Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘llanma toshkent-2007 kirish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə64/238
tarix01.06.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#88543
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   238
Barcha yo‘nalishlardagi bakalavriat talablari uchun O‘quv qo‘lla

Pul bozori – bu mamlakatdagi pul miqdori hamda foiz stavkasining turli darajalarida pul mablag‘lariga bo‘lgan talab va pul taklifining o‘zaro nisbatini ifodalovchi mexanizm.
Pul taklifi asosan Markaziy bank tomonidan tartibga solinsada, u iqtisodiyotdagi barcha taklifni qamrab ololmaydi. Chunki, bu jarayonga uy xo‘jaligi hatti-harakati hamda tijorat banklarining siyosati ham ta’sir ko‘rsatadi.
Tijorat banklari o‘z ixtiyorlarida bo‘lgan aktivlari hisobiga yangi pullarni hosil qilishlari, ya’ni ularni bank krediti sifatida mijozlariga berishlari mumkin. To‘g‘ri, ularning bu faoliyatlari Markaziy bank tomonidan o‘rnatiluvchi majburiy zahira me’yorlari orqali cheklanadi. Ya’ni, tijorat banki o‘zining joriy xarajatlarini qoplashi hamda mijozlar tomonidan kreditlar qaytarilmasligi xavfining oldini olish maqsadida ma’lum miqdordagi pul mablag‘larini zahira sifatida saqlashi lozim. Aktivlarning qolgan qismi esa muomalaga chiqarilib, u ma’lum muddatdan so‘ng yana bankka qaytishi hamda, majburiy zahira me’yoridan ortiqcha qismi yana muomalaga chiqarilishi mumkin. To‘xtovsiz ravishda takrorlanuvchi bu jarayon pul taklifi multiplikatori yoki bank multiplikatori deyiladi.
Pul taklifi multiplikatori – bu bankdagi pul depozitlari qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmining majburiy zahiralar qo‘shimcha hajmiga nisbati bo‘lib, pul mablag‘larining bir birlikka ko‘payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga o‘sishini ko‘rsatadi:
,
bu yerda:
m – pul taklifi multiplikatori koeffitsienti;
Ms - bankdagi pul depozitlarining qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmi;
R - majburiy zahiralar qo‘shimcha hajmi;
r – majburiy zahiraning foizdagi me’yori.
Pul taklifi ko‘p jihatdan inflyatsiya jarayonlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. «Inflyatsiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo‘llanilib, muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   238




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə