Banklar va bank faoliyati to‘G‘risida


-modda. Bank operatsiyalari



Yüklə 371,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/76
tarix23.04.2022
ölçüsü371,66 Kb.
#85937
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76
O‘RQ-580-сон 05.11.2019. “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida

5-modda. Bank operatsiyalari

Banklar tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi:

pul mablag‘larini omonatlarga (depozitlarga) jalb etish;

to‘lovlarni amalga oshirish, shu jumladan bank hisobvaraqlarini ochmasdan amalga oshirish;

jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  bank  hisobvaraqlarini,  shu  jumladan  banklarning  vakillik

hisobvaraqlarini ochish hamda yuritish;

kreditlarni  ularning  qaytarilishi,  foizliligi  va  muddatliligi  sharti  bilan  o‘z  nomidan  o‘zining

mablag‘lari hamda jalb etilgan mablag‘lar hisobidan berish;

chet el valyutasi bilan naqd va naqdsiz shakllardagi operatsiyalar;



jismoniy  yoki  yuridik  shaxs  bilan  tuzilgan  shartnoma  bo‘yicha  mol-mulkni  ishonchli

boshqarish;

inkassatsiya va kassa xizmatlarini ko‘rsatish;

uchinchi  shaxslar  nomidan  ularning  majburiyatlari  bajarilishini  nazarda  tutuvchi  kafolatlar

berish va boshqa majburiyatlarni qabul qilish;

uchinchi shaxslardan pul shaklidagi majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish

(faktoring);

qimmatli qog‘ozlarni chiqarish, xarid qilish, sotish, ularning hisobini yuritish va ularni saqlash,

mijoz  bilan  tuzilgan  shartnomaga  binoan  qimmatli  qog‘ozlarni  boshqarish,  ular  bilan  boshqa

operatsiyalarni bajarish;

affinlangan  qimmatbaho  metallar  sotib  olish  va  sotish,  shu  jumladan  metallarni  mas’ul

saqlash 


hisobvaraqlarini 

hamda 


metallarning 

egasizlantirilgan 

(jismoniy 

bo‘lmagan)

hisobvaraqlarini yuritish;

qimmatbaho metallardan yasalgan tangalarni sotib olish va sotish;

hosilaviy moliya vositalari (derivativlar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish;

hujjatlarni yoki qimmatliklarni saqlash uchun maxsus binolarni yoki ularning ichidagi seyflarni

ijaraga berish;

lizing berish;



Oldingi

 tahrirga qarang.

qonunchilikda nazarda tutilgan shakllarda qarzlar berish;



(5-modda  birinchi  qismining  o‘n  yettinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-

apreldagi  O‘RQ-683-sonli 

Qonuni

  tahririda  —  Qonunchilik  ma’lumotlari  milliy  bazasi,  21.04.2021-y.,

03/21/683/0375-son)

moliyaviy operatsiyalar bilan bog‘liq maslahat xizmatlari ko‘rsatish;

aktivlar majmuini (portfelini) boshqarish;

elektron pullarni chiqarish, ulardan foydalanish va to‘lash;

bank  kartalarini  berish  va  to‘lovlarga  ishlov  berish,  bank  kartalariga  boshqa  tashkilotlar,

jumladan boshqa moliya institutlari bilan birgalikda xizmat ko‘rsatish.



Oldingi

 tahrirga qarang.

Banklar  banklar  va  bank  faoliyati  to‘g‘risidagi  qonunchilikka  muvofiq  boshqa  moliyaviy

operatsiyalarni ham amalga oshiradi.

(5-moddaning  ikkinchi  qismi  O‘zbekiston  Respublikasining  2021-yil  21-apreldagi  O‘RQ-683-sonli

Qonuni

 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Banklar  bank  faoliyatini  amalga  oshirish  huquqini  beruvchi  litsenziyada  ko‘rsatilmagan

moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas.


Yüklə 371,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə