Bolalarda intensiv


Traxcya  intubatsiyasi  tcxnikasi



Yüklə 3,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/55
tarix03.04.2022
ölçüsü3,19 Mb.
#85011
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55
A’zamxo‘jayev-Bolalarda intensiv terapiya

Traxcya  intubatsiyasi  tcxnikasi
Bemor  gorizontal  holatda,  kuraklar  ostiga  bolishcha  q o ‘yib, 
bosh  maksimal  orqaga  bukiladi.  Laringoskop  tum shug‘i  tilni 
yuqoriga  va  oldiga  surib  asta  kirgiziladi.  Bunda  1-bclgi  tilcha, 
keyin  kekirdak  usti  to g ‘ayi  k o ‘rinadi.  Uni  yuqoriga  biroz 
k o ‘tarilsa,  nafas  tirqishi  ochiladi.  Laringoskop  kuzatuvi  ostida 
intubatsion  nayning uchi  nafas  tirqishidan  1-2  sm  traxeya tom onga 
o ‘tkazilib,  yopishqoq  plastir  bilan  m ahkam lanadi.  Uzoq  vaqt 
davom   etadigan  sun’iy  nafas  beriladigan  holatlarda  nazofaringeal 
intubatsiya  bajariladi.  Buning  uchun  intubatsion  nay  burun 
kataklaridan  biri  orqali  xalkum gacha  kirgizilib,  laringoskop 
kuzatuv  ostida  Mor  qisqichi  bilan  nafas  tirqishiga  y o ‘naltiriladi. 
intubatsion  nayning uchi nafas  tirqishidan  1-2  sm traxeya tom onga 
o ‘tkazilib,  yopishqoq  plastir  bilan  m ahkam lanadi.  Intubatsion  nay 
orkali  berilayotgan  havo-kislorod  aralashm asi  albatta  nam lanishi 
va  ilitishi  hamda  bosh  bronxlardan  b alg ‘am  vaqti-vaqti  bilan 
so‘rib turilishi kerak.
Periferik nafas  yo ‘llari  obstruksiyasiga  aksariyat balg ‘am ning 
reologik  xususiyati  buzilishi  bronx  devorlari  yallig‘lanishi, 
bronxiospazm  va  nafas  yoMlari  ekspirator  berkilishiga 
sabab 
b o ‘ladi.  M a’lumki,  xonada  20°S  issiqlikda  havoda  9  mg, 
al’veolyar gazda esa 37°S-da 44 mg  suv bor.  Ulardagi  farq  35  mg/1


ni  tashkil  etadi.  Tana  harorati  ko ‘tarilsa,  bu  farq  yana  ham  
k o ‘payadi.  Shuning  uchun,  hamda  ballondagi  kislorod  quruq 
ekanligini  inobatga  olinsa har qanday kislorodli  aralashma  ilitilishi 
va namlanishi  shart.
5-rasm. 

Yüklə 3,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə