Boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə15/35
tarix28.12.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#97966
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
M. U. Hamidova, maxsus pedagogika

Nutq (og‘zaki nutq)
Nutq, birinchi navbatda 1-til sifatida yoki 2-til sifatida (barcha nuqsonlar kuzatilganda) qattiq va chuqur yeshitishning buzilishi bo‘lgan bolalar uchun yengil, o‘rta, o‘rta/og‘ir, og‘ir yeshitish buzilishi bo‘lgan bolalar tomonidan ishlatiladi. Bolalar odatda, yeshitish orqali gapirishni o‘rganishadi. Ko‘p maktablarda kar bolalar uchun nafaqat gapirish, balki kuylashni o‘rganish uchun ham cheksiz soat ajratishadi. Bu yesa bolalar uchun ta’lim, rivojlantirish va faoliyatga oid to‘siqlarni bartaraf yetishda ko‘maklashadi. Bu yondashuv hozirgi kunda maqbul yo‘l sifatida ko‘rilmoqda. Bizning o‘ylashimizcha, yeshitishi buzilgan bola aniq gapira olmaydi. Buning sababi, u yeshitib boshqa odamlarga taqlid qila olmasligidadir.
Labdan o‘qish
Labdan o‘qish yoki “tovushni ko‘rib o‘qish” – lablar va til harakatlari orqali amalga oshadi. Labdan o‘qishni og‘iz artikulyatsiyasi va tilning tana qismi orqali ham o‘rgatish mumkin. Hech qachon eshitmagan bola uchun labdan o‘qish jarayoni juda qiyindir. Bola ko‘p so‘zlarni yeshitgan bo‘lsa, shu so‘zlar labdan o‘qishga yordam beradi va u labdan o‘qishni to‘g‘ri o‘rganadi.9
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

1. Nutq qayerda va qanday hosil bo’ladi?


2. Nutq organlarini ketma-ketlikda sanang
3. Anartriya haqida ma’lumot bering?
4. Afaziyaning qanday turlari farqlanadi?
5. Dizleksiya haqidq tushuncha bering?
6. Lab va tishdagi nuqsonlar haqida ma’lumot bering?
7. Tanglayning nutq hosil qilishdagi ahamiyatini tushuntirib bering?
8. Taxilaliya haqida tushuncha bering?
9. Nutqning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumot bering?
10. Logopediyaga hissa q’oshgan olimlardan kimlarni bilasiz.


Foydalaniladigan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar

1. Ayupova M.Yu. Logopediya. T.: «O’zbekiston faylasuflar milliy jamiyati» 2007 y.


2. Raxmanova V.S. “Korreksion pedagogika va logopediya”.-“Moliya-iqtisod”, -T.,2007
3. Raxmanova V.S. “Defektologiya asoslari”. -“VORIS-NAShRIYoT”. T., 2012.
4. “Ta’lim hamma uchun” milliy dasturini joriy qilish bosqichlari. O‘RXTV, Yunisef, RTM, - T., 2005.



Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə