8
Arxilox ijodida elegiya va yamblar yaratgan.
Bu davrda monodik, ya'ni yakkaxon lirika ham rivojlandi. Shoir Alkey bilan
Sapfolar bu lirika vakillaridir. Alkey ijodida siyosiy mavzular bilan birga ayollar
latofatini tasvirlovchi she'rlari ham mavjud.
Shoira Sapfo poeziyasi faqatgina shaxsiy kechinmalar, yurak hislari bilan
chegaralangan, deyarli yakka-yagona mavzu - sevgi va go'zallikdir.
Monodik lirikaning yana bir vakili shoir Anakreont bo'lib, ijodidagi asosiy mavzu
- ishq va maydir. Anakreontning ishqiy va ziyofat marosimlarida aytiladigan
qo'shiqlarining hayotbaxsh ohangi. Anakreont ishqiy she'rlaridan tashqari
madhiya, elegiya, epigrammalar ham yozgan.
4-mavzu:
SOFOKL IJODI
Reja:
1. Sofokl ijodiy faoliyati
2. "Shox Edip" asarining axamiyati
3. "Shox Edip" uzbek saxnasida
Eramizdan avvalgi V asr yunon jamiyatining ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan
yuqori bosqichga chiqqan davri bo'lib, Perikl davlatni boshqargan. Bu davr yunon
tarixi voqealarga boy, turli jabhalar, jumladan, ilmu-fan, san'at rivojlantirildi. Ana
shu o'zgarishlar munosabati bilan muhim siyosiy va axloqiy muammolar
adabiyotda o'z ifodasini topdi. Bu muammolardan davlat bilan fuqaro orasidagi
masalalarni hal qilish, xalq manfaatlarini himoya qilish, insonparvarlik edi. Xuddi
shu masalalarni hal qilishda dramaturgiya janrini alohida ko'rsatish lozim.
Drama - harakat ma'nosini ifodalab, uning kelib chiqishini xalqning diniy
marosimlari bilan bog'laydilar, Dionis marosimlaridan (mehnat va marosim
qo'shiqlari) dramaning barcha turlari - fojea, komediya va satirlar dramasi yuzaga
kelgan. Tragediya - "taka qo'shiqi" (Dionisni takaga o'xshatganlar) Dramaning
hamma turi diniy marosimlardan kelib chiqqanligi sababli ham qadimgi yunonlar
bunga e'tiqod bilan qaraganlar. Yunon teatrining paydo bo'lishi va uning
xususiyatlari.
Yunon
teatrining
ommaviyligi
va
xalqchilligi.
Teatr
musobaqalarining uyushtirilishi.
Esxil jahon adabiyotida san'atlar gultoji - tragediyaning otasi sifatida tanilgan. U
miloddan avvalgi 525-456 yillarda, yunon madaniyatining oltin davri - Perikl
davrida yashadi. Shoir zamonasining eng muhim tarixiy voqealarida, ayniqsa,
Yunon-Eron urushlarida, Marafon, Salamin, Plateyadagi janglarda qatnashdi.
Esxil asarlaridan ma'lum bo'lishicha, shoir demokratik davlat tuzumi tarafdori edi.
Shoir o'z asarlarida ijtimoiy, falsafiy, siyosiy qarashlarini unchalik yashirmagan.
qadimgi zamon olimlarining guvohlik berishlaricha, Esxilning 90 ta dramatik asari
bo'lib, undan bizgacha 70 tasi yetib kelgan.
Esxilning ilk asarlaridan biri "Iltijogo'ylar"da shoh Danayning 50 qizi haqidagi
rivoyatga murojaat qilgan. "Forslar"da Eron-Yunon urushlari tasvirlanib,
Kayxusravning zolimligini Yunonistonning erkin, demokratik tuzumiga qarshi
9
qo'yadi. Asarda shoir Eron bilan sulh tarafdori sifatida ko'rinadi.
Bizgacha to'la yetib kelgan "Oresteya" trilogiyasi Troya urushlar turkumiga
kiradi.
Esxilning "Zanjirband Prometey" tragediyasi shoir ijodining cho'qqisi
hisoblanadi. Haqiqatan asar badiiy - g'oyaviy teranligi, hur fikrlarga, falsafiy
mushohadalarga boyligi, inson ruhiy olamining sirli qatlamlarini dadil ko'rsatishi
jihatidan jahon adabiyoti xazinasining mislsiz durdonasi bo'lib qolgan. Shoir
Asqar qosimov bu mangu obidani tarjima qilarkan, asarning xuddi shu ma'naviy
jihatlarini saqlashga intildi.
Asarda Zevs tomonidan jazoga mahkum qilingan Prometey dahshatli qiynoqlarga
mag'rur bardosh berib, kelajakda Zevsdan g'olib chiqishga intiladi. Mana shu
ishonch Prometeyga cheksiz kuch-qudrat ato etadi. Kavkaz tog'laridagi qoyaga
mixlangan Prometey insonlarga bilim, olov, yorug'lik keltirgani bilan fahrlanadi
va azoblarga mardona bardosh beradi. Ma'lumotlarga ko'ra bu asar trilogiya
tarkibiga kirgan. Asarning "Ozod etilgan Prometey", "Prometey olovbardor" deb
nomlangan boshqa qismlari to'la yetib kelmagan.
Asarda Prometey obrazi orqali Inson mag'rurligi, sabot va matonati ulug'lanadi.
Prometey insonlarga insonlik yo'lini ko'rsatganligi bilan faxrlanadi. Bu yo'l
insonlarga yaxshilik qilishdan boshlanadi.
Esxilning badiiy mahorati. Yunon tragediyasining shakllanishida Esxilning tutgan
o'rni va ijodining butun antik dunyo adabiyotiga ko'rsatgan ta'siri. Esxil
tragediyalari realizmining o'ziga xosligi va cheklanganligi; mifologik obrazlar
orqali davrning ijtimoiy hodisalarini ko'rsatishi. Esxil tragediyalari shakl va
mazmunining birligi, g'oyasining teranligi, obrazlarining buyukligi va keskinligi.
Sofokl - talantli lashkarboshi Perikl hukmronlik qilgan yoki Yunoniston
tarixining oltin asrida yashab ijod etgan shoiridir. 60 yillik umrida 120 dan ziyod
asar yozgan, dramatik shoirlar musobaqasida 24 marta g'olib bo'lgan. Shohona
asarlari bilan dunyoni qoyil qoldirganiga qaramay, juda kamtar bo'lgan va qayg'u
alamlarini, shodligini xalq bilan baham ko'rgan.
Sofokl o'zining durdona asarlarini mardlik va rostgo'ylik bilan "Xomerning noz-
ne'matlarga boy to'kin-sochin dasturxonidan to'kilib qolgan ushoqlar xolos"
deganida haq edi. Uning "Shoh Edip" asari Asqad Muxtor tomonidan tarjima
qilingan. Tragediyaning g'oyasi. qahramon taqdirida ro'y bergan o'zgarishlar orqali
yozuvchi insonning haqiqatga erishish yo'llarini ko'rsatadi. Edipning qusurlari
"Shoh Edip"da Sofokl rivoyatga asoslangan va uning oxirgi qismini tasvirlab, juda
katta axloqiy, falsafiy, ma'naviy muammolarni o'rtaga tashlaydi. Asarda vijdonli
kishining cheksiz qiynoqlarga duchor bo'lishi, shunga qaramay, inson o'z vijdonini
oxirigacha saqlab qolishi tarannum etiladi.
Insonning qadr-qimmati, martabasining g'oyat ortishi, uyg'onib kelayotgan
insonning qudrati, go'zalligi, uning ichki va tashqi dunyosini ta'riflash Sofokl
tragediyalarining asl mohiyatidir. Nihoyat darajada mifologik afsonalardan muhim
voqealarni ajrata bilish, uni o'z maqsadlariga moslashtirib, undan hayotning aynan
o'ziga o'xshash dramatik asarlar yaratishga qodir bo'lgan Sofoklning jahon