Chilangarlik ishi cdr


-Mavzu: Chilangarlik asboblarini sozlash



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə31/32
tarix30.12.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#167188
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
CHILANGARLIK PRESLASH DASTGOHLARI

10-Mavzu: Chilangarlik asboblarini sozlash Reja:
1.Chilangarlik ishlari bilan tanishish.
2.Chilangarlik asboblarini sozlash.
3.Texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari.
4. Elektr xavfsizlik qoidalari
Fanni o‘qilishidan maqsad – talabani qo‘l mexnati va metall qirquvchi dastgohlardan foydalangan holda metalldan chilangarlik ishlari uchun zarur bo‘lgan asboblar yasash, slesarlik ishlari bilan tanishish va ko‘nikma olishdir.
Fanning vazifasi - talabani ushbu fan bo‘yicha olgan amaliy bilimlarini kurs loyihasi va bitiruv ishlarini bajarish bilan real sharoitga qo‘llash bo‘yicha amaliy malaka va ko‘nikmalar hosil qilishdir.
Chilangarlik ustaxonasida:

  • Ishlab chiqarish xonalrining pollari, devorlari, shiplari tuzuk, xonalar yetarli darajada yorug‘, normal harorat va yaxshi ventilyatsiyaga ega bo‘lishi kerak.

  • I sh o‘rinlari orasidagi o‘tish joylarining o‘lchamlariga rioya qilish kerak.  Ish o‘rinlarida ortiqcha narsalar, zagotovkalar, metall bo‘laklari bo‘lmasligi kerak. Barchajihozlarni ishga yaroqli holatda saqlash, mashinalarning qo‘zg‘aluvchan qismlarini to‘sib qo‘yish lozim.

Ish o‘rinlarida:

  • Dastgoh pishiq va turg‘un bo‘lishi kerak. uning liqillab turishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  • Deformatsiyalanmaydigan, ish va zarb tushadigan qismida uchgan joylari, darzlar bo‘lmagan, ishga yaroqli qurol bilangina ishlash mumkin.

  • O‘tkir quyruqli rollar, (egov, shaber va otvyorkalar) ning dastalari puxta o‘rnatilgan bo‘lishi, dasta siniqva darzlar bo‘lmasligi, uning sirti silliq va halqali bo‘lishi lozim. Bolg‘alarning dastasi tollari bo‘ylama yo‘nalgan nuqsonsiz sifatli bo‘lishi kerak. bolg‘a dastasini pishiq o‘rnatib, pona qoqib qo‘yish kerak.

  • Gayka kalitlarining o‘lchamlari gayka va boltlarining kalit tushadigan o‘lchamlari mos bo‘lishi lozim.

Og‘ir yuklarni ko‘tarish va tashishda:

  • Barcha ko‘tarish mexanizmlarida puxta tormoz qurilmalari bo‘lishi, ko‘tariladigayukning og‘irligi mexanizmning yuk ko‘tara olishi imkonidan oshmasligi kerak.

  • Yuklarni puxta po‘lat arqonlar yoki zanjirlar bilan yaxshilab boylab qo‘yish kerak.

  • Ish tugagandan so‘ng yukni osilgan holatda tashlab ketish mumkin emas.

  • Ko‘tarilgan yuk ostida turish va uning ostidan o‘tish man qilinadi.

  • Qo‘lda tashiladigan yukning eng yuqori normasi: erkaklar uchun 80 kg, xotinlar uchun 20 kg, 16-18 yoshdagi o‘smirlar uchun-16,4 kg, shu yoshdagi qizlar uchun 10,25 kg.

1. Ish joyida bajariladigan xavfsizlik texnikasi qoidalari:

    1. Korxomani (kombenizon, xalat, bosh kiyim) kiyib olinadi. Korjomani barcha tugmalari taqib yoki bog‘lagichlari bog‘lab olinadi. Soch bosh kiyimini ostiga yig‘ishtirib olinadi. Kiyim boshning osilib turgan ab turgan qismlari bo‘lmasligi kerak.

    2. Dastgoh salt (xolostoy) yurgizilib, uning harakatlanuvchi qismlarining ravon harakatlanishi tekshirib ko‘riladi.

    3. Dastgoh korpusining va elektrodvigatelining yerga ulanish moslamasining sozligi tekshirib ko‘riladi.



    4. Tezliklar va uzatmalar qutisidagi richaglar va limblarni sozligi, ihota va ehtiyot qismlari, asbob va moslamalarning ishga yaroqliligini, knopka, rubilg‘nik, yurgizib yuborgichlarni ishlashini tekshirib ko‘riladi. Ishga halaqit beradigan barcha narsalar chetga olib qo‘yiladi.

    5. Qirindi uchun cho‘tka-supurgi va kurakcha oyoq ostiga qo‘yiladigan taglik (trap) borligi tekshirib ko‘riladi.

    6. Qilinadiga ishlar to‘g‘risida o‘qituvchining yoki o‘quv ustasining ko‘rsatmalarini diqqat bilan tinglanadi.

2. Metall qirqish dastgohlarida ishlashda xavfsizlik texnikasi qoidalari:
2.1. Ish o‘rnini qirindi, moydan o‘z vaqtida tozalab turiladi.

    1. Dastgohda ustida detallar, tayyorlamalar, asboblar, mahkamlash detallari hamda artish materiallari turmasligi kerak.

    2. Patronga, tiskiga va moslamalarga tayyorlama to‘g‘ri o‘rnatilishi va puxta mustahkamlanishi lozim.

    3. Ishlov berilayotgan tayyorlamani qo‘l bilan tutib turish mumkin emas.

    4. Patronga tayyorlama yoki asbob mahkamlangandan keyin buragichni patronda qoldirmaslik kerak.

    5. Aylanib turgan shpindel, patron, tayyorlama yoki asbobni qo‘l bilan to‘xtatish yaramaydi.

    6. Materiallarga ishlov berishda himoya ko‘zoynagi taqib olish yoki organik shishadan yasalgan himoya to‘sig‘i o‘rnatish zarur.

    7. SHpindelning aylanish tezligi belgilangan mehyorga yetganidan keyingina kesuvchi asbobni tayyorlamaga asta sekin keltirish kerak.

    8. Kesuvchi asbob singanda, mahkamlash detallari bo‘shab qolganda va boshqa nuqsonlar payqalganda dastgoh darxol to‘xtatilishi lozim.

3.Ish tugagandagi xavfsizlik texnikasi qoidalari:

    1. Dastgoh elektr tarmog‘idan o‘chiriladi.

    2. Ilmoq va cho‘tka yordamida dastgoh qirindidan tozalanadi.

    3. Dastgohning ishqalanuvchi bazalari artib tozalanadi va ularga yupqa qilib moy surtiladi.

    4. Asboblar, moslamalar va kerakli asboblar tozalanadi va shkafdagi joy- joyiga qo‘yiladi.

    5. Qirindi va ishlatib bo‘lingan artish metariallari maxsus yashiklarga solib qo‘yiladi.

Slesarlik ishlari to‘g‘risida asosiy tushunchalar.
Chilangarlik ish o‘rni barcha turdagi operatsiyalarni bajarishga yordam beradigan moslamalar bilan jihozlangan ish stoli (dastgoh)dan iborat bo‘lib, u bir o‘rinli, ikki o‘rinli va ko‘p o‘rinli bo‘lishi mumkin.Bu narsa ularga o‘rnatilgan tiskilarning soniga qarab aniqlanadi.
Chilangarlik dastgohining ustki qismi qalin yog‘och taxtalardan tayyorlanib, bajariladigan ish turiga qarab tunuka, linoleum yoki faner bilan qoplanadi. Uning oyoqlari yog‘ochdan yoki metalldan tayyorlanishi mumkin. Dastgoh mustahkam, turli operatsiyalarni bajarishda qimirlamasdan, turg‘un turishi kerak. Buning uchun ularni massiv (zalvarli), tayanch yuzalarini katta qilib tayyorlash lozim. Dastgohlarning massivligi ularning ish taxtasi va oyoqlarining o‘lchamiga bog‘liq. Ish vaqtida ular titramasligi uchun bir o‘rinli dastgohlar o‘rnida ikki o‘rinli yoki ko‘p o‘rinlilaridan foydalanish maqsadga muvofiq degan fikr tug‘ilishi mumkin. Bunda bir o‘rinli dastgohning ko‘p o‘rinlisiga qaraganda ayrim qulaylik larga, afzalliklarga ega ekanligini unutmaslik kerak.
Ko‘p o‘rinli dastgohlarda o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida turli prosesslarni bajarish vaqtida bir-birilariga halal beradilar. Bir o‘rinli dastgohlarda esa bu hol ro‘y bermaydi. Yuqorida aytilganlarni ye’tiborga olib, ustaxona maydoni yetarli bo‘lgan taqdirda bir o‘rinli dastgohlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Standart o‘lchamdagi chilangarlik dastgohlar yetishmagan yoki bo‘lmagan taqdirda ish o‘rinlari sonining yetarli bo‘lishini ta’minlash maqsadida duradgorlik o‘quv ustaxonasida tayyorlash mumkin bo‘lgan yasama dastgohlar joylashtirish mumkin. Bularni tayyorlash uchun qalin va pishiq yog‘och taxta material bo‘lsa kifoya. Dastgohlarning ustki qismi va tiskilar qora lak, qolgan qismlari biron boshqa tusdagi bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi va ma’lum muddatlarda qarov berib turiladi. Ko‘p o‘rinli dastgoxlarning kamchiligi shundaki, unda aniq ishlarni (egovlash, shaberlash, rejalash) bajarayotgan o‘quvchi ayni vaqtda dag‘al ishlarni (parchinlash, kesish) uddalayotgan sherigiga halakit berishi mumkin.

Metallarga ishlov berishda ishlatiladigan tisklari. Chilangarlikda metallarni sovuqlayin ishlashda materiallarni tez va puxta mahkamlash (qotirish) imkonini beradigan tutqich moslamalardan biri — tiskilardan foydalaniladi. Chilangarlik tiskilari zagotovkalarning turi va o‘lchamlariga, ularga ishlov berish usullariga, tayyorlanadigan buyum yoki detalning shakl va o‘lchamlariga qarab har xil bo‘ladi. Parallel tiskilar. Bu tiskilarning parallel deb atalishiga sabab shuki, ularning qo‘zg‘aluvchi lari qo‘zg‘almas jag‘lariga nisbatan parallel ravishda siljiydi. Parallel tiskilar burilma, burilmas va strubsiiali tiskilarga bo‘linadi. Parallel to‘g‘ri jag‘lari kul rang cho‘yandan quyilgan bo‘lib, ularga detal yoki zagotovkalarii siljitmasdan maxkam tutib turish imkonini beradigan taram-taram kertmakli toblangan po‘lat qistirmalar o‘rnatiladi. Tayyor detal va buyumlarni pardozlashda po‘lat qistirmalarning kertmaklari buyum sirtida iz qoldirmasligi, sirtning sifatini buzib qo‘ymasligini ta’minlash uchun tiski jag‘lariga alyuminiy, mis, jiz kabi yumshoq materiallardan tayyorlangan qo‘shimcha qistirma plastinkalar qoplanadi.


Nazorat savollari:
1.Chilangarlik ishlari bilan tanishish.
2.Chilangarlik asboblarini sozlash.
3.Texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalari.
4. Elektr xavfsizlik qoidalari
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. “Chilangarlik ishlari” Xaydarov Botir Mashrapovic

  2. “Chilangarlik modellashtirish ishlari” Sh. Karimov





BAHOLASH KO‘RSATGICHI VA MEZONLARI
Mavzu: Parchinlash, kavsharlash
va yelimlab biriktirish Baholash varaqasi
Ajratilgan vaqt – 240 daqiqa O‘quvchining ismi, sharifi
Sanasi -
Baholash mezonlari
1. Ish o‘rnini tashkil qilish.
- asbob va uskunalar to‘g‘ri tanlanganmi (5 ball)
-texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinganmi (5 ball)
II. Amaliy ko‘nikmalar

  1. Asboblarni parmalash tartibi

    1. Zubiloni charxlash (5 ball)

    2. Kretsmeyselni charxlash (5 ball)

    3. Kesgich (sverlo)ni charxlash

(5 ball)
2. Yakuniy qismni baholash
JAMI:
O‘rtacha bahosi
Izoh:

  1. T opshiriqning bajarilishi besh balli tizim asosida baholanadi. Bunda ushbu topshiriqning tarkibiga kiruvchi barcha faoliyat turlari inobatga olinib, ularning har biriga baho berilishi shart.

Topshiriq bo‘yicha o‘quvchining yakuniy bahosh esa har bir faoliyat turi bo‘yicha olingan baholarning jami topilib, ushbu faoliyat turlarining soniga bo‘linadi.

  1. Qoniqarsiz baho olgan o‘quvchilar ma’muriyat ko‘rsatgan muddatda mashqlarni qayta topshiradi.

O‘quv fan (modul)ining o‘qitish natijalarini va kompetensiyalarni baholash: Baholash mezonlari.



Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə