BuxDU kimyo-biologiya fakul’teti
5440400-kimyo ta’limyo’nalishi IV - kurs
talabasi Safarova Nilufarning “DNK tuzilishi va
biosintezi “ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
Taqriz
Bu mavzu XX -asr ikkinchi yarmida fan sohasidagi buyuk kashfiyotdir.
Hozirgi biologiya fanining nuklein kislotalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Nuklein kislatalar barcha tirik organizmlarda keng tarqalgan moddalar
bo’lib oz’ malekulalarida hayot uchun zarur ma’lumotlarni saqlaydi. Bu
ma’lumotlar orqali organizm o’zi uchun zarur bo’lgan oqsil va boshqa
moddalarni sintezlaydi. Shuningdek , organizmda boradigan juda ko’p
moddalar va energiya almashinuvi , oqsillar biosintezi kabi muhim jarayonlar
nuklein kislatalar faoliyati bilan bog’liq.
Bitiruvchi Safarova Nilufar “ DNK tuzilishi va biosintezi “ mavzusidagi
bitiruv malakaviy ishining kirish qismi 8-19 betlarda nuklein kislatalar
haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tgan. Unda nuklein kislatalrning kashf
etilishi , bu sohada ishlagan olimlar to’g’risida to’xtalib o’tilgan.
Undan so’ng DNK ni kashf etilishi va uning biokimyodagi ahamiyati
, bayon etigan. Ayrim organizmlar hujayrasidagi DNK miqdori, ba’zi organlar
hujayra yadrosidagi DNK ning o’rtacha miqdori 2,3 jadvallarda keltirilgan.
DNK nukleotid tarkibi , nukleotidlar, nukleozidlar, DNk strukturalari (birlamchi,
ikkilamchi , uchlamchi ) rasmlar va jadvallar asosida to’liq tushuntirilgan.
DNK biosintezi ( replikatsiya ) , replikatsiya –genetik axborot o’tkazish usuli
ekanligi aiahida ta’kidlab o’tilgan.
Bitiruvchi Safarova Nilufarning bitiruv malakaviy ishi ayrim
kamchiliklardan holi emas.
60
1. Imloviy va lug’aviy xatolarga yo’l qo’yilgan.
2. “ DNK tuzulishi va biosintezi “ da erishilayotgan yutuqlar va
yangiliklar kiritilmagan.
Bu kamchiliklar ishning mazmuniga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Xulosa
qilib shuni aytish mumkinki Safarova Nilufarning “ DNK tuzulishi va
biosintezi “ mavzusidagi bitiruv makakaviy ishi talab darajasida yozilgan.
Ishni yaxshi bajarilgan deb hisoblayman.
Taqrizchi:
Organik va fizkolloid
Kimyo kafedrasi dotsenti M.Ya.Ergashev