Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/168
tarix23.05.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#112309
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168
Biznes boshqaruv asoslari

Xususiy shaxslar.
Xususiy shaxslar investitsiya jarayoniga turli usular bilan: masalan, 
omonat hisoblarga pul joylashtirish, obligatsiya va aktsiyalar sotib olish, sugoʻrta polislari olish 
bilan pul yetkazib berishlari mumkin. Moliyaviy kurollarni tanlash koʻpgincha judayam oddiy 
vazifa emas, u yakka investor oʻz oldiga qanday maqsad kuyayotganiga bogʻliq. Pul mablagʻlariga 
xususiy shaxslarni talabi asosan mulkni, odatda uy avtomobil harid qilishni moliyalashtirish uchun 
zayom shakliga ega boʻladi. Vaxolanki, unday talabni miqdori juda katta, xususiy shaxslar – pul 
Давлат
Компанияла
р
Хусисий шахслар
Молия бозори
Чет эл 
корхоналари
Қўшма 
корхоналари
Маҳаллий 
инвесторлар


sof yetkazib beruvchilardir, boshqacha qilib aytganda ular investitsiya jarayoniga olganiga 
qaraganda koʻp beradilar. Davlat va kompaniyalar pul mablagʻlarining sof xaridorlari hisoblanar 
ekan, xususiy investorlarning iqtisodiy oʻsish va rivojlanishni moliyalashtirish uchun pul yetkazib 
berishdagi roli juda salmoqlidir. 
Investorlar tipi.
Ikki tipdagi investorlar bor: ular institutsional va yakka investorlar
.
Institutsional investorlar
- mutaxassislar boʻlib, ularga begonalarning pulini boshqargani 
uchun xak toʻlaydilar. Ularni moliyaviy muassasalar, masalan, banklar, sugoʻrta kompaniyalari, 
oʻzaro va pensiya fondlari, hamda yirik nomoliyaviy korporatsiyalar, ayrim xollarda xususiy 
shaxslar yollaydilar. Moliyaviy institutlar oʻz omonatchilariga yaxshigina daromadni taʻminlashga 
harakat qilib katta summani nvestitsiyalaydilar. Masalan, bankning trast boʻlimi unga ishonib 
topshirilgan mablagʻga yetarli daromad toʻlashi lozim; hayotni sugoʻrtalash kompaniyasi 
mijozlarga, hamda mijoz vafot etgan holatlarda ular merosxurlariga va oluvchilariga sugoʻrta 
mukofoti toʻlaydigan daromadni toʻlashga sugoʻrta badallarini investitsiyalash lozim. Sanoat yoki 
savdoga oʻxshash nomoliyaviy kompaniyalar ham koʻpincha ortiqcha pul mablagʻlariga ega 
boʻladilar, bush pullar daromad keltirishi yoki joriy operatsiyalarga va istikbolga kapital 
qoʻyilmalari talabni koplashga yordam berish uchun omonatga kuyadilar. 

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   168




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə