Ma‘lumki, bu mo‘ljal yangi davr falsafasida ishlab chiqilgan va nemis klassik falsafasida o‘zining tadrijiy yakunini
to‘gan.
Ikkinchi – ob‘ektiv borliqda amalda mavjud bo‘lmagan narsaning mohiyati anglanadi
21
. Bu yerda formal
ahamiyat kasb etuvchi va moddiy borliq bilan bog‘lanmaydigan ideallashtirilgan ob‘ektlar mohiyatini bilish nazarda
tutiladi. Bu mohiyat inson aqlining ijodiy qobiliyatini namoyon etadi.
Uchinchi – narsa obrazi muayyan sharoitlarda biluvchining jonida aniq aks etishi mumkin. Bu tamoyilda
narsani sezgi bog‘liq bo‘lgan aloqalardan mavhumlashtirish imkonini beruvchi abstraktsiyaning kuchi qayd etiladi.
Bunda narsaning obrazi uning substrati mavjud emasligiga qaramay aks etishi mumkin.
SHundan kelib chiqib, Ibn Sino oqilona bilishda abstraktsiya muhim rol o‘ynashini qayd etadi. «Bilish narsa
obrazini mavhumlashtirishning ayrim o‘zaro bog‘langan bosqichlaridan iborat jarayon bo‘lib, uning natijasida
biluvchining ongida predmet ning mohiyati va xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha vujudga keladi. Bunday
mavhumlashtirish bosqichlari to‘rtta».
22
.
Ibn Sino «umumiy sezgi»ni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Uning fikricha, umumiy tuyg‘u – bu miyaning old
qismida joylashgan kuch bo‘lib, u besh sezgida aks etuvchi barcha shakllarni va ular uzatuvchi kuchni mustaqil
qabul qiladi
23
. Binobarin, Ibn Sino fikriga ko‘ra, sezgi organlari yordamida olingan tuyg‘ular umumiy sezgi
vositasida birlashtiriladi va narsaning hissiy obrazi yaratiladi.
Obraz deganda alloma narsaning tashqi xususiyatlari va xossalari, materiyaning aktsidental tomonlari
yig‘indisini tushunadi. Masalan, inson va uning obrazi haqida so‘z yuritar ekan, u shunday deb yozadi: «Uning
obrazi
bu uning uzunligi, kengligi, sifati, miqdori
va uning holati, ya‘ni inson bilan bog‘liq barcha narsalardir»
24
.
Ibn Sinoning yuqorida bayon etilgan g‘oyalari ilmiy tafakkur shakllanishining keyingi davrlarida
rivojlantirildi va yangi natijalar bilan boyitildi.
SHunday qilib, bilish jarayoni pirovard maqsadi ob‘ektlar mohiyatini bilishdan iborat bo‘lgan murakkab
jarayondir. O‘rta asr Markaziy Osiyo mutafakkirlari asosan bilish bilinayotgan ob‘ektning in‘ikosidir, degan nuqtayi
nazardan kelib chiqdilar. Bunda insonning sezgi organlari bevosita bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi, ya‘ni sezgilar
yordamida bilinuvchi ob‘ektiv dunyo bilish manbai sifatida amal qiladi.
Dostları ilə paylaş: