Avtomatikaning texnik vositalari (darslik) automatically € technical objects


References: prof . Amirov S. F.  doc . Rahmatov A. D



Yüklə 3,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/140
tarix18.03.2022
ölçüsü3,45 Mb.
#84556
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140
Avtomatikaning texnik vositalari (darslik)

References: prof . Amirov S. F.  doc . Rahmatov A. D. 
 
A.X.Vаxidov,   D.A.Abdullaеva. /AVTOMATIKANING TЕXNIK  VOSITALARI/  
(Oliy o’quv yurtlari  uchun o’quv qo’llanma) – Toshkent, 2011 yil – 128 bet 
 
© TOSHKENT IRRIGATSIYA VA MELIORATSIYA INSTITUTI. (TIMI) 2011 y. 


KIRISH 
 
 
Qishloq  va  suv  xo‘jaligidagi  ko‘plab  tarmoqlarda  qo‘llanilayotgan  ilg‘or 
texnologiyalar  ishlab  chiqarishning  avtomatlashtirilgan  boshqaruv  tizimlaridan 
foydalanishni  talab  qiladi.  Shuning  uchun  soha  bo‘yicha  tayyorlanayotgan 
mutaxassislar avtomatikaning texnik vositalari, avtomatik nazorat, avtomatik rostlash, 
avtomatik boshqaruv tizimlari,  operativ  xizmat  tarmog‘i  haqida maxsus bilimga ega 
bo‘lishlari zarur. 
O‘zbekiston  Respublikasining  «Тa‘lim  to‘g‘risida»gi  qonuni  va  «Kadrlar 
tayyorlash  Milliy  dasturi»  mamlakatimizda  ta‘lim  tizimini  isloh  qilishning  asosini 
yaratib  berdi.  Bu  esa  Oliy  ta‘lim  dargohlarida  sifat  jihatdan  yangi  raqobatbardosh 
milliy kadrlarni tayyorlashda negiz hisoblanadi. Ko‘rsatilgan masalalarni hal qilishda 
Oliy  o‘quv  yurtlarining  «Eektroenergetika»,    «Avtomatlashtirish  va  boshqarish»  va  
«Qishloq    xo‘jaligidagini  еlektrlashtirish  va  аvtomatlashtirish»  ta‘lim  yo‘nalishlari 
uchun «Avtomatikaning texnik vositalari» fani kiritilgan.  
 
Avtomatika  -  fan  va  texnikaning  alohida  sohasi  bo‘lib,  bu  soha  avtomatik 
boshqarish  nazariyasi,  avtomatik  tizimlar  yaratish  prinsiplari  va  bu  tizimlarda 
qo‘llaniladigan texnik vositalar bilan shug‘ullanadi. Avtomatika so‘zi grekcha so‘zdan 
olingan  bo‘lib,  o‘zi  xarakatlanuvchan  moslamani  anglatadi.  Avtomatika  fan  sifatida 
18-asrning  ikkinchi  yarmida,  ya‘ni  ip-yigiruv,  tikuv  stanoklari  va  bug‘  mashinalari 
kabi  birinchi  murakkab  mashina  -  qurilmalarining  paydo  bo‘lish  davrida  ishlatila 
boshlandi.  
 
Тexnika  tarixida  birinchi  ma‘lum  bo‘lgan  avtomatik  qurilma  Polzunov  bug‘ 
mashinasi  (1765  y.)  hisoblanadi.  Bu  mashina  oddiy  shamol  va  gidravlik  dviga-
tellarning  o‘rniga  ishlatilgan    va    odam  ishtirokisiz  suvning  sathini  rostlagan. 
Avtomatik rostlashning asosiy prinsiplarini ingliz olimi F. Maksvell tomonidan 1868 
yilda ishlab chiqildi. 
 
Тexnikaning  rivojlanishi  va  odamlarning  og‘ir  qo‘l  mexnatidan  bo‘shashiga 
qaramasdan  ish  jarayonlari  va  mehnat  qurollarini  boshqarish  kengayib  va  murakka-
blashib bordi. Ayrim holatlarda esa maxsus qo‘shimcha elementlarsiz mexanizatsiya-
lashgan  ishlab  chiqarishni  boshqarish  imkoniyatlari  murakkablashdi.  Bu  esa  o‘z 
navbatida avtomatikaning muhimligini va uni rivojlantirish kerakligini isbotladi. 
 
Avtomatika - mashina texnikasi rivojlanishining yuqori pog‘onasi hisoblanadi. 
Bunda  odamlar  nafaqat  jismoniy  mehnatdan,  balki  mashina,  qurilmalar  va  ishlab 
chiqarish  jarayonlarini  nazorat  qilish  va  ularni  boshqarishdan  holis  bo‘ladilar. 
Avtomatika  mexnat  unumdorligini  oshirish,  ish  sharoitlarini  yaxshilash,  jismoniy  va 
aqliy mexnatni bir-biriga yaqinlashtirish kabi ko‘plab jarayonlar uchun hizmat qiladi. 
 
Bugungi kunda avtomatika alohida fan sifatida o‘z yo‘nalishlariga ega. Bu fan 
avtomatik  boshqarish  tizimlarining  nazariyasi  va  uning  tuzilish  tamoillari  bilan 
shug‘ullanadi. 
Нozirgi davrda fan texnika taraqqiyoti shunday ilgari surildiki, mavjud texnika 
va  texnologiyalar  ishlab  chiqarishda  yangi,  har  taraflama  zamon  talabiga  javob  be-
radigan texnik vositalar bilan ta‘minlash zaruriyati tug‘ildi.  Хorijiy mamalakatlardan 
keltirilayotgan yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish esa yuqori bilim va ma-
laka talab etadi.  
 Qishloq va suv xo‘jaligini ishlab chiqarishda avtomatik boshqarish tizimlarini 
qo‘llash  yuqori  samaradorlikka  ega,  chunki  ko‘p  bosqichli  ishlab  chiqarish  jarayon-
larda  iqtisodiy  samaradorlikka  erishish  uchun  imkon  boricha  mexanizatsiyalash  va 
avtomatlashtirish vositalaridan keng foydalanish talab qilinadi.  
Qishloq  va  suv  xo‘jaligini  avtomatlashtirish  asosan  sanoatdagi  texnologik  ja-
rayonlarni  avtomatlashtirishdagi  tajribalarga  asoslanadi.  Shu  bilan  birga  qishloq  va 
suv  xo‘jaligidagi  texnologik  jarayonlar,  shu  jumladan  gidrotexnik  inshootlari,  nasos 


stansiyalari, suvni hisobga olish kabi sohalar o‘zining shunday maxsus xususiyatlariga 
egaki, bu holda tanlangan texnik vositalar va elementlar ma‘lum texnologik talablarga 
javob berishi kerak. 
Qishloq va suv xo‘jaligida ish unumdorligini oshirishning asosiy yo‘llaridan bi-
ri dexqonchilik jarayonlarini avtomatlashtirish hisoblanadi.  
Dehqonchilik 
so-
hasida mexanizatsiyalash jarayonlari yetarli darajada  rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega 
bo‘lsada, lekin ularni avtomatlashtirish sohasi xaligacha oqsoqlab kelmoqda. Buning 
asosiy sabablari, birinchi navbatda dehqonchilik jarayonlarining murakkabligi yer va 
suv sharoitlarining xilma-hilligidir, jumladan: 
 
a) jarayonlarni xarakatlanuvchan agregatlar bajarishi, tuproq va o‘simlikni esa 
qo‘zg‘almasligi; 
 
b) agregatning xar hil ob-havo sharoitida ishlashi; 
 
v)  materialning  bir  jinsli  bo‘lmasligi  (hosildorligi,  namlik,  ifloslik  hamda 
kutilmagan faktorlar); 
 
g) relefning murakkabligi (pastlik - balandlik, chuqurlik). 
 
Yuqorida  aytilganlardan  ko‘rinib  turibdiki,  bo‘lajak  elektromexanik  mutax-
assislari  oldida  qishloq  va  suv  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishida  avtomatik  boshqarish  va 
rostlash tizimlari hamda avtomatikaning texnik vositalarini qo‘llash kabi o‘ta dolzarb 
masalalar turibdi. 
 
Fanning  maqsadi  talabalarda  avtomatik  boshqarish  va  rostlash  tizimlari  va 
texnik vositalarni  tahlil qilish hamda ularni qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida foyda-
lanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. 
 
Avtomatikaning texnik vositalariga nazorat axborotlarini qabul qiluvchi, uzatu-
vchi, o‘zgartiruvchi, saqlaguvchi, programmalashtirilgan axborot bilan solishtiruvchi, 
buyruq  axborotini  shakllantiruvchi  hamda  texnologik  jarayonga  ta‘sir  ko‘rsatuvchi 
quyidagi  uskunalar  va  texnik  qurilmalar  kiradi:  datchiklar,  relelar,  kuchaytirgichlar, 
logik  (mantiqiy)  elementlar,  rostlagichlar,  stabilizatorlar,  ijro  mexanizmlari  va 
boshqalar.  Bunday  texnik  vositalar  avtomatikada  o‘lchash  o‘zgartkichlari  deb  ham 
yuritiladi 
         Qishloq va suv xo‘jaligi ishlab chiqarishini avtomatlashtirish jarayoni umuman 
olganda uch davrga bo‘linadi.  
 
Birinchi  davr  -  ayrim  texnologik  jarayonlarni  avtomatlashtirish.    Jarayonning 
ayrim  parametrlari  avtomatlashtirilgan  agregat  yaqinida  o‘rnatilgan  yirik  o‘lchamli 
asboblarning  ko‘rsatishiga muvofiq ravishda rostlanadi. Bunda asboblarni mashina va  
uskunalar    yaqiniga  joylashtirish  deyarli  qiyinchiliklar      tug‘dirmaydi.  Avtomat-
lashtirishning  bu  davrida  shkalasi  yaxshi  ko‘rsatadigan  yirik  o‘lchamli  asboblar  ish-
latiladi. Bunda bir korpusga o‘lchash asbobi, rostlagich va topshirgich joylashtiriladi. 
 
Ikkinchi    davr  -  ayrim  jarayonlarning  kompleks  avtomatlashtrish.    Bunda 
rostlash alohida shchitga o‘rnatilgan  asboblar  bo‘yicha olib boriladi. Yirik o‘lchamli 
asboblardan  foydalanish  bu  shchitni  bir  necha  metrga  cho‘zilib  ketishiga  olib  keladi 
va  shchitni  nazorat  qilish  qiyinlashadi.  Avtomatlashtirishning    bu  davrida  shchitdagi 
asboblarni  hajmini    kichiklashtirish  zarurati    paydo  bo‘ladi.  Bu  masalani  hal  qilish 
uchun kichik o‘lchamli  ikkilamchi  asboblar  ishlatiladi.  
Uchinchi    davr  -  to‘liq  avtomatlashtirish    davri.    Bu  davrning    xarakterli 
xususiyati  shundaki, barcha  jarayonlar yagona dispetcherlik punktiga  markazlashtiri-
ladi. Shu  bilan    birga,  mitti    ikkilamchi    asboblarni  ishlatish  extiyoji  paydo  bo‘ladi. 
Doimiy nazoratni  talab qilmaydigan  o‘lchash va rostlash  asboblari (yirik gabaritli) 
shchitdan  tashqariga  o‘rnatiladi. 
 
 
 



Yüklə 3,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə