Andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti maktabgacha ta



Yüklə 427,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/24
tarix10.05.2022
ölçüsü427,24 Kb.
#86410
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
4 6018294825843950392

___________________________________ 

1

 Umumiy psixologiya (A.V. Petrovskiy tahr.). Toshkent, 1992, 400-bet. 



 


 

 

46 



 

qarab, u yaxshi inson, u esa yomon odam deb u yoki bu odam haqida gap ketganda 

unga  baho  beriladi  Ijobiy  xarakter  xislatlarining  shaxs  uchun  amaliy  ahamiyati 

katta.  ijobiy  xislatlar  shaxs  uchun  ziynat  hisoblanib,  unga  soflik,  latiflik, 

musaffolik  ruhini  singdiradi.  El  orasida  obro‘-e’tiborli  qilinadi.  Salbiy  xarakter 

xislatlariga ega bo‘lgan shaxslardan xalq nafratlanadi ularni so‘zsiz qoralaydi. 

Psilolgik  jarayonlarning  shaxs  faoliyatidagi  xukmronligi  nuqtai  nazaridan 

xarakter  xislatlari  axloqiy,  emotsional  va  irodaviy  xususiyatlarga  bo‘linadi. 

Voqelikka munosabat nuqtai nazaridan esa xarakter xislatlari quyidagi guruxlardan 

iboratdir: 

a)  SHaxsning  umumiy  ruhiy  tuzilishini  ifodalaydigan  xususiyatlar.Bunday 

xususiyatlarga  g‘oyaviylik,  maqsadga  intiluvchanlik,  prinsipiallik,  halollik, 

vatanparvarlik, mardlik, faollik, intizomlilik, adolatparvarlik kabi. sifatlari kiradi; 

b)  SHaxsning  boshqa  odamlarga  munosabatini    ifodalovchi  xususiyatlar. 

Bunday  xususiyatlarga  insonparvarlik,  saxiylik,  samimiylik,  hurmat-extirom, 

jamoatchilik, sezgirlik kabilar kiradi; 

v)  SHaxsning  o‘z-o‘ziga  munosabatini  ifodalovchi  xususiyatlar.  Bunday 

xususiyatlarga  o‘z  qadr-qimmatini  bilish  tuyg‘usi,  kamtarlik,  mag‘rurlik, 

uyatchanlik, xudbinlik, o‘z shaxsi, o‘zining kechinmalari bilan band bo‘lish, o‘zini 

hamisha o‘z diqqat markazida tutish kabi sifatlar kiradi;  

g)  SHaxsning  o‘z-kasbiga,  mexnatga  munosabatiga  ifodalovchi  xususiyatlar. 

Bunday xususiyatlarga o‘z xalqiga, mexnatkash ommaga mexr, muhabbat, qat’iyat, 

ijodkorlik. tashabbuskorlik, mexnatsevarlik, xalollik kabi muhim fazilatlar kiradi; 

d)  SHaxsning  buyumlarga  munosabatini  ifodalovchi  xususiyatlar.  Bunday 

xususiyatlarda  shaxsning  puxtaligi,  beparvoligi,  tejamkorligi,  isrofgarchiligi,  o‘z 

va  o‘zgalar  mulkiga  munosabat  nuqtai  nazaridan  ifodalanadi.  Ko‘rinib  turibdiki, 

shaxsning umumiy psixologik tuzilishida, beshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga, mehnatga 

na  buyumlarga  munosabatlarida,  xarakterining  ijobiy  xususiyatllari  ham.  salbiy 

xususiyatlari  ham  namoyon  bo‘ladi,  Xarakterning  ijobiy  xususiyatlari  orasida 

ahloqli xususiyatlar muhim rol o‘ynaydi. Axloqiy xususiyatlar axloqiy tuyg‘ularga 

asoslangan  bo‘lib,  shaxsning  jamiyat  talablariga  javob  beradigan  ma’naviy  xulq-



 

 

47 



 

atvorini  ifodalaydi.  Bular  orasida  ayniqsa,  vatanparvarlik,  baynalminalchilik, 

insonparvarlik  sifatlari  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lib,  bu  yuqori  tuyg‘ularda  har 

bir  shaxsning  o‘z  vatani,  xalqi,  yurti,  eli  deb  yonib  yashashi  aks  etadi. 

Respublikamiz 

mustaqillikka 

erishgan 

hozirgi 


vaqtda 

vatanparvarlik 

tushunchasining  mohiyati  boshqacha  bo‘lib  qoldi.  Muqaddas  O‘zbekiston 

zaminida  istiqomat  qilayotgan  har  bir  katta-yu  kichik  inson  uning  har  bir  qarich 

erini  ko‘z  qorachig‘iday  asrashi  zarur.  Endilikda  vatanparvarlik  faqat  his-

tuyg‘ulardagina emas, kundalik amaliy xarakatlarda, mustaqillikni mustaxkamlash 

yo‘lida  qilinadigan  fidokorona  mehnatda  o‘z  ifodasini  topishi  kerak.  Hozirgi 

sharoitda  haqiqiy  vatanparvar  bo‘lish  uchun  har  bir  odamga  vatanparvarlik  sifati 

bilan  yonma-yon  tarzda  insonparvarlik,  jamoatchilik,  baynalminalchilik  halollik. 

rostgo‘ylik,  to‘g‘rilik,  mehnatga  muhabbat,  xalq  va  jamiyat  oldida  o‘z  burchini 

chuqur  anglash.  boshqlarga  foyda  keltirishga  doim  tayyor  bo‘lish  g‘oyalariga 

sadoqat ham zarurki, bu xislatlarsiz shaxsni to‘laqonli vatanparvar deb bo‘lmaydi. 

SHaxsning  ijobiy  xarakter  xislatlarida  kuch-g‘ayrat,  faollik,  mardlik, 

uyushqoqlik,  qat’iylik,  sabr-matonat,  mustaqillik,  izchillik  kabi  irodaviy 

xususiyatlarning  roli  kattadir.  CHunki,  bu  kabi  irodaviy  xususiyatlar  shaxslarda 

o‘zaro xurmat, halollik, rostgo‘ylik, axloqiy poklik, oddiylik, kamtarlik, oilada bir-

birini  hurmat  qilish,  bolalar  tarbiyasida  g‘amxo‘rlik  qilish  kabi  ma’naviy  sifatlar 

bilan  bog‘liq  bo‘lib,  xarakterning  umumiy  ijobiy  xislatlari  barqarorligini 

ta’minlashga xizmat qiladi. 

SHuni  ham  ta’kidlash  kerakki,  shaxs  faoliyatining  ayrim  hollarida  namoyon 

bo‘ladigan qat’iylik, jasurlik, mardlik, matonatlilik, dadillik, o‘z-o‘zini tuta bilish 

kabi sifatlar barqaror xarakter xislati bo‘la olmaydi. Agar shaxs jasorat ko‘rsatdi, 

dadillik  qildi,  rostgo‘ylik,  sofdillik  namoyon  etdi,  deyilsa,  ma’lum  paytdagina 

namoyon  bo‘lgan  bu  sifatlar  barqaror  xarakter  xislati  bo‘la  olmaydi.  Bunday 

xislatlar  doimiy  va  barqaror  bo‘lgandagina  xarakter  sifati  bo‘la  oladi.  Bu  vaqtda 

unday  shaxslar  haqida  gap  ketganda  dadil,  mard,  jasur,  rostgo‘y  kabi  xarakter 

sifatlari qo‘shib aytiladi. 



 

 

48 



 

SHaxs  ijtimoiy  munosabatlar  va  ijtimoiy  muhit  maxsuli,  uning  xarakter 

xislatlari  xam  ijtimoiy  muxit  va  sharoitlarning  mahsulidir.  Jamiyat  tarkibi  bilan 

bog‘liq  xolda  xarakter  xislatlari  tabaqalashgan  moxiyat  kasb  etadi.  Turmush 

sharoitlari  va  ijtimoiy  borliqning  o‘zgarishi  bilan  bog‘liq  xolda  jamiyatimiz 

a’zolarining xarakter sifatlari ham o‘zgarib boradi. 

Bundan  bir  necha  yil  muqaddam  O‘zbekiston  mustaqillikka  erishdi.  Buning 

natijasida  respublikamizda  yangi  ijtimoiy  muhit  vujudga  keldi.  Natijada 

jamiyatimiz  a’zolari  xulq-atvorida  umuminsoniy  qadriyatlarga  asoslangan  milliy 

xarakter  xislatlarining  yuzaga  kelishi  va  rivoji  uchun  mustaxkam  zamin  yaratildi, 

mamlakatimiz xalqlarining xarakter sifatlari yangi mazmun kasb eta boshladi. 

Hozirgi  kunda  mustaqillik  sharoiti  respublikamiz  ahlining  individual 

xususiyatlarini,  umuminsoniy  xarakter  sifatlarini,  mukammal  qaror  toptirish  va 

rivojlantirish  uchun  keng  imkoniyatga  ega  bo‘ldi.  Qisqa  tarixiy  davr  mobaynida 

sovet  ijtimoiy  tuzumi  shaxsiga  xos  salbiy  xarakter  sifatlari  tag-tomiri  bilan 

inqirozga  yuz  tutdi.  Endilikda  manmanlik  laganbardorlik.  prinsipsizlik, 

mustaqilsizlik  kabi    o‘tmishda  avj  olgan  xarakter  xislatlari  kun  sayin  yo‘qolib 

bormokda. 

YAngi  mustaqillik  sharoiti  shaxsiga  xos  xarakter  sifatlari  jamiyatimiz 

a’zolarining  mexnatga  munosabatlarida,  mustaqillik  manfaatlariga  sadoqatida, 

o‘zaro  munosabatlaridagi  yuksak  axloqiy  sifatlarida,  irodaviylikning  yuqori 

ko‘rinishlarida o‘z ifodasini topmoqda. 

Jamiyatimiz  a’zolari  umuminsoniy  axloq  normalarida  ifodalangan  axloqiy 

tamoyillarni  o‘zlarining  barqaror  xarakter  xislati  deb  biladilar.  Mustaqillik 

g‘oyalari  sadoqat,  Vatanga  cheksiz  muhabbat,  halollik,  mexnatsevarlik,  ijtimoiy 

burchni  idrok  qilish,  do‘stlik,  o‘rtoqlik,  o‘zaro  yordam,  axloqiy  poklik,  oddylik., 

kamtarlik,  samimiylik.  mexribonlik,  g‘oyaviy  mustaxkamlik  kabi  xarakter 

xislatlari jamiyatimiz a’zolarining kundalik hayotiy ehtiyojiga aylanmokda. 

SHaxsdagi  xarakter  xususiyatlari  hamisha,  bir-biri  bilan  bog‘liq.  holda 

namoyon  bo‘ladi  va  bu  hususiyatlar  yaxlitligi  (bir  butunligi)  xarakter  tuzilishini 

tashkil etadi. 



 

 

49 



 

SHaxs  harakteri,  tuzilishi  (strukturasini)  tashkil  etuvchi  boshqa  shaxslar  va 

jamoaga  munosabatini,  mehnatga  munosabatni,  buyumlarga  (narsalarga) 

munosabatni  hamda  o‘z-o‘ziga  munosabatlarni  ifodalovchi  xislatlar  odamga 

tug‘ma  tarzda  berilmaydi.  Buning  manosi  shuki,  odam  bolasi  dunyoga  kelgach, 

unda qat’iy xarakter xislatlari paydo bo‘lishi va rivoj topishini oldindan hech kim 

ayta  olmaydi.  Gudakda  birinchi  harakter  xislatlarining  ko‘rtaklari  oila  sharoiti 

ta’sirida  vujudga  keladi.  Bu  ko‘rtaklarning  kelajakdagi  mohiyatini  ota-onaning, 

oiladagi boshqa katta a’zolarning namunaviy ta’sir kuchiga ega bo‘lgan hulq-atvori 

belgilaydi. Bu haqiqat hadislarda ham o‘z ifodasini topgan. 

Keyinchalik  maktabgacha  tarbiya  muassasalari  bolada  ijobiy  harakter 

hislatlarining o‘sishida katta rol o‘ynaydi. YAsli va bog‘chalarda bolalar kattalarni 

xurmat  qilish,  ular  bilan  samimiy  salomlashish,  tengdoshlari  bilan  chin  do‘st 

tutinish,  ijtimoiy  mulkka  munosabat,  ozodalik,  intizomga  rioya  qilish  hislatlarini 

o‘zlashtiradilar. Bu paytda bolaning ijobiy harakter hislatlarini o‘ziga mustahkam 

singdirishiga jiddiy e’tibor berish kerak. CHunki shaxsning kelajakda hayot yo‘li 

qanday  bo‘lishi  unda  yoshligida  barqaror  tarkib  topgan  hulk-atvor  sifatlariga 

bog‘liq, bo‘ladi. 

Yosh avlodni ijobiy harakter hislatlari ruhida tarbiyalashga jiddiy etibor bermoq 

lozim. Ijobiy harakter xususiyatlariga ega bo‘lgan kishi o‘z atrofida odamlarning, 

qarindoshlari va do‘stlarining mehr-muhabbati va izzat-hurmatiga sazovor bo‘ladi. 

Salbiy harakter xususiyatiga ega bo‘lgan shaxsdan boshqalar o‘zini olib qochadi, 

bunday shaxs oilada ham, mehnat jamoasida ham obro‘ga ega bo‘lmaydi, do‘stsiz, 

birodarsiz  hayot  kechiradi.  Dsmak,  salbiy  harakter  hislatlariga  burkangan  shaxs 

mazmunsiz  hayot  tarzini  o‘taydi,  turmushning  lazzatli  onlaridan  bebahra  qoladi, 

kimsasizlik dardiga mubtalo bo‘ladi. Bu esa tiriklikdagi o‘liklikning ayni o‘zidir. 

SHuni  ham  aytish  kerakki,  katta  yoshdagi  odamlar  ongli  ravishda  o‘zlaridagi 

salbiy harakter xislatlariga qarshi kurashib, ulardan xalos bo‘lishi mumkin. Buning 

uchun avvalo shaxs o‘z ustida ishlash malakasiga ega bo‘lishi, o‘z hulq-atvoridagi 

nuqsonlarni  aniq  bilishi  ularga  qarshi  kurashning  pedagogik  usullaridan  to‘g‘ri 

foydalana olishi zarur. 



 

 

50 



 

Psixologik jihatdan shaxsning o‘z harakter xislatlariga to‘g‘ri baho berishi, o‘z 

nuqsonlarini  aniq  payqab,  buyniga  olishi  juda  kiyin  masala  xisoblanadi.  SHuning 

uchun  ham  boshqalar  fikriga  quloq  solish,  tanqiddan  hafa  bo‘lmaslik,  mehnat 

jamoasi har qanday shaxsga xolisona baho berishni to‘g‘ri tushunib, o‘z harakter 

xislatini o‘zgartirish borasada ish olib borish yaxshi natija beradi. 

SHaxs  guruh,  yoki  jamoada  faoliyat  ko‘rsatadi.  Odamlar  orasida  yashab, 

mehnat  qilar  ekan,  boshqalar  hatti-harakatlarida  namoyon  bo‘luvchi  ijobiy  va 

salbiy harakter xislatlariga o‘z munosabatini bildiradi, ijobiy sifatlarga xayrixohlik, 

salbiylariga nafrat xissini izhor etadi. SHuning uchun jamoa g‘oyat katta tarbiyviy 

kuchdir.  CHunki  odamning  harakteri  uning  faoliyati  jarayonida  tarkib  topadi  va 

muloqotlari hamda harakatlarida namoyon bo‘ladi.  

Q O B I L I YA T.SHaxsning tayyor bilim yoki ko‘nikmaga ega bo‘lmay turib 

u  yoki  bu  narsani  tez  faxmlay  olishi,  bilimlarni  tez  o‘zlashtirishi.  xozirjavobligi, 

olingan  bilimni  keng  xajmda  va  uzoq  muddat  xotirada  saqlay  olishi  kabilarda 

namoyon bo‘ladigan tezlik sifati qobiliyat deb aytiladi.



 

Ma’lumki,  har  bir  shaxsning  kamol  topishi  uning  organizmining  o‘sishi, 

ijtimoiy  shart-sharoit  va  ta’lim-tarbiyagagina  bog‘liq  bo‘lmay,  o‘sha  shaxsning 

shaxsiy  faoliligi,  g‘ayrati.  shijoati  va  mustaqilligiga  ham  bog‘liq  bo‘ladi.  SHaxs 

kamolotida mexnatsevarlik hamda o‘zini durust anglashning muhim ahamiyati bor. 

Umumiy  .psixologik  ta’limotga  ko‘ra,  odamda  kompensatsiya  qobiliyati  bor. 

Buning  ma’nosi  .shuki,  shaxs  ruhiyatidagi  bir  xossa  o‘rnini  boshqa  bir  qancha 

xossalar  to‘ldiradi.  Unda  bo‘lmagan  qobiliyatlar  o‘rnini    bosadigan  boshqa 

qobilyatlar vujudga keladi. 

Bu  jarayonda  ijtimoiy  muhit  va  to‘g‘ri  yo‘lga  qo‘yilgan  ta’lim  va  tarbiya 

alohida o‘rin tutadi. Psixologik nuqtai nazardan har bir shaxs o‘zidan qobiliyatlilik 

sifati  jixatidan  boshqalardan  ajralib  turadi.  Qobiliyati  jixatidan  odamlar  o‘yinda 

ham, o‘qishda ham, mexnatda ham bir-birlaridan keskin farq kiladilar. Qobiliyatli 

odam u yoki bu ishni tez, sifatli bajarsa, qobiliyatsiz odam ,xudi  shu ishni sekin va 

sifatsiz  bajaradi.  Yoki  faoliyat  turlarining  ro‘yobga  chiqishi  qobilyatli  shaxslarda 

serunum  va  samarali  bo‘lsa,  qobilyatsiz  shaxslarda  buning  aksi  bo‘ladi.  Demak, 




 

 

51 



 

odamdagi  qobiliyatlilik  sifati  uning  ijodiyligi,  mustaqilligi  va  tezkorligi  kabi 

xarakatlarida o‘z ifodasini topadi. 

SHaxsning  muhim  individual  sifati  hisoblanuvchi  qobiliyat  shaxsning  boshqa 

individual sifatlari bilan bog‘liq, xolda xilma-hil bo‘ladi. Buning sababi shundaki. 

har  bir  faoliyat  turi  shaxsdan  qobiliyatlilikning  ma’lum    darajasini  talab  etadi. 

Ikkinchidan,  shaxs  faoliyatining  turlariga  muvofiq.  tarzda  nazariy,  amaliy.  ilmiy, 

ijodiy, texnikaviy, musiqiy, pedagogik, tarbiyachilik kabi qobiliyat turlari mavjud. 

Bundan tashqari, umumiy va maxsus qobiliyatlar ham bor. Umumiy qobiliyatga 

ega bo‘lgan kishi faoliyatning turli sohalalarida uning faolligini taminlaydi. Agar 

talaba  umumiy  qobilyat  soxibi  bo‘lsa,  u  barcha  fanlarni  baravar  o‘zlashtiradi, 

taassurotlarni  to‘g‘ri  va  to‘liq,  idrok  qila  olishi.  bilan  boshqa  talabalardan  ajralib 

turadi.  Maxsus  qobiliyatlar  shaxsga  faoliyatning  ma’lum  sohasidagina 

muvaffaqiyatga  erishish  imkonini  beradi.  Agar  talaba  maxsus  qobiliyat  sohibi 

bo‘lsa,  u  ayrim  fan  sohalarini  durust  o‘zlashtirgani  holda  barcha  fanlarni  durust 

o‘zlashtirishni uddalay olmaydi

1



Umuman  shaxsda  qobiliyatlilik  layoqati  bo‘ladi.  Ammo  yuqorida 



ta’kidlaganimizdek, ayrim shaxslarda umumiy qobiliyatlar mavjud bo‘lgani holda, 

boshqalardan  maxsus  qobiliyatlar  mavjud  bo‘ladi.  SHunday  qilib,  umumiy  va 

maxsus qobiliyatga ega bo‘lgan shaxslar o‘tkir zehn, idrok, ijodkorlik, o‘z ishiga 

mas’uliyatli yondashuvlari bilan farqlanadilar. Bularning faoliyati aloxida nazarga 

olinadi  va  baholanadi.  Qobiliyatsiz  shaxslarga  nisbatan  umumiy  va  maxsus 

(ayniqsa,  umumiy)  qobiliyat  egalari  alohida  e’zozlanadilar,  ularga  umuman  faol 

shaxslar sifatida qaraladi. 

Talabalik yoshi shaxsda individual sifatlarning tez o‘sishi bilan xarakterlanadi. 

.SHaxs hayotining bu davrida qobiliyatlilik bilan bog‘liq sifatlar ham turli hillarda 

namoyon  bo‘ladi.  Bu  jixatdan  talabalarni  quyidagi  qobiliyat  sohiblariga  ajratish 

mumkin.  Zshni  o‘tkir,  bilim  egallashga  intiluvchi,  tirishqoq  talabalar.  Bunday 

qobiliyatga ega bo‘lgan talabalar darslarni tez o‘zlashtiradi. 




Yüklə 427,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə