Asarlarning qiyosiy-tipologik tahlili


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix05.09.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#121322
1   2   3   4   5   6
164-173

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume – 6_ Issue-2_May_2022 
170 
Zulqarnayn” ertak-dostoni 2000, 2004, 2007, 2011, 2015-yilgi darsliklarda berilgan 
bo‘lsa, 2020-yilgi nashrda bu asarni darslik sahifalarida ko‘rmaymiz. 2000-yilgi 
adabiyot darsligida Chingiz Aytmatovning “Qiyomat”
 
romanidan parcha –
“Oltovlon va yettinchi” berilgan bo‘lib, ushbu asar 2004-yilgi nashrda ham mavjud. 
Biroq qolgan nashrlarda mavjud emas. A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” epik 
asaridan keltirilgan parcha 2000, 2004-yilgi nashrlarda berilgan. Undan keyingi 
darsliklarda esa bu asar o‘rniga “Hayrat ul-abror”dan parcha berilgan. “Mahbub ul-
qulub” asaridan keltirilgan parchada Muqbil va Mudbir o‘zaro taqqoslangan bo‘lib, 
Muqbil tavoze’, odobi bilan murodga yetgani, Muqbil esa takabburligi natijasida 
hammomga go‘lax (o‘t yoquvchi) bo‘lgani bayoni berilgan. “Hayrat ul-abror” 
dostonidan esa “Sher bilan durroj” hikoyati keltirilgan bo‘lib, unda rostgo‘ylik va 
yolg‘on o‘zaro muqoyasa qilingan. A.Qodiriyning “Jinlar bazmi” qissasida berilgan 
parchani 2000, 2004-yilgi nashr sahifalarida ko‘rsak, “Uloqda” hikoyasi 2007, 
2015-yilgi nashrlarda keltirilgan. 2020-yilgi nashrda esa biz A.Qodiriy hayoti va 
ijodi bilan tanishmaymiz. A.Qodiriyning ijodi yuqori sinf o‘quv mundarijasida 
berilgani bois, menimcha, ushbu ijodkor ijodidan namuna 5-sinf darslik o‘quv 
rejasidan chiqarilgan. Sevimli shoirimiz, ham yozuvchimiz G‘.G‘ulom hayoti va 
ijodidan berilgan parchani biz mustaqillikdan keyingi har bir darslikda kuzatamiz. 
Biroq 2020-yilgi darslik bundan mustasno. G‘.G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina 
bolam” hikoyasi ijodkorning o‘z boshidan kechirgan voqea bo‘lgani bois asar juda 
tabiiy, o‘qigan kishiga o‘sha davr shabadalarini aniq yetkaza oladigan hikoyalar 
sirasidan. Ushbu asarni biz 2020-yilgi darslik sahifalarida ham ko‘rishni istar edik. 
Bugungi to‘qchilik zamonida ulg‘ayayotgan o‘quvchi uchun ota-bobolarimizning 
urush davrida boshdan kechirganlari, urushning inson hayotida qanchalik ayanchli 
ta’siri haqida bilishi nafaqat kerak, balki muhim hamdir. Zulfiyaning “Urush, 
noming o‘chsin jahondan” xitobini 6-sinfda yurakdan his etish uchun, albatta, 
o‘quvchi urush davri voqealari aks etgan, o‘z o‘rnida bolani o‘qishi uchun yengil 
hisoblangan “Mening o‘g‘rigina bolam” kabi asarlar bilan tanish bo‘lmog‘i lozim. 
2000-yil adabiyot darsligining “Bolalikning beg‘ubor olamida” bobida 
Oybekning “Gulnor opa” nomli hikoyasi berilgan. 2004-yilgi nashrda esa ushbu asar 



Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə