kooperatsiya – yagona
maqsadli ko’pchilik (jismoniy va yuridik shaxslar)ning muayyan
tarmoq, hudud yoki soha doirasida o’zlarining mavjud vositalarini ulush
(pay) tarzida u yoki bu shakldagi kooperativga to’plab, birgalikda va
o’zaro hamkorlikda tegishli yo’nalish bo’yicha o’zini-o’zi boshqarish
hamda moliyalashtirish mexanizm va tamoyillariga asoslangan
faoliyatlar majmuasini ifoda etadi.
Qo‘shma Shtatlar (AQSh) Milliy kooperativ biznes uyushmasi
boshqa
(investorlarga
yo‘naltirilgan)
korxonalarga
nisbatan
kooperativlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ta'kidlaydi:
• Kooperativlar
o‘zlarining
a'zolari
tomonidan
(ya'ni
kooperativning xizmatlaridan foydalanuvchi yoki uning mahsulotlarini
sotib oladigan) tashqi investorlarning emas, balki o‘z a'zolari tomonidan
demokratik tarzda boshqariladi. A'zolar o‘zlarining direktorlar
kengashini o‘z saflaridan saylaydilar. Asosiy siyosiy qarorlar har bir
a'zoning kooperativga kiritgan sarmoyasidan qat'i nazar, bitta a'zoga,
bitta ovozga asoslangan tamoyilga asoslanadi.
• Kooperativlar ortiqcha daromadni (xarajatlar va investisiyalardan
keladigan daromad) ulardan foydalanish yoki homiylik qilishlariga
mutanosib ravishda a'zolariga qaytaradilar, lekin ularninginvestisiyalari
yoki egaligi ulushiga mutanosib emas.
• Kooperativlar foyda bilan emas, balki a'zolarning arzon va sifatli
tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat ko‘rsatadi.
• Kooperativlar o‘z a'zolariga xizmat ko‘rsatish uchun mavjud.
23
Наврўз-зода Б.Н., Фармонов Т.Ҳ. Фермер хўжаликларида иқтисодий муносабатларни ривожлантириш.
Монография. Бухоро, “Дурдона” нашриёти. 2017. 105-бет
24
Жумаев О. Кооперация истиқболи.//Ж.Ўзбекистон қишлоқ хўжалиги.Т.: 2006. №11. 11-12 бетлар
159
• Kooperativlar investisiya va zaxiralar uchun saqlanib qolgan
daromaddan soliq to‘laydilar
25
.