D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2020


Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə94/116
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#133779
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116
D. Q. Usmanova buxgalteriya hisobi o‘quv qo‘llanma samarqand – 2

13.5. Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobotni tuzish

Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot joriy buxgalteriya ma’lumotlariga asosan tuzilib, unda tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun muhim ko‘rsatkichlar mavjud.


Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlariga asosan korxonaning bozor faolligi ko‘rsatkichlarini tahlil qilish mumkin. Bu ko‘rsatkichlar kompaniyaning aksiyalarini qiymati va daromadliligini ta’riflaydi.


1. Bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda (AF) quyidagicha aniqlanadi:




AF = Sof foyda – imtiyozli aktsiyalar bo‘yicha dividendlar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar

Bu ko‘rsatkich muomaladagi bir oddiy aksiyaga qancha sof foyda to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zaruriy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.





  1. Aksiyaning bozor bahosi bilan bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foydaning munosabati (BF) quyidagicha aniqlanadi:



BF = Bir aktsiyaning bozor qiymati / AF

Bu ko‘rsatkich kompaniyaning bir so‘m sof foydasiga aksionerlar necha so‘m to‘lashga roziligini bildiradi. Masalan, «A» kompaniyasida bu ko‘rsatkich 10 bo‘lib, «B» kompaniyasida 8 bo‘lsa, investorlar «A» kompaniyasining investitsiya sifatini afzalroq baholaydi. Bu ko‘rsatkich boshqa kompaniyalarning bir aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda dinamikasi va umumiy bozor dinamikasi bo‘yicha baholanadi.


3. Bir aksiyaning balans qiymati (ABQ) quyidagicha aniqlanadi:




ABQ = Aktsioner kapitalining qiymati – imtiyozli aktsiyalar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar

344
Bir aksiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga binoan bir oddiy aksiyaga to‘g‘ri keladigan korxonaning sof aktivlari qiymatini ko‘rsatadi.





  1. Bir aksiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning balans qiymatiga qaraganda bozor qiymati qancha ekanligini ko‘rsatadi va u quyidagicha aniqlanadi:



Bq = Bir aktsiyaning bozor qiymati / Bir aktsiyaning balans qiymati



    1. Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi: Dividenddan daromad ( haq. qiymat me’yori) = Bir aktsiya bo‘yicha divided / bir aktsiyaning bozor qiymati




  1. Aksiyaning daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u quyidagicha aniqlanadi:



AD = D + (S* - S) / S, bu erda

D – aksiyaga egalik qilish davrida olingan dividend summasi, S* - sotish narxi,


S – sotib olish narxi


7. To‘lanadigan dividendlar ulushi (TDU) quyidagicha aniqlanadi:




TDU = Bir aktsiyaga to‘g‘ri keladigan dividend / Bir aktsiyaga to‘g‘ri keladigan sof foyda

Bu ko‘rsatkich tahlilining xususiyati shundan iboratki, uning «yaxshi» va «yomon» darajasi bo‘lmaydi. Lekin buning umumiy ko‘rsatkichi 1 dan oshmasligi kerak. Bu demak kompaniya dividend to‘lash uchun etarli darajada foyda olganligini ko‘rsatadi. Agar bu ko‘rsatkich 1 dan oshib ketsa, kompaniya moliyaviy imkoniyatidan oqilona foydalanmaganligini yoki zaxira kapitalidan qarz olganligini ko‘rsatadi. Dividendlar xususiy kapitalni kamaytiradi, chunki ular kompaniya tasarrufida qolgan sof foydadan to‘lanadi.





Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə