Bayonnomasi 2023-yil 1-aprel Farg‘ona shahri Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 23 nafari, taklif qilinganlar. Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov. Kuntartibid a


Ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarni nashrga tavsiya etish masalasi yuzasidan



Yüklə 92,51 Kb.
səhifə13/14
tarix19.12.2023
ölçüsü92,51 Kb.
#151888
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
8-jigilish-bayonnomasi-2023

5. Ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlarni nashrga tavsiya etish masalasi yuzasidan so‘zga chiqqan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Polvonov filial professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlanib, fakultet O‘quv-uslubiy Kengashi muhokamasidan o‘tgan ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar haqida axborot berdi.
B.Polvonov O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Kochkorova Gulnara Dexkanbayevnaning “Философия” nomli o‘quv qo‘llanmasi hamda O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Tashlanova Nigora Djurayevnaning “Академическое письмо” nomli o‘quv qo‘llanmasi mundarijasi, maqsad va vazifasi, berilgan taqrizlar, fakultet bayonnomalaridan ko‘chirmalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Kafedra mudirlari G. Kuchkarova, O. Rayimjonova va S. Zokirovlar, fakultet dekani O.Otaqulov o‘quv qo‘llanmalarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya etish taklifini o‘rtaga tashladilar va taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Shuningdek, B.Polvonov Axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti D.Sotvoldiyeva va Axborot xavfsizligi kafedrasi assistenti M.Xusanovalarning hammuallifligidagi “Signallarga raqamli ishlov berish jarayonlarini Matlab dasturida vizuallashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi hamda Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri N.Jo‘rayev va mazkur kafedra o‘qituvchilari X.Musayev, A.Qayumovlarning hammuallifligidagi “Algoritmlash va dasturlash asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasi mundarijasi, maqsad va vazifasi, berilgan taqrizlar, fakultet bayonnomasidan ko‘chirma haqida batafsil ma’lumot berdi.
Kafedra mudirlari T. Abdullayev va S. Zokirovlar, fakultet dekani O.Otaqulov o‘quv qo‘llanmalarni Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kengashiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etish taklifini o‘rtaga tashladilar va taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Bundan tashqari B.Polvonov Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Tadjibayeva Adila Ergashevnaning “Zamonaviy ingliz tilining polietnik xususiyatlari” nomli monografiyasi, Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Muminova Muattarxon Alisherovnaning “Ingliz va o‘zbek tillarida VAQT konseptli birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari” nomli monografiyasi, Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Abdullayev Temurbek Marufovichning “Интелектуальные многофункциональные оптоэлектронные преобразователи систем контроля и управления технологическими параметрами микроклимата сельхозпродуктов” nomli monografiyasi, Axborot xavfsizligi kafedrasi dotsenti Muxtarov Farrux Muhammadovichning “Internet kontentlari xavfsiz foydalanish mexanizmini takomillashtirish” nomli monografiyasi, Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Umurzakova Dilnoza Maxamadjonovnaning “Issiqlik energetikasi obyektlarining issiqlik yuklamasini boshqarishning noravshan-mantiqiy modellari va algoritmlari” nomli monografiyasining mundarijasi, maqsad va vazifasi, berilgan taqrizlar, fakultet bayonnomalaridan ko‘chirmalar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Kafedra mudirlari G. Obidova, G. Kuchkarova, S. Zokirov va N.Ibroximovlar monografiyalarni nashr uchun tavsiya etish taklifini o‘rtaga tashladilar va taklif bir ovozdan ma’qullandi.



Yüklə 92,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə