19
va ko’p loyihali boshqaruvli tadbiqni talab qiluvchi kompleks loyiha. Megaloyiha –
bu ta’lim sohalari va h.k.larni rivojlantirishning maqsadli dasturlari bo’lib, bu tartibga
bir qator mono va multiloyihalar kiritiladi.
Loyiha ko’lami – (loyihaning hajmi, qatnashuvchilar soni va atrof-muhitga
ta’sir darajasi) bo’yicha:
kichik loyihalar, o’rta loyihalar, yirik loyihalar,
juda yirik
loyihalar. Loyihalarning bunday taqsimoti juda shartlidir. Loyiha ko’lamlarini
aniqroq shaklda ko’rish mumkin. Davlatlararo, xalqaro, milliy mintaqalararo va
mintaqa, tarmoqlararo va tarmoqlar bo’yicha, kooperativ, tashkiliy loyihalar.
Loyihalarning murakkabligi (murakkablik darajasi) bo’yicha: oddiy, murakkab,
juda murakkab.
Loyiha turi (loyihaning fan sohasi xarakteri) bo’yicha:
investitsion,
innovatsion, ilmiy-tadqiqot, aralash. Investitsion loyihalarga, odatda,
investitsion
qo’yilmalarni talab qiluvchi, bosh maqsadi asosiy fondlarni ishlab chiqarish ya’ni
yangilash bo’lgan loyihalar kiritiladi. Innovatsion loyihalarga, tizimlar rivojlanishini
ta’minlaydigan, bosh maqsadi yangi texnologiyalarni,
nou-xau va boshqa
yangiliklarni ishlab chiqish va qo’llash bo’lgan loyihalar kiritiladi.
Har bir loyiha 4 ta asosiy jihati bo’yicha farqlanadi:
2.
Loyiha ko’lami bo’yicha: (kichik loyiha, megaloyiha)
3.
Amalga oshirish muddatlari bo’yicha (qisqa muddatli, o’rta muddatli va
uzoq muddatli loyihalar).
4.
Sifati bo’yicha.
5.
Resurslarning cheklanganligi bo’yicha.
Yuqorida keltirilganidek, loyihalarni turlicha tavsiflash mumkin. Biroq, bu
tavsiflar uning ma’lum tasnifiy jithatini namoyon etadi. Shunga ko’ra, loyihalarning
mumuiy tasnifini quyidagi 1.4-rasm orqali ifodalash o’rinlidir.
O’z navbatida, investitsiya loyihasi loyihadan farqlanishi sababli uning o’ziga
xos xususiyatlarga egaligini namoyon etuvchi jihatlarni investitsiya
loyihasi tasnifi
keltirilgan quyidagi 1.5-rasm orqali ifodalash maqsadga muvofiqdir.