tizimlarida ba’zi cheklanishlar bilan ikki 
asosiy andoza: roman-german (fransuz) – Misr, Suriya, Livan, Mag‘rib 
mamlakatlarida, ingliz-sakson tizimi esa Iroq va Sudanda urf bo‘ldi. 
Mazkur mamlakatlarda musulmon huquqi oila-nikoh, vorislik va 
musulmonlar (ba’zan nomusulmonlar) o‘rtasidagi ba’zi boshqa 
munosabatlar sohasida saqlanib qoldi. Umuman musulmon huquqiy 
tizimining kuchsizlanishini Eron huquqiy tizimida ko‘rish mumkin. 
Eronda XX asrning 20–30-yillarida tijorat, jinoyat, fuqarolik va fuqarolik-
protsessual kodekslarning qabul qilinishi bilan bog‘liq jiddiy islohotlar 
natijasida musulmon huquqining ta’sir doirasi ancha qisqardi. Ja’fariy 
mazhabining qonun-qoidalari esa faqat shaxsiy maqom va vaqflarning 
huquqiy holatini aniqlash borasida o‘z mavqeini saqlamoqda. 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə