|
Анатом- мешNafas olish organlari kasalliklariportal.guldu.uz-Bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi4. Nafas olish organlari kasalliklari.
Nafas olish organlarining kasalliklari
2 turga bo’linadi.
1. Nafas olish organlarining yallig’lanish kasalliklari.
2. Nafas olish organlarining yuqumli kasalliklari.
1. Burun ichki shilliq pardasining yallig’lanishi
rinit
odatda aksa urish,
burundan suv oqish, burun orqali nafas olishning qiyinlashishi bilan kechadi.
2. Tomoq shilliq pardasi yallig’langanda
Faringit,
tomoqda og’riq seziladi,
ovqat yutishi qiyinlashadi. Tomoqlarning bodomcha bezlari yallig’lanib angina
kasalligi kelib chiqadi. O’z vaqtida davolanmasa tomoq bezlaridagi mikroblar limfa
va qon orqali yurak, buyrak va boshqa organlarni zararlashi mumkin.
3. Hiqildoq shilliq pardasining yallig’lanishi
laringit
bunda quruq va
qo’pol, og’riqli yo’tal, tovushning bo’g’ilishi bilan kechadi.
4. Traxeya va bronx shilliq pardasining yallig’lanishi
traxeit
va
bronxit
kasalligi yuzaga kelib ko’pincha birga sodir bo’ladi. Bunda yo’talish, yo’talgan
vaqtda to’sh suyagining orqa qismida og’riq seziladi va shilimshiq balg’am ajraladi.
5. O’pka to’qimasining yallig’lanishi
zotiljam kasalligi
deb ataladi. Bunda
bemor yo’taladi, nafas olishi tezlashadi, ko’krak qafasida og’riq, darmonsizlik, tana
harorati ko’tariladi.
6. Plevra pardasining yallig’lanishi
plevrit
deb ataladi.
Nafas olish organlarining yuqumli kasalliklariga gripp, o’pka sili
(tuberkulyoz) kabi kasalliklar kiradi.
Adabiyotlar.
1. Sodiqov B, Kuchkarova L, Qurbonov Sh. "Bolalar va o`smirlar fiziologiyasi va
gigiyenasi" O`zbekiston Milliy Enteklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. T 2005y.
2. Sodiqov Q, "O`quvchilar fiziologiyasi va gigiyenasi" T. «O`qituvchi » 1992y.
3.Urinkova A, Antronova M, Farber D. "Vozrastnaya fiziologiya i shkolnaya
gigiyena" Prosvesheniya, M 1990g.
Dostları ilə paylaş: |
|
|