Chet el adabiyoti



Yüklə 410,48 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/18
tarix26.11.2017
ölçüsü410,48 Kb.
#12439
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18

 

 

34 



 

 Gyugoning  "Dengiz  zahmatkashlari"  romanida  tabiat  stixiyasiga  qarshi  kurash 

tasvirlanib,  asar  o'zbek  tiliga  tarjima  qilingan  (Nabi  Alimuhamedov,  1938  yil). 

"Kozetta", "Gavrosh" hikoyalari ham o'zbek tiliga tarjima qilingan. "Byug Jargal" 

o'zbek tilida. 

 Amerika adabiyotida ko'zga ko'ringan romantik yozuvchilar Vashington Irving va 

Fenimor Kuper edi. 

 Jeyms  Fenimor  Kuper  (1789-1851)  -  romannavis  bo'lib,  "Amerikaning  Valter 

Skotti"  deb  nom  olgan  va  tarixiy  roman  janriga  asos  solgan  adib  ijodida 

insonparvarlik, oddiy kishilar hayotini aks ettirishi bilan diqqatga molik. Ijodi uch 

bosqichga bo'linadi: 

 1.  1821-1826  -  asarlari  "Josus",  "Lotsman",  "Pionerlar",  "Boston  qamali", 

"So'nggi Mogikan"larda Amerikadagi adolatsizliklarni qoralaydi. 

 2.  1826-1833  -  Ovro'po  safari  va  "Mard",  "Jallod"  romanlari  Ovro'po 

mamlakatlari tarixiga bag'ishlangan. 

 3.  1833-1851  -  ijodida  siljish.  "Monikenlar",  "Ovchi",  "Izquvar"  romanlarida 

AqSh tuzumi tanqid qilinadi, indey qabilalari hayoti aks ettiriladi. Uning "So'nggi 

Mogikan", "Chingachguk - ulkan Ilon", "Izquvar" romanlari o'zbek tilida. 

 

 

 



 

  

 30-40 YILLAR NEMIS ADABIYoTI  



  

 XIX asrning boshlarida Napoleon yurishlarining Germaniya iqtisodiyotiga va shu 

jumladan,  madaniyati  va  adabiyotiga  ta'siri.  Davr  shoiri  Xenrix  Xeyne  asarlarida 

ozodlik  g'oyalarining  ifodachisi  sifatida.  Uning  dastlabki  she'riy  to'plami  - 

"qo'shiqlar  kitobi"  -  xalq  qo'shiqlariga  nihoyatda  yaqin  turadi  va  besh  qismdan 

iboratdir.  "Yo'l  manzaralari"  ocherklar  to'plamida  vatan  manzarasini  chizar  ekan, 

uning 

qoloqligidan, 



sustkashligidan 

tushkunlikka 

tushmaydi. 

"Sileziya 

to'quvchilari"  -  ishchilar  qo'zg'olonini  ifodalasa,  "Germaniya.  qish  ertagi" 

ijodining cho'qqisi hisoblanadi. Shoir dostondagi qish so'zi orqali Germaniyaning 

qoloqligiga, u yerda hukm surayotgan jaholatga ishora qiladi. 

 Xenrix Xeyne (1797-1856) she'rlaridan o'zbek tiliga Oybek, Mirtemir, Shukrullo, 

Xayriddin  Saloh,  Abdulla  Sherlar  tarjima  qilganlar.  Xeynening  o'zbek  tilida 

"Lirika" va "Germaniya, qish ertagi" to'plamlari bor.  

 17- mavzu: 

 XIX ASR TANKIDIY REALIZM ADABIYoTI  

                                                        Reja: 

 1. Per Jan Beranje ijodi 

 2. Charlz Dikkens tankidiy realizmning yirik vakili 

                                        3.   AKSh tankidiy realizm 

 Tanqidiy  realizm.  Fransuz  adabiyoti.  Inqilobiy  poeziya.  Hajviy  qo'shiq.  Ijobiy 



 

 

35 



 

qahramon.  Xalq  masalasi.  Milliy-ozodlik  mavzusi.  Epopeya.  Novella.  Yumor. 

Satira. 

 20  yillarning  oxirida  paydo  bo'lib,  Ovro'po  mamlakatlarida  turli  davrlarda 

shakllandi va rivojlandi. 

 Fransuz adabiyotida XIX asrning birinchi yarmida inqilobiy poeziya rivojlandi va 

bu adabiyot mehnatkash xalq ommasining kayfiyatini aks ettirdi. Shu adabiyotning 

vakili Per Jan Beranje (1780-1857) bo'lib, birinchi hajviy qo'shig'i "qirol Iveto"ni 

butun  Parij  kuylaydi.  Xalq  shoiri  -  Beranje  siyosiy  jihatdan  nihoyatda  o'tkir 

qo'shiqlarini  yaratdi.  Uning  "Zotli  itlar  arzi"  satirik  she'ri  davlat  tepasida  turgan 

Karl X Burbonga qarshi qaratilgan edi. "Karl III" she'ri esa uning o'limini bashorat 

qiladi.  "Xalqlarning  muqaddas  ittifoqi",  "Jak",  "Malla  Janna"  she'rlari.  Beranje 

she'riyatining  muhim  ahamiyati  shundaki,  u  o'z  ijodini  ongli  ravishda  oddiy  xalq 

xizmatiga,  mehnatkash  xalq  manfaatlariga  bo'ysundiradi.  Shuning  uchun  ham 

shoir "Xalq-mening ilhomim" degan edi. 

 XIX  asrning  birinchi  yarmida  realizmning  tarixiy  zaminlari,  realistlarning 

xalqchilligi, ular ijodida xalq masalasi va ijobiy qahramonlar. 

 Frederik  Stendal  (1783-1842)  ijodi  xilma-xil  janrlarni,  san'atning  turli  sohalarini 

qamrab  oladi.  Uning  beshta  romani,  "Italiya  yilnomalari"  novellalar  to'plami, 

"Anri  Bryular  hayoti",  "Avtobiografik  maktublar"  kabi  asarlari,  kundalik  va 

xotiralari saqlanib qogan. Uning "Napoleon hayoti", "Napoleon haqida xotiralar", 

shuningdek,  "Rim",  "Neapol",  "Florensiya"  nomli  yo'l  lavhalari,  "Rim  bo'ylab 

sayohat",  "Turist  xatlari"  nomli  esdaliklarida  falsafiy,  siyosiy  hamda  estetik 

mulohazalari  bayon  etilgan.  "Rasin  va  Shekspir"  risolasida  realizm  prinsiplarini 

ilgari  surdi,  bu  uning  badiiy  programmasi  sifatida  maydonga  keldi.  Stendal  ikki 

buyuk  fojeanavis  shoir  ijodini  tahlil  qilarkan,  Shekspir  ijodidagi  hayotiylikni 

alohida  ta'kidlaydi.  Shekspir  ijodidagi  xalqchillik,  realizm  uni  Rasin  ijodidan 

ajratib turadigan xususiyat ekanini ko'rsatib beradi. 

 "Vanina  Vanini"  novellasi  Italiya  milliy-ozodligi  uchun  borayotgan  kurashni 

tasvirlashga bag'ishlangan. 

 "qizil  va  qora",  "Parma  ibodatxonasi"  romanlari  o'zbek  tiliga  o'girilgan.  Stendal 

ijtimoiy  roman  ustasi  sifatida  bu  romanida  o'z  qahramonlari  qalbini  chuqur 

ifodalay  olgan  mohir  psixolog  hamdir.  "Parma  ibodatxonasi"  romani  ham  Italiya 

mavzusida  bo'lib,  "qizil  va  qora"  qahramoni  Jyulen  Sorel  singari  o'z  Vatani 

ozodligi  yo'lida  kurashga  tayyor  Fabritsiodir.  Adib  qahramonlarining  ichki 

kechinmalariga  katta  e'tibor  beradi.  Uning  ijobiy  qahramonlari  zulm-istibdodga 

asoslangan  tuzum  bilan  murosaga  kela  olmaydilar.  Ular  hayotdagi  eskilik, 

xudbinlik,  zo'ravonlik,  inson  shaxsining  kamsitilishiga  qarshi  isyon  ko'taradilar. 

Uning asarlari hayotiy realizm bilan sug'orilgan. 

 Onore de Balzak (1799-1850) - ijodida tanqidiy realizm cho'qqiga ko'tarilgandir. 

Uning "Insonlar komediyasi" degan umumiy nom ostiga kiruvchi romanlari adibga 

shuhrat  keltirgan.  O'zini  "ijtimoiy  fanlar  doktori"  deb  hisoblagan  Balzak  ulkan 

epopeyasi  "inson  komediyasi"da  ikki  mingdan  ortiq  personaj  qatnashadi.  Agar 

fransuz  jamiyati  tarixchi  bo'lsa,  Balzak  o'zini  uning kotibi deb biladi. Epopeyada 




Yüklə 410,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə