Badiiy tahlil asoslari


Badiiy taxlilning yunalishlari



Yüklə 385,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix04.01.2022
ölçüsü385,12 Kb.
#82587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
badiiy tahlil asoslari (1)

 Badiiy taxlilning yunalishlari 

 REJA: 

 1. Taxlil yunalishi tushunchasining moxiyati. 

 2. Badiiy matnni urganishda taxlil yunalishini   tugri belgilashning axamiyati. 

 3. Genetik yunalishga xos xususiyatlar. 

 4. Tipologik yunalishining belgilari. 

 5. Funksional yunalish sifatlari. 

 6. Falsafiy yunalishga xos xususiyatlar. 

 7. Taxlilning psixologik yunalishi. 

 8. Badiiy taxlilning filologik yunalishiga xos xususiyatlar. 

  

 Tayanch tushunchalar: 




 "Tayanch  yunalishi",  "genetik  yunalish",  "tipologik  yunalish",  "funksional  yunalish",  "falsafiy 

yunalish", "psixologik yunalish", "filologik yunalish". 

  

  Badiiy  taxlilda  kat'iy  ilmiy  tartibga  rioya  etgan  xolda  suzdan  obrazga,  obrazdan  goyaga  karab 



boriladi  va  taxlilning  barcha  boskichlarida  badiiy  suzning  estetik  jozibasi  dikkat  markazida 

turadi.  Taxlil  etilayotgan  asarni  kaysi  jixatdan  urganish,  tadkik  etish  lozimligini  belgilash  uning 

yunalishini tayin etadi. Badiiy asar taxlilning tulakonli bulishi, kup jixatdan, taxlilchining matnni 

kanday yunalishda tekshirishni anik bilishiga boglikdir. 

  Adabiy  asar  taxlili  bilan  maxsus  shugullangan  mutaxassislarning  kursatishlaricha,  amaliyotda 

badiiy taxlil genetik, tipologik, funksional, falsafiy, psixologik va filologik singari olti yunalishda 

amalga  oshiriladi.  Albatta,  bu  xildagi  tasniflar  juda  shartli  kabul  etilishi  lozim.  Negaki,  odatda 

badiiy taxlil jarayonida bu yunalishlardan biri ustuvor urin tutishi mumkin bulsa-da, deyarli xech 

kachon  bittasi  sof  xolda  kullanilmaydi.  Chunki  urganilayotgan  asarga  xar  jixatdan  karash 

zaruriyati xamisha saklanib koladi. 

  Badiiy  asarni  genetik  yunalishda  taxlil  etishda  asarning  yuzaga  kelish  jarayoni,  variantlari, 

yozilish sabablari tadkik etilishi kuzda tutiladi. Bu  yunalishdagi taxlilda muayyan asarni  yuzaga 

keltirgan omillarning kursatilishiga aloxida e'tibor karatilgan. 

  Tipologik yunalishda esa, asar muallifi bilan adiblar orasidagi ijodiy ta'sir, badiiy vorislik, asarni 

yuzaga keltirgan badiiy yoki xayotiy manbalar, taxlil etilayotgan asarning usha davrda yaratilgan 

boshka asarlarga uxshash xamda farkli jixatlari singari jixatlarga e'tibor karatilishi lozim. 

  Funksional  yunalishda  amalga  oshirilgan  taxlilda  tekshirilayotgan  asarning  ijtimoiy  ta'sir 

kuchiga  aloxida  dikkat  karatiladi.  Unda  urganilayotgan  asarning  muayyan  millat  va  insoniyat 

ma'naviyatiga  kursatgan  ta'siri  tekshiriladi.  Taxlillanayotgan  asarning  milliy  adabiy  jarayonda 

tutgan urni, uning yaratilgan zamondagi odamlar yoki tekshirilayotgan davr kishilari tafakkuriga 

ta'siri  urganilishi  lozim.  Asarda  kanday  ijtimoiy  konuniyat  kaysi  obraz  orkali  ochilganini 

tekshirishi  zarur.  Keyingi  vaktda  uzbek  adabiyotshunosligida  xam  Botish  estetikasida  xar  doim 

ustuvor  makomga  ega  bulgan  funksional  yunalishdagi  taxlil  keng  yoyilgan  va  bu  xol  bir  kator 

ijobiy  xususiyatlar  bilan  birgalikda  tendensiozlik,  biryoklamalik,  matnning  badiiy  jozibasini 

e'tibordan kochirish singari salbiy xolatlarni xam keltirib chikaradi. 

  Falsafiy  yunalishda  yozuvchi  dunyokarashining  xususiyatlari  va  taxlil  etilayotgan  asarda  adib 

e'tikodining:  olamni  kurish,  anglash,  tushuntirish  xamda  aks  ettirish  tarzining  namoyon  bulishi 

tekshiriladi.  Lekin  bunday  taxlil  badiiy  matndan  ayri  falsafiy  mushoxadalardangina  iborat  bulib 

kolmasligiga  e'tibor  kilinishi  kerak.  Chunonchi,  badiiy  matnga  boglanmagan,  ijodkorning  ayni 

urganilayotgan  asaridan  kelib  chikmaydigan  xar  kanday  "chukur  ma'noli"  xulosa  taxlil  uchun 

mutlako  axamiyat  kasb  etmaydi  va  urganilayotgan  matnning  na  badiiy  va  na  falsafiy  jixatini 

ochib beradi.  

 Psixologik yunalishda adibning ijodkor shaxs sifatidagi uziga xosligi jarayon psixologiyasi, asar 

ustida  ishlash  usuli,  shu  jarayondagi  ruxiy  xolati  va  ularning  taxlillanayotgan  asarda  koldirgan 

nuksi,  uning  saviyasiga  kursatgan  ta'siri  kabilar  urganiladi.  Bunday  taxliliy  yunalishda  yukorida 

sanalgan  jixatlarning  kay  yusinda  badiiy  uslubga  aylangani  badiiy  xakikat  shakliga  kirganligi 

tekshiriladi. 

   Filologik  yunalishda  asosiy  e'tibor  urganilayotgan  asarning  estetik  xodisa  ekanini  xar  jixatdan 

asoslashga karatiladi. Bu  yunalishdagi taxlilda urganilayotgan asar filologik xodisa sifatida xam 

til,  xam  tasvir  vositalari,  xamda  ular  urtasidagi  davomiylik  va  novatorlik  nuktai  nazaridan 

tekshiriladi.  Suzning  uz  va  badiiy  ma'nosi  konstekstdagi  jozibasi,  badiiy  matn  zamiriga 

yashirilgan mazmun va bu yashirilganlikning xam xayotiy, xam estetik sabablari singari bir kator 

jixatlarga ustuvor e'tibor karatiladi. 

 


Yüklə 385,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə