Antidangasalik



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/29
tarix12.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#148883
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Antidangasalik

Relevant — muhim
Siz nima uchun shu maqsadni tanlaganingizni o‘ylab ko‘ring. Bu qanchalik muhim?
Bu maqsad orqali hayotingizda ahamiyatli o‘zgarish bo‘ladimi? Sizga bu maqsad qanday
32 


foyda keltiradi? Agar maqsaddan oladigan foydangiz hayotingizda muhim rol o‘ynamasa,
uni o‘zgartiring. O‘zingizning oldingizga missiya qo‘yib oling. U siz uchun juda muhim
ahamiyat kasb etsin.
Time bound — vaqt bilan chegaralangan
Siz maqsadingizga erishmoqchi bo‘lgan aniq bir sana bo‘lsin. Aynan belgilagan
sanangizda maqsadga erisha olmasligingiz mumkin, ammo u sizni tezlashtiradi.
Chegaralangan ongga psixologik bosim beradi va siz aynan o‘sha sanaga qo‘ygan
maqsadingizga erishishga ko‘proq harakat qilasiz.
Evaluate — baholang
Siz maqsad qo‘yib, bajarishga kirishishni boshlaganingizdan keyin uni turli
intervallarda baholashni boshlang. Ya’ni har kunda, haftada, oyda maqsadingiz sari nima
ishlar qilayotganingizni baholab, o‘lchab boring. Yana qancha ish qilganingizdan keyin
erishishingiz mumkinligini aniqlashtirib borsangiz, ongingiz maqsadingingizni unutib
yuborishiga yo‘l qo‘ymaysiz. Shuningdek, maqsadingiz amalga oshishi uchun qancha ish
qilayotganingiz va yana qancha ish qilishingiz kerakligi ko‘zingizga ko‘rina boshlaydi, bu
esa jarayonni yanada tezlashtiradi. 
Readjust — qayta sozlash 
Agar siz maqsadlaringizga erisha olmayotgan bo‘lsangiz, maqsadni o‘zgartirmang. 
Rejalaringizni qaytadan ko‘rib chiqing. Qayerdadir xato o‘ylagan bo‘lsangiz, uni
to‘g‘rilang. Qaytadan hisoblab chiqing va yana boshlang. 
Yangi yil sindromi 
Aniqki, juda ko‘pchilik yangi yil arafasida bitta qog‘oz yoki daftarni oladi va yangi
yilda erishmoqchi bo‘lgan maqsadlari ro‘yxatini yozadi. Kelasi yilgacha yozilgan
maqsadlardan qanchasi amalga oshishini o‘zingiz yaxshi bilasiz. Shu bo‘yicha 2014-yilda
Skanton universitetida tadqiqot
26
o‘tkazilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yangi yilda
33 


maqsad qo‘ygan odamlarning atigi 8 foizi qo‘ygan maqsadlariga haqiqatan erishadi. Faqat
64 foizi oxirgi bir oyda, 46 foizi oxirgi 6 oyda va 8 foizi oxirigacha uzoq muddatli
muvaffaqiyatga erishadi. Shu sababli maqsad qo‘yish uchun yangi yilni yoki yangi oy,
yangi haftaning boshlanishini kutmasdan, bugunoq maqsadingizni aniqlashtirib oling. 

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə