Andijon mashinasozlik instituti



Yüklə 3,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə443/450
tarix15.01.2022
ölçüsü3,89 Mb.
#82889
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   450
Andijon mashinasozlik instituti

Fotosan‟at. 
XIX    asrning  20-30-yillarida  franstuzlar  J.Nens,  L.Dager,  ingliz  U.Tolbot  tomonidan  shahar 
manzaralari,  mevalarning  rassomlik  san‘atidagi  ko‘rinishlarini    optika  va  kimyo  yordamida  suratga  ko‘chirish 
amalga  oshiriladi.  Uni  dastlab  «fotogeniya»,  «fotogenik  san‘at»  deb,  keyinroq  esa,  uni  rassomlik  san‘atidagi 
rangtasvir  va  grafikaga  yaqinligi  nazarda  tutib,  «fotografiya» degan  nom bilan atashdi.  Muhimi shundaki,  suratga 
tushirishni badiylashtirish, fototexnika asosida san‘at asari yaratish boshlandi. Ayni paytda, endi rangtasvirning kuni 
bitdi, degan, shoshib aytilgan fikrlar ham o‘rtaga tashlandi. 
Lekin  tez  orada  uni  rangtasvirning  raqibi  emas,  balki  janrlaridan  biri  sifatida  qabul  qilish  odat  tusiga  kirdi. 
Nihoyat, XX asrning dastlabki yillaridayoq u o‘ziga xos tasviriy imkoniyatlarga ega alohida san‘at  turiga aylandi. 
Ayniqsa chex foto san‘atkori Frantshek Drtikol (1883-1961) ijodi jahon madaniyatida alohida iz qoldirdi. U badiiy 
suratkashlikning Rafeli degan nom oldi.  
Keyingi  davrlarda,  fototexnika  taraqqiyoti  natijada,  A.Stilist  (AQSH),  E.Atje  (Franstiya),  A.Jumaev 
(O‘zbekiston),  M.Rodchenko,  (Rossiya)  v.b.  badiiy  suratkashlik  san‘ati  namoyandalari  asarlari  har  qanday 
rangtasvir  bilan  bellashadigan  darajaga  ko‘tarildi.  Bu  san‘atkorlarda  endi,  Drtikoldan  farqli  o‘laroq,  rangtasvir 
uslublaridan foydalanish o‘rnini bir lahzalik fototasvirning ifodaviy vositalaridan kelib chiqqan holda, fotosan‘atga  
nurtasvir san‘ati sifatida qarash ijodiy tamoyil tusiga kirdi. Bunda suratkash lahzalik sahnaning rejissyori bo‘lishi, 
ob‘ektdan  badiiy  qiyofaga  aylanishi  mumkin  bo‘lgan  xusususiyatni  topishi,  eng  mos  rakkurs  va  suratga  olish 
nuqtasini  tanlashi,  kompozistion  miqyosni  ilg‘ashi  muhim.  O‘shanda  fotosan‘atkor  «mangu  lahza»ni  tasvirga 
tushirishga, ya‘ni lahzani mangulashtirishga erishishi mumkin.  
Badiiy suratkashlikning, ya‘ni nurtasvirning rangtasvirdan farqi va eng muhim belgisi  – bu uning hujjatlilik 
xususiyati, undagi har bir suratga olingan hodisa real asosga ega. Rassom o‘zi tanlagan syujet tasvirida tasavvur va 
xayolotga keng o‘rin beradi, fotosan‘atkorda bu imkoniyat yo‘q, u tasvir ob‘ektini real, hayotdagi holatida qanday 
bo‘lsa, shunday suratga tushiradi. Lekin u ob‘ektning «yalt» etgan jonli ko‘rinishini topa bilishi va o‘sha jonlilikni 
saqlab  qoladigan  nuqtadan  turib  ijod  qilishi,  ba‘zan  ob‘ektning  ishiga  aralashishi,  uni  muayyan  ruhiy  yoki 
manzaraviy holatga kelishi uchun ko‘maklashishi kerak bo‘ladi. Biroq u rassomning erkin aralashuvi imkoniga ega 
emas.  SHu  bois  biz  fotosan‘atda  eng  yuksak  darajadagi    jonlilikni  ko‘ramiz,  tom  ma‘nodagi  real  borliqning 
                                                 
203
 Qarang: O‘sha manba, 129-b
.
 


qo‘shig‘ini  tinglaymiz.  Kinoshunos  Z.Krakauer:  «Fotografiya  bilan  bir  qatorda  kino  ham  materialni  nisbatan  qo‘l 
tegmagan  ko‘rinishda  etkazib  beradigan  yagona  san‘at  turidir...  Suratga  tushirilgan  tasvirni  idrok  etar  ekan, 
tomoshabin  ba‘zan  haqiqiy  reallikning  ovozini  –  «borliqning  shivirini»  tinglaydi»,  –  deganida  haqiqatni  aytgan 
edi.
204
 
Fotosan‘atning ham turli janrlari mavjud, ularning ko‘pi rassomlikdan «o‘tgan»: portret, manzara, natyurmort 
v.h.  Ammo har ikki san‘at turidagi bir xil janr o‘ziga  xos  tafovutga  ega. M., portret  janrida  rassomlik san‘ati har 
qanday syujetdan yiroq, o‘z dunyosiga o‘zi  sho‘ng‘igan individual  inson tasvirini  beradi. Badiiy suratkashlikdagi 
portret  esa  aynan  «odam  ishtirokidagi  syujetni»  aks  ettiradi,  undagi  individ  o‘z  dunyosidan  chiqib  ketadi  va  o‘zi 
ishtirok etayotgan jarayonning bir qismi sifatida gavdalanadi. Ya‘ni fotosan‘atda insonning o‘zi emas, uning tashqi 
dunyoga munosabati birinchi o‘rinda turadi. 
Fotosan‘atda montaj katta ahamiyatga ega. Montaj orqali badiiy qiyofa yaratish imkoni nihoyatda keng. Fan 
va  texnikaning  ravnaqi  tufayli  u  «mo‘‘jizaviy»  darajaga  ko‘tarildi.  Hozirgi  kunda  tasvir  tayyorlashning 
kompyuterlashtirilishi  natijasida  badiiy  suratkashlik  eng  qamrovli  san‘atga  aylanib  bormoqda  va  boshqa  san‘at 
turlariga  tobora  katta  ta‘sir  ko‘rsatmoqda.  Ayni  paytda  fotoreklama  va  fototanqiddagi  o‘ziga  xos  go‘zallik  hamda 
go‘zallikka  aylanishi  kerak  bo‘lgan  xunuklikning  badiiy  qiyofalar  darajasidagi  tasviri  ham  jamiyat  taraqqiyotida 
muhim ahamiyatga ega. 
Kino. 
Eng  miqyosli  zamonaviy  san‘at  turi,  bu  –  kino.  Bugungi  kunda  u  hamma  erda  «hoziru  nozir».  Uni 
kinoteatrlarda jamoaviy, televidenie va videomagnitafon orqali esa oilaviy yoki individual tomosha qilish mumkin. 
Hozirgi  paytda  kino  o‘zining  dastlabki  «harakatdagi  fotografiya»  holatidan  shu  qadar  uzoqlashib  ketganki,  endi 
uning  ovozsiz  davridagi  montaj  dramaturgiyasiga  suyanib  qolgan  san‘at  sifatida  tasavvur  ham  qilish  qiyin.  Hozir 
aktyorlar  yaratgan,  murakkab  psixologizmga  asoslangan  badiiy  qiyofalar,  adabiy  sstenariy  zaminida 
ekranlashtirilgan  real  hayotni  badiiy  aks  ettiradigan  davomli,  ko‘pchiziqli  syujet  birinchi  o‘rinda  turadi.  Kinoda 
teatrdagidek  dinamik  dramatizm  hamda  uning  asosini  tashkil  etgan  harakat,  harakat  va  yana  harakat  (bunda  fikriy 
harakat  ham  nazardan  qochirilmasligi  lozim)  asarning  moyasini  tashkil  etadi.  Biroq  kino,  teatrdan  farqli  ravishda, 
kadrlar  orqali  zamondan-zamonga  «sakrab»  o‘tish  imkoniga  ega,  biroq  bu  «sakrash»,  agar  film  rejissurasi  puxta 
bo‘lsa, tomoshabinga sezilmaydi, u hozirgi voqealarning ibtidosi, sababchisi – avval bo‘lib o‘tgan voqealar ekanini 
his  qilib  turadi.  Chunki    o‘tgan  voqealarning  eng  muhim,  qahramonlar  taqdirini  belgilaydigan  holatlari  kadrlarda 
bugungi voqealar bilan tabiiy ulanib ketadi, ya‘ni kecha – bugunga, bugun – kechaga o‘tib turishi ekran imkoniyati 
doirasidagi  «oddiy  gap», kino san‘ati  usullaridan biri.  Sahnada  esa  bunday imkoniyat  yo‘q, unda  mazkur holatlar 
tomoshabinga to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki dekorastiya va musiqa o‘zgarishlari yordamida aktyorlar monologlarida, 
ba‘zan diologlarida nutq (so‘z) orqaligina shartli ravishda etkazib beriladi. 
Ekranning  imkoniyatlari,  haqiqatan  ham  nihoyatda  keng:  u  rassomlik,  teatr,  adabiyot,  stirk,  musiqa,  estrada 
v.b.  san‘at  turlaridan  bemalol  foydalana  oladi,  ularning  zarur  jihatlarini  o‘ziga  «qo‘shib  oladi».  Bundan  tashqari 
kinoda  kinematografiya  tili  bilan  aytganda  «plan»lar  bor:  umumiy.  o‘rta,  yirik  M.,  umumiy  planda  film 
qahramonlari  yoki  asosiy  ob‘ekt  atrof-muhitdan  alohida  ajratib  olinmaydi,  umumiy  tasvirning  bir  qismi  sifatida, 
o‘rta  planda  –  u  ajratib,  lekin  atrof-muhit  unga  fon  sifatida  xizmat  qilgan  holda  tasvirlanadi.  Yirik  planda  esa 
qahramon  yoki ob‘ektning  faqat  eng  muhim tomonlari  –  inson  yuz-ko‘zi  va  undagi ruhiy evrilishlar  yoki,  deylik, 
bayroqning  butun  ekranni  tutib  hilpirashi  kabi  holatlar  «tomoshabinga  qarab  keladi».  Bunda  va  umuman,  kinoda 
rejissyor  g‘oyasi  bilan  birga  tasvirchi  –  operatorning  roli  katta.  Agar  muqim  suratga  olishda  asosan  rejissyorning 
«degani-degan» bo‘lsa, harakatdagi kamera orqali tushiriladigan tasvirlarda tasvirchining  mahorati, tajribasi, ijodiy 
fikrlash  qobiliyati  muhim.  SHu  bois  iste‘dodli  tasvirchilarning  keyinchalik  taniqli  rejissyorlarga  aylanganini  kino 
tarixida uchratishimiz mumkin. Mashhur rejissyor Malik Qayumov ko‘p yillar tasvirchi bo‘lib ishlagani bunga misol 
bo‘la oladi. 
Jahon  kinosi  bilan    deyarli  bir  vaqtda  vujudga  kelgan,  Hudoybergan  Devonov  asos  solgan  o‘zbek 
kinematografiyasi bugungi kunda katta tarix va salohiyatga ega. N.G‘anievning «Tohir va Zuhra», K.YOrmatovning 
«Alisher  Navoiy»  kabi  filmlari  kino  san‘atidagi  mumtoz  asarlar  hisoblanadi.  Bugungi  kunda  xususiy 
kinostudiyalarning ko‘plab vujudga kelishi, ijod erkinligi tufayli o‘zbek kinosi ravnaqi uchun har tomonlama etarli 
sharoit mavjud. 

Yüklə 3,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   439   440   441   442   443   444   445   446   ...   450




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə