2
KIRISH
XORIJIY MAMLAKATLAR DAVLATI VA HUQUQI
TARIXI - ASOSIY TARIXIY-HUQUQIY FAN
REJA:
1. Fan va uning tarixi
2. Fanning vazifasi, predmeti va ahamiyati
3. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixining yuridik va ijtimoiy fanlar tizimida tutgan o`rni
4. Fan o`rganadigan masalalarni tekshirish uslublari
5. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixini davrlarga va tarkibiy qismlarga bo`lib (tizimga solib)
o`rganish
6.Qadimgi Sharq mamlakatlarida davlat va huquq
rivojlanishining xususiyatlari
Tavsiya etiladigan adabiyotlar.
1. Karimov. I.A Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998.
2. П.Н.Гaлaнзa. История государство и право зарубежных стран. M.1998.
3. Z.Muqimov.Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarihi. Samarqand.1992.
4. K.Н.Батыр и E.В.Поликарпова. Всеобщая хрестоматия истории государство и право. M. 1996.
5. Черниловский З.M. Всеобщая история государство и право . M.1996.
6. O.A.Жидкова. Н.A.Карашениникова. История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 1-
частъ.
7. O.A.Жидкова. Н.A.Карашениникова. История государство и право зарубежных стран. Нoрмa.M.2004. 2-
частъ.
8. H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T., Adolat.1999.1- qism
9, H.Muhamedov Horijiy mamlakatlar davlat va huquqi tarihi.T.,TDYuI..2005.1- qism
1. Fan va uning tarixi
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi ijtimoiy fan bo`lib, uni asosan tarixiy-huquqiy fan deb ataymiz.
Chunki u bevosita ham tarix faniga, ham davlat va huquq haqidagi fanga aloqador.
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi o`z xarakteri bo`yicha yuridik (huquqiy) fan hisoblanadi. Shu bois
u yuridik oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida o`rganiladigan asosiy o`quv kurslaridan biridir.
Tarix o`tmishning yig`ilgan, konsentratsiyalashgan tajribalarini saqlovchi, uni avlodlarga
asrab yetkazib
keluvchidir. Hozirgi zamonning har bir yirik masalasi hayotning qaysi sohasida bo`lmasin, jumladan, davlat va huquqiy
qurilish sohasida ham mavjud bo`lgan tarixiy tajribalarni hisobga olmasdan, undan unumli foydalanmasdan,
chuqur
o`rganmasdan samarali hal etilishi mumkin emas. O`tmish voqea-hodisalarini bilmasdan turib, hozirgi voqelikni to`g`ri
tushunish, kelajakni ko`ra bilish mumkin emas. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaga-nidek,
"O`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi... Tarix saboq-lari insonni hushyorlikka o`rgatadi, irodasini
mustahkamlaydi... Inson uchun tarixdan judo bo`lish – hayotdan judo bo`lish demakdir."
4
Tarix fan sifatida
jamiyat taraqqiyotining ob’yektiv qonunlari haqidagi bilimlar tizimini o`zida mujassamlashtiradi, ularni tushunish
jamiyatning kelajakdagi rivojlanishini ko`ra bilishga imkon yaratadi. Shuning uchun ham umuminsoniyat tarixi fanining
tarkibiy qismi sifatida respublikamiz oliy o`quv yurtlarida fanlar sohalari bo`yicha tarixiy fanlar o`rganiladi. Masalan,
iqtisodiyot oliy o`quv yurtlarida iqtisod tarixi, madaniyat oliy o`quv yurtlarida madaniyat tarixi, me’morchilik o`quv
yurtlarida me’mor-chilik tarixi o`rganiladi. Mamlakatimizda Toshkent Davlat
yuridik institutida, Ichki ishlar vazirligi
Akademiyasida, universitetlarning huquq-shunoslik fakultetlarida, yuridik kollejlarda ham davlat-huquqiy xarakteridagi
tarixiy fanlar o`rganiladi. Davlat va huquq jamiyatga oid hodisalar bo`lib, jamiyat tarixining ajralmas tarkibiy qismidir.
Jamiyat tarixi va unga mos holda davlat va huquq tarixi uzluksiz rivojlanish jarayonidan iborat.
Mazkur fanni va o`quv kursini o`rganishga kirishishdan oldin uning tarixiga bir nazar tashlasak.
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi deyarli barcha rivojlangan mamlakatlarda mustaqil fan sohasi
sifatida o`rganiladi. g`arbda uni ko`pincha huquqning umumiy tarixi, huquq va huquqiy ta’limotlar tarixi va
hokazo
nomlar bilan yuritadilar. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi turlicha nomlar bilan ilmiy bilishning mustaqil
sohasi sifatida XVIII asrning oxiri - XIX asrdan boshlab yashab kelmoqda. Tarixiy-huquqiy bilimlarni to`plashda
dastlab Germaniyadagi tarixiy huquq maktabi katta rol o`ynagan. Uning Karl fon Savini (1779-1861 yillar), Georg
Fridrix Puxta (1798-1846 yillar) va boshqa namoyondalari asosan rim va milliy german huquqi tarixi bo`yicha ilmiy
tekshiruvlar olib borishgan. Mashhur nemis yuristi, Berlin universiteti
professori, qonunlarni isloh qilish bo`yicha pruss
ministri bo`lgan Savin’i Rim huquqi va fuqarolik huquqi bo`yicha ko`p asarlarning muallifi, tarixiy huquq maktabi
boshlig`i sifatida shuhrat qozongan. Uning "Bizning davr qonunchilikka va huquqshunoslikka moyilligi haqida"gi
(1814 yil) degan dasturiy asarida huquq qandaydir mistik va o`z-o`zidan rivojlanuvchi "xalq ruhi" sifatida talqin
qilinadi. Savini german fuqarolik huquqini kodifikatsiya qilishga qarshi chiqqan. U bunga hali vaqt erta deb hisoblagan.
Savinining ko`rsatishicha, huquq davlat hokimiyatidan kelib chiqmaydi, shuning uchun davlat hokimiyati qonun
4
I.A.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q. T., "Sharq" NMK, 1998.- 5-, 9-, 10-betlar.