Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni


Inson resurslaridan oqilona foydalanish va ularni boshqarish



Yüklə 394,76 Kb.
səhifə37/84
tarix23.09.2023
ölçüsü394,76 Kb.
#122908
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p-www.hozir.org

6.4. Inson resurslaridan oqilona foydalanish va ularni boshqarish
Fan-texnika jadal taraqqiy etayotgan hozirgi davrda shuni ta’kidlash zarurki, eng tez rivojlangan tarmoqlarda xodimlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashning keng miqyosli tizimini vujudga keltirish muammosi ko'ndalang boiib qoldi. Bu muammoni hal qilish uchun barcha o‘quv yurtlarida, kasb dargohlarida taiim-tarbiya tuzilishini qayta ko‘rib chiqish zarurati yuzaga keldi.
Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 10 martdagi Farmoyishiga binoan, mamlakatimizda taiim tizimini tubdan isloh qilishga qaratilgan «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ishlab chiqildi. Bozor islohotlari talablaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash bo‘yicha davlat, jamiyat va inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab olgan mazkur dastur respublika inson resurslaridan samarali foydalanishda katta ahamiyatga ega.
Bozor iqtisodiyoti malakali kadrlardan imkoni boricha ko'proq foydalanishni taqozo etadi. Lekin, 0 ‘zbekistonda eng murakkab muammolardan biri — mahalliy aholini, ayniqsa, yoshlarni industrial mehnatga jalb etishdir. Uni hal qilish uchun masalaga milliy iqtisodiyot, iqtisodiy mustaqillik, hatto
Vatan fidoiylarini tarbiyalash nuqtai nazaridan yondashish zarur. Nega o‘zbek millatiga mansub ishsizlar industrial ishlab chiqarishdagi bo‘sh joylami egallashga
intilmaydilar? Fikrimizcha, buning uchun, birinchidan, yetarli texnik bilimga, malakaga ega boiish kerak. Maqsadga erishish uchun:
birinchidan, bandlik jamg’armasi mablag’lari hisobidan kadrlar tayyorlash,
qayta tayyorlash uchun turli xildagi kurslar ochishni keng yoiga qo'yish; ikkinchidan, korxonalar qurilayotganda ularning yo‘nalishi, vazifalari
to‘g’risida aholini oldindan xabardor qilish; uchinchidan, industrial mehnatga mehrni bolalikdan singdirish;
toitinchidan, mehnatni rag’batlantirish, ishchilami ijtimoiy-maishiy jihatdan
ta’miniash masalalarida korxonalar toia mustaqilligini ta’miniash kerak; beshinchidan, ommaviy axborot vositalari orqali sanoat korxonalari
mehnatini targ’ib etish, ishchilar obro‘-e’tiborini ko'tarish ayni muddaodir.
Umumlashtirib aytganda, milliy industrial kadrlarni shakllantirish respublikaning iqtisodiy jihatdan mustaqilligini ta’minlashning muhim shartidir.
Bozor iqtisodiyoti jarayonida respublikada inson resurslaridan oqilona foydalanish uchun, Farg’ona vodiysidagi aholining zichligidan kelib chiqadigan va aksincha, shimoliy va g’arbiy zonalarda ishchi kuchining yetishmasligi bilan bogiiq inuammolar o‘z yechimini topishi zarur. Buning uchun aholi zich yashaydigan hududlarda mehnatni ko‘proq talab qiladigan qo'shimcha sanoat korxonalarini joylashtirish maqsadga muvofiqdir.
Qishloqlarda mahalliy xom ashyodan foydalanish hisobiga kulolchilik, tikuvchilik, ko‘nchilik, naqqoshlik, quruvchilik va boshqa bir qancha tarmoqli

Yüklə 394,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə