Akrom abbasovich karimov, zafar avazmuratovich muqumov, mutabar hamidullaevna khodjaeva


I BOB. «XALQARO AUDIT» FANINING PREDMETI, OB’EKTI VA



Yüklə 3,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/191
tarix04.05.2023
ölçüsü3,91 Mb.
#108225
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   191
1300-Текст статьи-4755-1-10-20200629

I BOB. «XALQARO AUDIT» FANINING PREDMETI, OB’EKTI VA 
METODI 
1.1. «Xalqaro audit» fanining predmeti va ob’ektlari 
Respublikamizdagi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi 
bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy 
hayotni, jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan 
kelib chiqqan holda bir qancha yangi malakali mutaxassislarga, nazariy va amaliy 
kurslarga, fanlarga ehtiyoj tug’iladi. Shulardan eng muhimi “Xalqaro audit” 
fanidir.
Auditor (lotincha «auditor» - «eshituvchi», «o’quvchi» degan ma’nolarni 
anglatadi) – ma’lum muddat davrida korxona moliya-xo’jalik faoliyatini 
tekshiruvchi shaxsdir. Auditor so’zining lug’aviy ma’nosi ham uning iqtisodiy 
ma’nosiga ancha yaqin. O’rta asrlarda o’quv yurtlarida sinf, guruh ichida boshqa 
o’quvchilarga nisbatan bilimi kuchli, zukko o’quvchilarni auditor deb ham 
atashgan. Shu toifadagi o’quvchilarga boshqa o’quvchilarning darslarni qanday 
bajarayotganligini, bilimlarni qay darajada o’zlashtirayotganligi kabilarni 
tekshirish vazifalari yuklatilgan. Mana shu holatdan ko’rinib turibdiki, auditorni 
mijozning moliya-xo’jalik faoliyatini tekshirib, uning ishonchini qozonadigan 
shaxs desa ham bo’ladi. 
Bozor infratuzilmasi unsurlari ichida auditorlik kompaniyalarining roli va 
tutgan o’rni alohida ahamiyatga ega. AQSh, Yaponiya, Germaniya, Frantsiya
Angliya va boshqa rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ham ma’lumki, auditorlik 
kompaniyalari bozor infratuzilmasi unsurlarining zanjirli tizimida asosiy 
xalqalardan biri bo’lib hisoblanadi. Auditorlik kompaniyalari korporatsiyalar, 
firmalar va boshqa xo’jalik yurituvchi tuzilmalarning ishlab chiqarish, moliya-
xo’jalik faoliyatida muomalalarning to’g’ri amalga oshirilganligini tasdiqlab, 
mijozlarning ularga bo’lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi. 
Auditorlik tashkilotlari bozor infratuzilmasining eng muhim unsurlaridan biri 
bo’lib, ular mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish 
maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. 


19 
Audit – xo’jalik yurituvchi sub’ektni mustaqil ekspertiza va moliyaviy 
hisobotini tahlil etuvchi tashkilotdir, buni shunga vakil qilingan shaxslar - 
auditorlar (auditorlik tashkilotlari) bajaradi. 
Fanning predmeti auditorlik faoliyatining xalqaro tajribasi, xalqaro auditorlik 
standartlarini ishlab chiqish va auditorlik faoliyatini unifikatsiyalash masalalarini 
o’rganish hisoblanadi.
Fanning ob’ekti xalqaro audit modellari, jahon mamlakatlarida auditorlik 
faoliyatining rivojlanish tendentsiyalari, xalqaro auditorlik tashkilotlari va 
kompaniyalari faoliyati, xalqaro auditorlik standartlari bo’lib hisoblanadi. 
“Xalqaro audit” fani “Amaliy audit”, “Ichki audit”, “Moliyaviy hisobot 
auditi” va “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari” fanlari bilan bevosita 
bog’liq. “Xalqaro audit” fanida ichki audit va moliyaviy hisobot auditining xorijiy 
tajribalari o’rganilsa, amaliy auditda qo’llaniladigan auditning milliy standartlarini 
xalqaro standartlar bilan taqqoslash imkoniyati tug’iladi. Bundan tashqari “Xalqaro 
audit” fani moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tuzilgan moliyaviy 
hisobotlarni tekshirish uslubiyatini ham yoritib beradi. 

Yüklə 3,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə