Blackcurse



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/73
tarix23.06.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#89966
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73
13. Tarixiy atama maruza

SHariat
– Islom diniy xuquq tizimi. Unda sof xuquqiy masalalardan tashqari, ahloq,iy 
normalar va amaliy talablarga ham qonun tusi berilgan. 
Tarovix
– dindorlar tomonidan ramazon oyi davomida, ya`ni ro`za to`tish kechalari 
o`qiladigan qo`shimcha namoz. 
Munofiqlar
– Islom tarixiga xos atama bo`lib, ikki yuzlamachilikni anglatgan. Islom 
dinining yuzaki qabul qilib, o`zi esa avvalgi qabilaviy diniga sig’inishni davom ettirgan 
arablarga nisbatan qo`llanilgan. 
Murid 
– pir yoki eshonga qo`l berib, ularni o`zining rahnamosi deb bilgan shaxs Muridlar 
o`z pirlariga itoat etishi, xizmat qilish va ularning izidan borishi lozim bo`lgan. 
Noyib
– O`rta asrlarda musulmon davlatlarida o`lka yoki viloyat hukmdori Oltin O`rdada 
noyib xonning yirik viloyatlaridagi yordamchisi. 
Sadaqa
– musulmonlarda faqirlarga xayr—exson tariqasida beriladigan xadya. Sadaqa 
qattiq kasallik, yomon tush, qo`qqisdan biror falokatta yo`liqish natijasida yuz beradigan kulfat 
va musibatning oldini olish maqsadida berilgan. SHuningdek, biror xursandchilik munosabati 
bilan, sayoxat yuzasidan sadaqa berish ham rasm bo`lgan. 
Ro`za
– Islomning farz hisoblangan marosimlaridan biri. Qur`oni Karimda yozilishicha
ramazon oyi davomida Alloh Muhammadga Qur`onni vaxiy qilib yuborgan, shuning uchun xar 
bir musulmon 30 kun saxardan shomgacha ro`za to`tishi kerak bo`lgan. SHariatda ro`za to`tishni 
erkaklar uchun 12 yoshdan, ayollar uchun 9 yoshdan belgilangan. Unda ko`rsatilishicha, 
chyomilish, chekish, gul hidlash, ovqat iste`mol qilish, dori ichish bilan ro`za buziladi. Bu 
marosim Qur’oni Karim, xadis va shariatda gunohlardan qutulish, savob orttirish uchun eng 
yaxshi yo`l deb talqin qilinadi. Ro`zadan xomilador emizikli ayollar, og’ir bemorlar va safarga 
chiqqanlar ozod etilgan. 


20 
Salla
– Musulmonlarda boshga o`raladigan mato. Asosan erkaklar o`raydi. Oq, yashil kul 
rang matolardan ko`pincha dokadan iborat bo`lib, do`ppi, telpak ustidan o`raladi. Kishi safarda, 
yo`lda vafot etgan, jangda xalok bo`lgan paytlarda sallasidan kafan qilishga mo`ljallangan. Salla 
o`rash usullari matosi kishilarning qaysi ijtimoiy guruhga mansubligiga qarab belgilangan. 
Masalan, o`zlarini sayidlar deb hisoblovchilar va xojilar yashil matodan salla o`raganlar. 
Sunna
– Muhammad Payg’ambarning ko`rsatmalari va oyatlari xaqidagi xadislar, 
rivoyatlar. Islomda faqat Muhammad ibrati an`anasi deb e`tirof etilib, Qur`oni Karimdan keyingi 
muqaddas manba hisoblanadi. Sunna VII asr o`rtalarida yig’ila boshlagan. 
So`fi
– 1. Masjidda azon aytib, namozga chorlovchi shaxs. Muazzin atamasining sinonimi. 
Muazzin xalq tilida «so`fi» deb ham ataladi. 2. Namozxonlar safini tartibga soluvchi. 3.So`fi 
tariqat va sulukda bo`lgan murid. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə