Asarlarni maromiga yetkazib o’quvchilar: roviylar, qissaxonlar yuksak qadrlangan



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix29.11.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#138802
1   2
badiiy san\'at

dramaning
janrlari
Melodrama
monodrama
inssenirovka
intermediya
libretto


Melodrama
(yun.melos-ohang, kuy, drama-harakat), dastavval,
musiqali drama
asari sifatida
yuzaga kelgan va undagi qahramonlar kuy jo’rligida so’zlashganlar (Shu sababli hozir ham 
Italiyada melodrama opera ma’nosida qo’llaniladi).
Monodrama
(yun.monos-bir, yakka, yolg’iz, drama-xatti-harakat)-bir aktyor
tomonidan ijro etiladigan dramatik asardir. “Esxilga qadar bo’lgan tragediyada bir
aktyor maska va kiyimlarini o’zgartirib, bir necha rollarni ijro etgan. 
Insenirovka
(lat.inscaena-sahnalashtirish) pyesa shaklida yozilgan badiiy asarni (muallif yoki 
boshqa ijodkor tomonidan, yoki hamkorlikda yaratilgan) sahnada qo’yishga moslab qayta 
ishlashdir.
Intermediya
(lat.intermedius-ikki narsa oralig’ida) pyesa va operalarning pardalari 
oralig’ida tomoshabinni zeriktirmaslik maqsadida ularni kuldirish uchun hayotdagi 
ayrim nuqson va kamchiliklarni kichik tarzda hajv(fars) qilishdir.
Libretto
(ital.libretto-kitobcha) – opera, operetta, musiqali drama, oratoriya, kantatalar uchun 
yozilgan badiiy asar matnidir. Uning syujeti ba’zan she’r, ba’zan nasr bilan yoziladi. 


Yusuf Xos Hojib XI asrda 1069-70- yillarda «Qutadg'u bilig» dostonini yozib 
tugatadi va uni qoraxoniy hukmdorlardan Tabg'ach Bug'ro Qoraxon Abu Ali Hasan 
binni Arslonxonga taqdim etadi. Hukmdor adibga mamlakatdagi eng yuqori 
mansablardan biri — Xos Hojiblikni beradi. Xos Hojib «eshik og'asi» demakdir. 
Hozirgi tilimizda u «ish boshqaruvchi»ga to'g'ri keladi.
Yana bir misol. Alisher Navoiy «Xamsa» dostonini tugatgach, uni Husayn 
Boyqaroga sovg'a sifatida topshiradi. Husayn Boyqaro butun a'yonlari oldida 
Navoiyni o'z «pir»i deb e'lon qiladi va shoirni otga mindirib, o'zi xalq oldida unga 
jilovdorlik qiladi. Bu mamlakat podshosining buyuk iste'dod egasiga, so'z 
san'atkoriga nisbatan hurmat va e'tirofi ramzi edi.


So'z
adiblar nazarida ham alohida
, mo'tabar
mavqega ega. Yusuf Xos Hojib til va so'zga
katta baho beradi. U tilni bilim va aql-idrok
tarjimoni deb ataydi. Bu borada adibning ayrim
fikrlarini eslatish mumkin:
Kishi so'z bila qo'pti, bo'ldi malik, O'kush
so'z bashig' yerka qildi kulik.
(Kishi so 'z tufayli ko 'tariladi, podshoh bo
'ladi, Ko 'p so 'z boshni yerga egadi.)
Kishidin kishika qumaru so'z ul, Qumaru so'zi
tutsa asg'i yuz ul.
(Kishidan kishiga qoladigan meros so'zdir,
Meros so 'zni tutsang, nafi yuz yuzdir.)


Bunday fikrlarni adib Ahmad Yugnakiy ijodida ham ko'ramiz. U «adablar boshi til
ko'dazmak (saqlamoq)dir» deb Mahmud Koshg'ariyning «Devon-u lug'otit-
turk»idagi maqolga hamohanglik bildiradi. Adib Ahmad so'zni kasal ruh va dillarga
shifo derkan, bunda badiiy so'zni e'tiborga olganiga shubha yo'q.
Sayfi Saroyi badiiy so'z qudratini shoirlar iste'dodiga bog'laydi.
Shuning uchun u:
Jahon shoirlari, ey gulshani bog',
Kimi bulbuldurur so'zda, kimi zog', —
deya shoirlarni ikkiga ajratadi. «So'zda bulbul» bo'lganlarning «mavzunu shirin»
ash'orlariga ta'rif-u tahsinlar aytadi.


Ijodkorlik qobiliyati (ijodkorlik) - bu insonning ongida va xatti-harakatlarida
nazarda tutilgan , yangi ma'lumotlar-mahsulotini yaratib, boshqalarga ulashishiga
aytiladi. Ushbu tushunchaga ko'ra, nafaqat rasm, mashina, nazariya yaratilishi, balki
insonning shaxsiy rivojlanishining barcha faktlari ham yaratuvchi sifatida qaralishi
mumkin. Ba'zi tadqiqotchilar, "ijodkorlik" atamasini qisqartirib, bilimga oid
faoliyatni, ya'ni muammoni yoki voqeani yangi yoki noan'anaviy tarzda ko'ra olishni
o'z ichiga olgan. Sahnalashtirish mashg'ulotlarining musiqiy komponenti teatrning
taraqqiyoti
va
ta'limiy
salohiyatini
kengaytirishdir,
emotsional
effektni
kuchaytirishda bola dunyoni hiss qilishi va kayfiyatiga ta'sir etishi, shuningdek
musiqa tilining fikri va hissiyoti, teatrda mimika va jestga qo'shiladi. Bunday
holatlarda bolalar sensor-perspektiv analizatorlarining(kuzatuvchi,eshitish,xarakatli)
hajmi va miqdori ortadi. Bunday holda bolalarda hissiy-perseptual analizatorlarining
soni va hajmi (vizual, eshitish, vosita) ortadi.


Maktab yoshidagi o`quvchilar "rol oynash", "qo'shiq aytish" va "raqsga"
tushishlarga tabiiy moslashadilar, teatrlashtirilgan va musiqiy sahna ko'rinishlarini
qabul qilish orqali bolada katta qiziqish uyg'otib, unda ishtirok etishlari xohish-
istagini bildiradi. Teatr va musiqa ijodiyoti bolalar ehtiyojlarni qondirish bilan
muammolardan ozod qiladi, u quvonchli daqiqalar va katta zavqni his qiladi. Rol
ijrosidagi matn va musiqiy qo'shiq so'zlari hissiy tizimlar bilan bog'langanligi
tufayli,bola matnlar mazmunini tushuna boshlaydi va ijro jarayonida qo'shilishi,
sahnaga qarashi, xatto "o'zi" ga ham qarash tajribasini egallashga, uni tuzatishga
va uni baholashga o'rganib boradi.


Shunday qilib, sahnalashtirish faoliyati orqali:
- bolalar ijodiy qobiliyatini va bola shaxsini aktyorlik ifoda vositasi, teatr
haqidagi dastlabki bilimlarini shakllantirishga yordam berish;
-tarbiyalanuvchilar o`zlarida mustaqil musiqiy-teatr faoliyati talablarini
rivojlantiradi;
- tarbiyalanuvchilarda teatr san'atiga bo'lgan qiziqishlari uyg'onadi;
- atrofdagi hodisalarga bo'lgan shaxsiy - yahlit estetik munosabatlarini
shakllantiradi;
-diqqatni, xotirani, xayolotni, fikrlashni, nutqni, hissiy va ixtiyoriy sohani,
intellektual, musiqiy va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi.


Maktab ta`limi jarayonida bolaning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda bugungi kunda ko'plab
rivojlantiruvchi dasturlar yaratilmoqda.Ular bunday holatlarni o'zlashtirish uchun aniq mazmunga
ega, o'quv materialini o'z ichiga oladi:
- Bolalar oddiy musiqiy-sahnaviy bilimlarini ifodalay olishi (improvizatsiya, fantaziya,
etyud) va aktyorlik mahorati vositasi orqali yonalishni olish.
- Mahsuldorlik faoliyatda ushbu bilimlarni rivojlantirsh va mustahkamlash, aynan musiqiy-
teatrlashtirilgan namoyishlarda amalga oshadi.
- Teatr san'atining paydo bo'lishi va tashkil topishi, shuningdek musiqiy teatrlar xaqida
dastlabki bilimlari shakllanishi.
Mashg'ulotlarning mazmuni va qoidasi; individual va jamoaviy harakatlariga o'rgatishda
bolalarni atrofdagi haqiqatni his qilishi, uni tahlil va nazorat qilish; bolalarning aktyorlik ifoda
vositasi asosida pantomimik va og'zaki hissiyotlarga va verbal-emotsional improvizatsiyaga
asoslangan, shuningdek, musiqiy- sahna faoliyatida vokal-xor va musiqiy-ritmik komponentlarini
o'zlashtirishi; so'z omonligi va sahna nutqi ko'nikmalarini egallashi,aktiv ijodiy unumdorlik
faoliyatiga qamrab oladi.


Sahnalashtirish faoliytida mashg'ulotlar kompleksining amalga oshish
jarayoni quyidagi vazifalarda o'z echimini topadi:
- Bolaning mustaqil ijodkorligi va ijodiy qobiliyatini rivojlanishi;
- Turli ko'rinishdagi ijodiy faoliyatga qiziqishini tarbiyalashi;
- Improvizatsiya malakalariga ega bo'lishi;
- Nutq faoliyatining shakli va funktsiyasi, barcha komponentlarning
rivojlanishi;
- Bilish jarayonlarini takomillashtirishi.


Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə