Анатом- меш


chiqib turgan ko'krak egriligi hosil bo'ladi (kifoz). 7 yoshgacha egrilikdar hali



Yüklə 2,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/134
tarix02.05.2023
ölçüsü2,98 Mb.
#108006
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134
portal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi

chiqib turgan ko'krak egriligi hosil bo'ladi (kifoz). 7 yoshgacha egrilikdar hali 
unchalik mustahkam bo'lmaydi va yotgan joyida to'g'rilanishi mumkin. Bel 
egriligi qariyb 12 yoshga kelib uzil-kesil shakllanadi. 
ko`krak qafasi skeleti: 
Ko`krak qafasi suyaklari 12 juft qovirg`alar va 
to`sh suyaklari birikishidan hosil bo`ladi. Bu suyaklar bir-biri bilan birikib ko`krak 
qafasi hosil bo`ladi. qavurg`alarning 12 tasi ham orqa tomondan ko`krak 
umurtqalariga birikadi. Ularning 7 jufti haqiqiy yoki chin qovurg`alar deb atalib 
oldingi tomondan o`zining tog`aylari bilan to`sh suyagining yon tomoniga birikkan 
uch jufti soxta qovurg`alar bo`lib, ular bir-biri bilan birikib qovurg`alarning 7 chi jufti 


22
tog`ayiga birikadi. 11-12 chi qovurg`alar oldingi tomondan to`sh suyagiga birikmay 
qorin muskullari orasida joylashadi. Ularning suyaklanishi embrionning 5-8 
haftasidan boshlanib 20 yoshga borib to`xtaydi. To`sh suyagi 3 qismdan: yuqori 
dasta, o`rta tana, pastki qilichsimon o`simtadan iborat. Bu suyaklar yosh bolalarda 
alohida bo`lib, 20-25 yoshda ular bir-biri bilan birikib yaxlit to`sh suyagiga aylanadi.
Ko`krak qafasining shakli bolaning yoshi ortishi bilan o`zgarib turadi. 
Bolaning bir yoshida ko`krak qafasi qonus shaklida bo`ladi. Bolaning 12-13 
yoshlarida uning shakli katta odamnikiga o`xshash bo`ladi. Ko`krak qafasining jinsiy 
farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda o`g`il bolalarda ko`krak qafasidagi pastki 
qovirg`alar qiz bolalarda esa yuqorigi qovirg`alar ko`tariladi. Ko`krak qafasining 
aylanasida ham jinsiy farq seziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha ko`krak qafasining 
aylanasi 1 yilda 1-2 sm., jinsiy voyaga etish davrida esa 11 yoshdan boshlab, 2-5 sm. 
ga ortadi. Jinsiy voyaga etish davrida yoz va kuz oylarida ko`krak qafasining aylanasi 
tez o`sadi. Uning rivojlanishi skelet muskullariga ham bog`liq. Suzish, qayiq haydash 
yaxshi ta'sir ko`rsatadi. Bolani partaga noto`g`ri o`tkazish, partaga ko`kragini tirab 
o`tirish natijasida ko`krak qafasi deformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit
o`pka shamollashi ham uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.

Yüklə 2,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə