Biznes boshqaruv asoslari



Yüklə 1,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/301
tarix29.03.2022
ölçüsü1,64 Mb.
#84836
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   301
Biznes faoliyatli sikli. 
Iqtisodiy  va  biznes  faoliyati  sikl  bo`yicha  harakatlanishga  intiladi.  Barcha  millatlar  tajribasida 
sinalganidek iqtisodiyotda yaxshi va yomon davrlar bo`lib turadi.Baxtimizga  vaqt o`tishi bilan, yomon 
iqlim yo`qolib , yaxshi iqlim qaytadi. 
 
O’tmishga  iqtisodiy  o`zgarishlarga  e’tibor  beradigan  bo`lsak,  yaxshi  kunlardan  keyin  yomon 
kunlar va undan keyin yaxshi kunlar o`zgarishini ko`ramiz. Ushbu iqtisodiyotning bir iqlimdan boshqa 
iqlimga o`zgarish tezligini biznes faoliyati sikli deb ataladi. 
 
Biznes  faoliyati  sikli  bu  YIM  ning  o`sish  va  kamayishlarning  takrorlanishidir.  Biznis  faoliyati 
sikllarining 4 asosiy iboralari bor: rivojlanish, pasayish, depressiya va qayta tiklanish. 
Rivojlanish 
Biznes faoliyati siklining eng yuqori nuqtalaridagi faoliyatni rivojlanish deyiladi. Rivojlanish bu vaqt 
oralig`i  bo`lib, bu oraliqda kimki ishlashni xoxlasa ishlaydi, biznes esa maxsulotlarni va xizmatlarni 
record  darajada  ishlab  chiqarilayotgan,  ish  haqqi  esa  yaxshi,  va  YIM  ning  o`sishi  esa  tezlashgan 
bo`ladi. 
 
Maxsulot va xizmatlarga bo`lgan talab oshgan. Bu vaqt oralig`ida odatda biznes faoliyati yuqori 
nuqtalarni  egallayotgan  bo`ladi.  Rivojlanish  ham  doim  davom  etmaydi.  Iqtisodiyot  sekin  soviy 
boshlaydi va faoliyat sekinlashadi. 
Pasayish
 
Iqtisodiyotning sekinlashayotgan, biznes faoliyatining bu fazasi pasayish bo`limi deb ataladi. Pasayish 
bu vaqt oralig`i bo`lib, bu oraliqda extiyojlar kamayadi, ishsizlik oshib boradi, YIM ning o`sishi esa 
kalendar yilining 2 va undan ortiq kvartallarida sekinlashadi. Bu bosqich juda ham muhim emas yoki 


uzoq vaqt davom etmaydi, lekin bu bog`langan biznesdagi ishchilar uchun qiyinchilik belgisidir. Misol 
uchun  agar  insonlar  kamroq  mashina  sotib  olishadigan  bo`lsa,  battariya,  balon  va  boshqa  qismlarni 
ishlab chiqaruvchi ishchilar ishdan ketishadi. Bu holat biznes faoliyatida to`lqin effekti deyiladi. 
 
Vaqt  o`tishi  bilan,  ishlab  chiqarish  iqtisodiyotning  barcha  sohalarida  kuchsizlanadi,  keyin 
chorakgacha umumiy mahsulot ishlab chiqarish pasayadi.  Ba’zi pasayishlar uzoq vaqt davom  etadi 
chunki ishlab chiqarishning kam jihatlari foydalanilganligi va umumiy extiyojlar kamayganligi sababli.  

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə