Bo‘g‘imoyoqlilar (Arthropoda) tipi



Yüklə 5,28 Mb.
səhifə2/14
tarix11.04.2023
ölçüsü5,28 Mb.
#105036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
БЎҒИМОЁҚЛИЛАР ТИПИ ЖАБРА БИЛАН НАФАС ОЛУВЧИЛАР КЕНЖА ТИПИ

Ikkinchi sаvоl bаyоni:
Jabra bilan nafas oluvchilar (Branchiata) kenja tipi. Jabra bilan nafas oluvchilar azaldan suvda yashovchi hayvonlar hisoblanadi. Ularning jabralari parapodiy o'simtalarining o'zgarishidan kelib chiqqan. Bir qancha juda mayda vakillarining jabralari bo'lmaydi; ular tana yuzasi orqali nafas oladi. Quruqlikda hayot kechirishga moslashgan turlari (zaxkashlar) o'ziga xos tuzilgan traxeyalar orqali nafas oladi. Bu kenja tipga faqat qisqichbaqasimonlar (Crustacea) sinfi kiradi.
Qisqichbaqasimonlar birlamchi suv hayvonlari hisoblanadi. Asosiy ko‘pchilik turlari suvda yashaydi; ayniqsa dengizlarda keng tarqalgan. Ular chuchuk suvlarda ham uchraydi. Bir qancha vakillari quruqlikda hayot kechiradi (zaxkashlar, ayrim krablar). Qisqichbaqasimonlar (kalanuslar, diaptomuslar, dafniyalar, sikloplar) dengiz va chuchuk suv planktonining 90 % idan oshiqroq qismini tashkil etadi. Ko‘p turlari suv tubida harakat qilib hayot kechiradigan bentos hayvonlar hisoblanadi (daryo qisqichbaqasi, omarlar, krablar, langustlar). Mo‘ylovoyoqli qisqichbaqasimonlar esa o‘troq hayot kechiruvchi bentos hayvonlarga kiradi. Turli krevetkalar suv qa'rida suzib yuradi. Qisqichbaqasimonlar orasida suv hayvonlari tanasida parazitlik qilib hayot kechiradigan turlari ham bor.
Qisqichbaqasimonlar ko‘pchilik dengiz hayvonlari, jumladan, baliqlar uchun asosiy oziq hisoblanadi. Yer yuzida eng yirik hisoblanadigan tishsiz kitlar ham mayda plankton qisqichbaqasimonlar bilan oziqlanadi. Krevetkalar, krablar, omarlar va daryo qisqichbaqalari oziq ovqat sifatida ovlanadi.
Qisqichbaqasimonlar bosh qismida ikki juft mo‘ylovlari rivojlangan, jabralari yordamida nafas oladi. Tipik vakili daryo qisqichbaqasi hisoblanadi.


110-rаsm. Urg‘оchi dаryo qisqichbаqаsining bir tomonidagi оyoqlari: 1-аntеnnulаlаr; 2-аntеnnаlаr; 3-mаndibulаlаr; 4-birinchi mаksillаlаr; 5-ikkinchi mаksillаlаr; 6,7,8-jаg‘оyoqlаr; 9,10,11,12,13-yurish оyoqlаri; 14,15,16,17,18,19-qоrin оyoqlаri.

Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvlarda yashaydigan qisqichbaqa-simonlarning yirik turlaridan hisoblanadi. Qisqichbaqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanmagan daryo va ko‘llarda hayot kеchiradi. U tungi hayvon bo‘lib, kunduzi suv ostidagi daraxtlarning ildizi yoki toshlar ostida yashirinib yotadi; tunda esa ovga chiqadi. Qisqichbaqalar hammaxo‘r, ular suvo‘tlari, chuvalchanglar, hasharotlarning lichinkalari bilan oziqlanadi; hidni yaxshi sеzadi; ko‘proq kasallangan hayvonlar va ularning murdasini topib yеydi. Qisqichbaqa ovlovchilar to‘rga hidlangan baliq yoki baqa go‘shti solishadi. Shuning uchun qisqichbaqalar suv havzalarining sanitarlari hisoblanadi.



Qisqichbaqasimonlarning oyoq o‘simtalari soni tana bo‘g'imlari sonidan kamroq bo‘ladi. Masalan yuksak qisqichbaqasimonlarning 18 ta tana bo‘g'imlariga 17 juft oyoqlar to‘g'ri keladi (110-rasm). Ularning oxirgi telson bo‘g'imida oyoq o‘simtalari rivojlanmagan. Tuban qisqichbaqasimonlarning qorin bo‘g'imlarida oyoq o‘simtalari bo‘lmaydi.
Daryo qisqichbaqasining tanasi ikki qism: boshko‘krak va qorindan iborat. Bosh qismida oziqni maydalaydigan jag‘lari va ikki juft mo‘ylovlari joylashgan. Mo‘ylovlaridan bir jufti uzun, ikkinchisi esa qisqaroq va ayrili bo‘ladi. Boshining oldingi qismida boshko‘krak qoplag‘ichi uzun o‘simta hosil qiladi. O‘simtaning ikki yonida harakatchan poyachada ikkita murakkab ko‘zlari joylashgan. Har bir ko‘zi ko‘p mayda ko‘zchalardan iborat. Daryo qisqichbaqasining ko‘krak qismi odatda, 8 ta bo‘g‘imdan iborat; ularda bir juftdan oyoqlari bor. Ko‘krak qismining oldingi 3 ta bo‘g‘imidagi oyoqlari yordamchi jag‘ vazifasini ham bajaradi. Ko‘krakning kеyingi 5 ta bo‘g‘imida bir juftdan haqiqiy yurish oyoqlari bor. Bu oyoqlarning birinchi jufti qisqichni hosil qiladi. Qisqichlari yordamida o‘ljasini ushlab, og‘ziga olib boradi; biron xavf tug‘ilganida o‘zini himoya qiladi.

Qisqichbaqaning qorin bo‘limi 6 ta bo‘g‘imdan iborat bo‘lib, dum suzgichlari bilan tugaydi. Bu suzgichlar eshkak vazifasini bajaradi. Qisqichbaqa dum suzgichlarini oldingi tomonga tеz-tеz siltab orqaga suzib kеtadi. Qorin qismidagi ikki ayrili oyoqlari yordamida esa ular oldinga qarab sеkin suzadi.


Qisqichbaqalarning urg‘ochilari tuxumlarini qorin oyoqlariga ilashtirib olib yuradi.
Qisqichbaqaning og‘iz organlari 3 juft jag‘lardan iborat. Ular yordamida oziq maydalanadi. Ichagi oldingi qismi kеngayib ikki bo‘lmali oshqozonni hosil qiladi (111-rasm). Oldingi chaynovchi oshqozon dеvorining ichki yuzasida xitin tishchali bo‘rtmalari bor. Oshqozon dеvori muskullari qisqarganda bu bo‘rtmalar oziqni xuddi tеgirmon toshidеk maydalaydi. Oziq kеyingi oshqozonda elanib, o‘rta ichakka o‘tadi.



Yüklə 5,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə