bilan birga xo’jalik sharoitida tekshirish uchun patologik material olish va uni
laboratoriyada mikroskopik, bakteriologik va immunologik tekshirish usullari bilan
24
Amaliyotning mazmuni.
Talaba xo’jalik sharoitida veterinariya xizmatining
tuzilishi, shtatlar, veterinariya hujjatlari va hisobotlari bilan tanishadi.
Yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tadbirlarini rejalashtirish bilan tanishish.
Mastit, metrit, abssess, flegmona va boshqa yaralardan patologik material olish
tartibi, uni konservatsiya qilish, joylash va yo’llanma hujjatlarini to’ldirish,
laboratoriyaga jo’natish qoidalarini o’zlashtiradi.
Xo’jalikda, molxonalarda va boshqa chorvachilik binolarida, bozorlarda va
sog’ish jihozlarida o’tkazilgan dezinfeksiyalashning sifatini aniqlash uchun va uni
sanitar bakteriologik baholash uchun patologik material olish, laboratoriyaga
yuborish usullarini o’zlashtiradi.
Yem-xashaklar, silos, senaj va boshqa oziqalardan namuna olish va sifatini
aniqlash uchun laboratoriyaga yuborishni o’rganadi.
Hayvonlar suv ichadigan turli idishlar, vodoprovod, ochiq suv havzalaridan
namunalar olish va ularni sanitariya-bakteriologik tekshirish uchun laboratoriyaga
yuborish bilan tanishadi.
Laboratoriya sharoitida talaba qo’yidagilarni o’zlashtirishi lozim:
- veterinariya laboratoriyasining tuzilishi, bo’limlari, shtatlari va boshqalar bilan
tanishadi;
- laboratoriyada yurgiziladigan hujjatlarni to’lg’izish, hisobotlarni tuzish, ish
xaqi masalalari bilan tanishadi;
- bakteriologik va serologik bo’limlarda ishlash qoidalari bilan tanishish.
Dostları ilə paylaş: