Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasi


Darsda modulli texnologiyani amalga oshirish va loyihalash xususiyatlari



Yüklə 1,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/30
tarix29.09.2023
ölçüsü1,55 Mb.
#124941
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
77e4bdd36bbc099a9e608bda1f9f1862 Табиий ва синтетик полимерлар асосида биологик парчаланадиган композитсион материаллар яратиш.

 Darsda modulli texnologiyani amalga oshirish va loyihalash xususiyatlari.


44 
Ta’lim jarayonida alohida modullar asosida o‘quv faoliyatini tashkil etilishi 
o‘quvchining ta’lim faoliyatining subyekti sifatida mustaqil, rejali bilim 
o‘zlashtirishi va o‘z-o‘zini rivojlantirishida katta imkoniyatlar yaratadi. Modulli 
texnologiyani amaliyotga qo‘llash o‘qituvchidan quyidagi talablarni bajarishni 
taqozo etadi: 
1.
Ta’limning konstruktivligi

a) o‘quv materialini shunday konstruksiyalash lozimki, o‘quvchi oldiga 
qo‘yilgan har bir maqsadga erishish ta’minlangan bo‘lsin; 
b) o‘quv materialini tugallangan bloklarda tasavvur qilish; 
v) ta’limning har xil shakl va turlari integrallashsin; 
2. Maqsadlarning aniqligi
: ta’lim mazmunidan asosiy elementlarni ajratish 
ta’lim mazmuni tarkibini aniqlash asosida kursga, guruhga tegishli har xil darajali - 
yaxlit, integrallashgan, xususiy didaktik maqsadlarni ishlab chiqish. 
3.Ta’limning qulayligi
: axborotlarning tezligi, ochiqligi va ularni almashtira 
olish imkoniyati, o‘quv-biluv faoliyatining har bir o‘quvchi uchun qulayligi va 
moslasha olishi nuqtai nazaridan darslarning har bir bosqichini tahlil qilish 
imkoniyati bo‘lgan shakli.
4.Ta’sirlarning tizimliligi
: ta’limning har xil metod va usullari, mazmuni, 
o‘quv faoliyatining o‘zgaruvchanligi asosida bilim o‘zlashtirishning qulayligi, 
maxsus ko‘nikma va malakalarning shakllanishi.
5.Ta’limning ixchamligi
: O‘quv faoliyatining individual uslubini 
shakllantirish orqali o‘quvchi shaxsini rivojlantirishga qaratilgan ta’limning 
ixcham yo‘nalishi;
 
6.Ta’limni individuallashtirish
: har bir o‘quvchining o‘zlashtirishini nazorat 
qilish, monitoring natijalari asosida faol rivojlantirish zonasi va yaqin rivojlantirish 
zonalarini aniqlab, baholash tizimida o‘quvchilarning faolligini rag‘batlantirishdan 
foydalanish asosida, ularning faolligini oshirish ta’limni individuallashtirish 
demakdir. 


45 

Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə