Avtomatika va texnologik jarayonlar


Gidrostatik satx о‘lchagichlar



Yüklə 207,86 Kb.
səhifə5/11
tarix22.03.2024
ölçüsü207,86 Kb.
#183678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Berdigaffarova Aziza ATV

Gidrostatik satx о‘lchagichlar
Bosimni о‘lchash qurilmasi suyuqlik satxini yuqori aniqlikda о‘lchaydi va suyuqlik ustunining gidrostatik bosimini suyuqlik satxi о‘zgarishiga bog‘liq ravishda о‘zgarishi prinsipidan foydalanadi. Ushbu ishlash prinsipidan foydalanuvchi va kо‘plab sanoat yо‘nalishlarida, ayniqsa, murakkab kimyoviy muxitlarda keng foydalanilayotgan bir nechta о‘lchov asboblari mavjud.
Gidrostatik satx о‘lchagichlar yordamida satxni о‘lchash uchun suyuqlik ustuni hosil qilayotgan bosimni о‘lchab satx о‘lchanadi, ya’ni
P= gH; ( =const bо‘lganda)
Pyezometrik va difmanometrik gidrostatik satx о‘lchash usullari mavjud.
Pyezometrik satx о‘lchagichlar (rasm 6) agressiv va о‘ta agressiv muxitlarning satxini о‘lchashda qо‘llaniladi.

Rasm 6.
Ushbu satx о‘lchagich о‘lchash komplektiga quyidagilar kiradi: 1 – rostlanuvchi drossel; 2 – rotametr;3 – pyezometrik trubka;4 – manometr (ikkilamchi asbob).
Xavo berilishi bilan tizimdagi bosim suyuqlik ustuni (N) bosimiga tenglashguncha ortib boradi, ya’ni, ρgH. Bosim tenglashishi bilan pyezometrik trubkadan (3) xavo chiqishga boshlaydi. Bu xavo sarfi minutiga 60-100 pufakcha qilib rostlovchi drossel (1) va stakancha yordamida sozlanadi. Shunday qilib, pyezometrik trubkadagi bosimni о‘lchaydigan о‘lchov asbobi (4) shkalasi, о‘lchanayotgan satx birligida graduirovkalanishi mumkin.
Gidrostatik satx о‘lchagichlarning (rasm 7) ikkinchi turi difmanometrik satx о‘lchagichlardir.

Rasm 7.
Tenglashtiruvchi idish tirsagidagi suyuqlik ustuni balandligi о‘zgarmas, difmanometrning boshqa tirsagidagi bosim esa, rezervuardagi suyuqlik satxi о‘zgarishi bilan о‘zgaradi, ya’ni, satxning xar bir qiymatiga ma’lum bir bosimlar farqi tо‘g‘ri keladi. Birinchi xolatda, apparatdagi bosim atmosfera bosimiga mos bо‘lsa, unda, tenglashtiruvchi idish apparat tubiga moslab о‘rnatiladi va unda о‘lchanayotgan bosimlar farqi quyidagicha bо‘ladi:

Agar apparatdagi bosim atmosfera bosimidan katta bо‘lsa, unda,

О‘lchashdagi noaniqlik о‘lchanayotgan material xolatiga qarab 0,5% , ba’zi xollarda 0,1% bо‘lishi mumkin.

Yüklə 207,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə