|
Bobur nomidagi andijon davlat universitetiMuhammad Xoksorning «Muntaxab-al-lug'at» asariBobur nomidagi andijon davlat universitetiMuhammad Xoksorning «Muntaxab-al-lug'at» asari
. Muhammad Rizo Xoksor
«Muntaxab~al-lug'at» («Saylanma lug'at») asarini 1798-99 yillarda yaratdi. Asar izohli lugatlar
seriyasiga kiradi.
Asarning kirish qismida muallif o'sha davrda mavjud bo'lgan lugatlar to'g'risida ma'lumot
berar ekan, bu asarlarda yo'l qoyilgan kamchiliklarni
f
ayrim so'zlarning ularda noto'g'ri izohlanganini
ko'rsatib o'tadi.
Lug'at ikki qismdan iborat. Birinchi qismda eski o'zbek adabiy tilida ishlatilgan arabcha
so'zlar, ikkinchi qismida esa forscha-tojikcha va eskirgan o'zbekcha so'zlar izohlanadi. «Muntaxab-
ul-lug’at»da hammasi bo'lib 2400 so'z berilgan,
Xoksor lug'atining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, unda so'zlarning to'g'ri
(asosiy) ma'nosi bilan bir qatorda, ko'chma (hosila) ma'nolariga ham izoh beriladi.
Lug'atda so'zlar arab alifbosi tartibida so'zning birinchi tovushiga (harjiga) qarab 28 bobga
taqsimlanadi. Har qaysi bobda so'zlar oxirgi tovushga (harfga) qarab guruhlanadi. Masalan, alif bilan
tugaydigan so'zlar, be bilan tugaydigan so'zlar, te bilan tugaydigan so'zlar kabi.
Fath Alixon Kojariy lug’ati.
Bu lug'at XIX asrning o'rtalarida (1857-1858 yillarda)
yaratilgan bo'lib, mutaxassislar tomonidan yuksak baholangan. Rus turkologi A.A,Romaskevich bu
lugat bo'yicha maxsus tadqiqot olib bordi.
Asarning kirish qismida chig'atoy (eski o'zbek) tili va Alisher Navoiy asarlari to'g'risida
ma'lumot berilgan. Asarning lug'at qismi uch bo'limdan iborat: 1) o'zbekcha-forsclui lug'at; 2)
«Maboni-ul-lug'at» asarining muallijl Mirza Mehdixon tushunmagan so'zlar izohi; 3) Alisher Navoiy
asarlarida ishlatilgan ba'zi forscha so'zlar izohi.
Fath Alixon Kojariyning lug'ati so'z ma'nolari izohlarining puxtaligi, Alisher Navoiy va
boshqa shoirlarning asarlaridan keltirilgan misollarning ko'pligi bilan ajralib turadi. Lug'atda
hammasi bo'lib 8000 ga yaqin so'z izohlangan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|