«davlat huquqi» kafedrasi malakaviy bitiruv ishi



Yüklə 257,2 Kb.
səhifə3/4
tarix22.11.2017
ölçüsü257,2 Kb.
#11633
1   2   3   4

Huquqiy munosabatlar — hukuq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlardir. Ijtimoiy munosabatlarning muayyan qismi huquq normalari bilan tartibga solinib, ularga barqarorlik, izchillik, maqsad sari yo’naltirilganlik xususiyatlari baxsh etiladi. Ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari yordamida tartibga solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. Huquq normalari o’z vazifa va funksiyalarini huquqiy munosabatlar orqali amalga oshiradi; huquq talablari ijtimoiy munosabatlar shakliga aylantiriladi va shu tariqa munosabatlar tartibga solinib, xuquq hayotga tatbiq etiladi.

Huquqiy munosabat — subyektiv huquq va majburiyatlar bilan o’zaro bog’liq shaxslar (ya’ni, fuqarolar va yuridik shaxslar) o’rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqadir. Huquqiy munosabat ta’rifidagi asosiy ma’no va mazmun, avvalo, tomonlar o’rtasidagi aloqadorlikni aks ettirishdir. Bunday munosabatlarda kamida ikki tomon — huquk sohiblari ishtirok etib, o’zaro muloqotga kirishadilar.

Huquq sohiblari birbirlari oldida tegishli subyektiv huquq va majburiyatlarni o’taydilar. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining hukuq va majburiyatlari birbiri bilan o’zaro mutanosib tarzda bog’liq; bir tomonning huquqiga ikkinchi tomonning majburiyati muvofiq keladi; har doim hukuk subyekti bo’lgan shaxs qarshisida majburiyat o’tovchi shaxs gavdalanadi. Masalan, ishga kirish bilan bog’liq huquqiy munosabatni olaylik. Bunda, ishga qabul qilingan xodim zimmasida muayyan mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati, korxona ma’muriyatida esa mehnat intizomiga rioya qilishni talab etish huquqi va bajarilgan ish uchun tegishli ish haqi to’lash majburiyati (bu ayni vaqtda huquq hamdir) paydo bo’ladi. Ayni paytda, ikkala subyekt ham qonunda belgilangan qator huquqlardan foydalanadilar.

Yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabatlarning tabiati masalasi ancha munozarali. Bir guruh olimlar huquqiy munosabatlarni ijtimoiy munosabatlarning alohida bir turi deb hisoblaydilar (L.S. Yavich, V. K. Babayev, Yu. I. Grevsev va boshqalar). Boshqa mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, «huquqiy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning alohida turi emas, ya’ni ular mulkiy, mehnat, oilaviy, boshqaruv munosabatlari tizimida mustaqil o’rin tutmaydi: huquqiy munosabatlar faqat ularning yuridik shakli, tashqi ifodasi sifatida namoyon bo’ladi... Ijtimoiy munosabatlar huquqiy shaklga ega bo’lishi mumkin, bunda ular huquqiy munosabatlar, deb ataladi». To’g’ri, ijtimoiy munosabatlarning hammasi ham huquqiy normalar vositasida tartibga solinmaydi. Odatda, davlat va jamiyat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim ijtimoiy munosabatlargina hukuk bilan tartibga solinadi. Ijtimoiy munosabatlarning qolgan qismi axloq normalari, siyosiy normalar, jamoat birlashmalari normalari, odat qoidalari, diniy normalar va shu kabilar bilan tartibga solinadi.

Huquqiy munosabatlarga quyidagi xususiyat va maxsus belgilar xosdir:

a) huquqiy munosabat ijtimoiy tusdagi munosabat, ya’ni
insonlar o’rtasidagi munosabat bo’lib, bu ularning faoliyati, xulqatvori bilan bevosita bog’liqdir.

b) huquqiy munosabat huquq normalarining insonlar xulq
ateoriga ta’siri natijasida vujudga keladigan munosabat.
Huquq normasi bilan huquqiy munosabat uzviy bog’liq. Hayotda faqat yuridik normalarda nazarda tutilgan huquqiy munosabatlargina mavjud. Kishilar o’rtasidagi muayyan munosabatlarga huquqiy norma qo’llanilgach, ular huquqiy munosabatlarga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarning huqukiy tartibga solinishini ixtiyoriy hodisa emas, balki qonuniyatli jarayon deb tushunish lozim.

v) huquqiy munosabat kishilarningo’zaro subyektiv huquqlar
va yuridik majburiyatlar vositasidagi aloqalari. Bu ijtimoiy alokdning alohida shakli, ya’ni huquq normalari bilan mustahkamlangan huquq va majburiyatlar orqali amalga oshadigan aloqadir. Subyektiv hukuq egasi — huquqdor, vakolatli shaxs; yuridik majburiyatlar egasi — majburiyat o’tovchi shaxsdir. Har qanday huquqiy munosabatda huquqdor shaxs qarshisida majburiyat o’tovchi shaxs (inson, tashkilot, davlat idorasi) hozir bo’ladi.

g) huquqiy munosabat irodaviy munosabatdir. Ma’lumki, huquqiy normalarda davlat irodasi ifoda etiladi. Shu bilan birga, hukukiy munosabat vujudga kelishi uchun ishtirokchilarining ham istagi, xohishi talab kilinadi. Shunday huquqiy munosabatlar borki, ularning vujudga kelishi uchun barcha ishtirokchilarning xohishirodasi bayon etilishi lozim. Masalan, nikohga kirayotgan har ikki tomon o’z xohishini bildirishi lozim yoki oldisotti munosabati sotuvchi bilan xaridorning xohishirodasi tufayligina amalga oshishi mumkin. Ba’zi huquqiy munosabatlarda bir tomon irodasini bayon etsa, yetarli hisoblanadi. Bunday huquqiy munosabatlarga ma’muriy ishlar yoki hukuqni muhofaza etuvchi idoralar amri bilan qo’zg’atiladigan jinoyat ishlari misol bo’lishi mumkin.

d) huquqiy munosabat davlat tomonidan qo’riqlanadigan munosabatdir. Yuridik normalarda davlat irodasi va jamiyat manfaatlari aks ettirilgani bois davlat ularning talablari to’lato’kis bajarilishini nazorat qilib boradi. Huquqiy qoidalar ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda davlatning majburlash kuchi ishga solinadi. Davlat hukuqni qo’riqlash orqali, ayni vaktda, huquq bilan tartibga solinadigan munosabatlarni ham qo’riqlaydi. Hukuqiy munosabatlar davlat tomonidan maxsus tarzda qo’riqlanishi bilan ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlaridan fark qiladi. Davlat tomonidan qo’riqlanadigan huquqiy munosabatlar tizimi jamiyatdagi huquqiy tartibotning asosini tashkil etadi.

Shunday qilib, xuquqiy munosabat — huquqiy normalarning kishilar xattiharakati, hulqatvoriga ta’sir etishi oqibatida vujudga keladigan, davlat tomonidan qo’riqlanadigan hamda uning ishtirokchilarida subyektiv huquk va yuridik majburiyatlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlardir.

Huquqiy tartibga solish mexanizmi — huquqiy tizimning muhim elementlaridan biri. Huquqiy tartibga solish ijtimoiy munosabatlarga hukuk yordamida ularni umummajburiy, normativ tarzda tartibga solish maqsadida ta’sir etish jarayonidir. Hukuqiy tartibga solishning muhim xususiyati shundaki, u ijtimoiy munosabat ishtirokchilarining yuridik hukuk va majburiyatlarini belgilaydi, huquqlar ro’yobga chiqarilishi va majburiyatlar bajarilishini ta’minlaydi.

Demokratik jamiyatda huquqiy tartibga solish ijtimoiy tartibga solishning maxsus turi bo’lib, o’zining demokratik qadriyatlarga tayanganligi, maqsadga yo’naltirilganligi va samaradorligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, hukukiy tartibga solish o’ziga xos ta’sir etish vositalari (mexanizmi) orqali amalga oshiriladi. Qonun chiqaruvchi idoraning yuridik normalar yaratishdan ko’zlagan maqsadi xuddi ana shu huquqiy ta’sir etish vositalari yordamida ro’yobga chiqariladi.

Yuridik adabiyotda huquqning regulyatorlik funksiyasi turlicha talqin etiladi. Ba’zan yuridik shaklga ortiqcha o’rin berilib, huquqiy tartibga solish mexanizmi tarkibiga huquq yaratish jarayoni ham qo’shib yuboriladi. Bu mantiqka muvofiq emas. Chunki gap ikkita mustaqil huquqiy hodisa (institut) haqida bormokda. Demak, «huquk normasi» ni «huquqiy tartibot» tushunchasiga qo’shib bo’lmaganidek, hukuk yaratish jarayonini huquqiy tartibga solish mexanizmiga qo’shish ham mumkin emas. Xulosa shuki, huquqning imkoniyatlarini, yuridik shaklning ahamiyatini haddan oshirib, obyektiv ijtimoiy munosabatlarning ustuvor belgilovchi rolini, ta’sischi xarakterini nazardan qochirish to’g’ri bo’lmaydi.

Huquqiy tartibga solish mexanizmi jamiyatdagi turlituman ijtimoiy munosabatlarga muntazam ravishda va muayyan ketmaketlikda ta’sir etish jarayonidir. Ijtimoiy munosabatlar mazmuni hamda hukuqiy normalar ruhi mamlakat intilayotgan maqsad va vazifalar, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o’tish, huquqiy davlat va fukarolik jamiyati barpo etish manfaatlari bilan chambarchas bog’liq.

Huquqiy tartibga solish jarayoni — ijtimoiy munosabatlarga huquqiy ta’sir etish, ularni amalga oshirish, rivojlantirish va takomillashtirishning qat’iy belgilangan tartibi. Huquqiy tartibga solish, har qanday ijtimoiy jarayon singari, o’z boshlanish va nihoyalanish nuqtalariga ega. Bu jarayon davlat tomonidan huquqiy normalar yaratishdan boshlanadi. Huquqiy norma xalqning davlat idorasini o’zida ifodalovchi, uni hukuqiy munosabat ishtirokchilariga yetkazuvchi vosita sifatida vujudga keladi va amal qiladi.

Huquqiy tartibga solish jarayonini quyidagi uch asosiy bossichga ajratish mumkin:



  1. ijtimoiy munosabatlarni me’yorga soluvchi yuridik normaning yaratilish bosqichi;

  2. huquqiy normaning amal qilish bosqichi;

  3. yuridik normada nazarda tutilgan holatlar, hukuk va majburiyatlar vujudga kelganida subyektiv hukuk va yuridik majburiyatlarning amalga oshirilish bosqichi.

Mazkur uch bosqichdan tashqari yana bir bog’lovchi qo’shimcha (fakultativ) bosqich —xususni so’llash bossichi haqida gapirish lozim.

Huquqiy tartibga solish jarayonining uch bosqichiga huquqiy tartibga solish mexanizmining uchta muhim elementi (hukukiy hodisa) muvofiq keladi:

a) huquqiy normalar;

b) huquqiy munosabatlar;

v) subyektiv huquq va yuridik majburiyatlarni amalga oshirish
hujjatlari.

Huquqiy tartibga solish mexanizmi — ijtimoiy munosabatlarga jamiyat hamda davlat oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib samarali huquqiy ta’sir etilishini ta’minlovchi yuridik vositalar tizimi. Huquqiy tartibga solish jarayonidagi barcha huquqiy vositalarning «mexanizm» iborasi bilan izohlanishi bejiz emas. Chunki huquqiy tartibga solish jarayonida namoyon bo’luvchi qismlar yagona bir butun mexanizmni tashkil etadi.

«Huquqiy tartibga solish mexanizmi» tushunchasi «huquqiy ustqurma» (yoki ustqurmaning huquqiy qismi) tushunchasiga yaqin turadi. Har ikki tushuncha tarkibiga huquq normalari, huquqiy munosabatlar, normativhuquqiy hujjatlar, huquqiy ong, huquqiy madaniyat va boshqa huquqiy voqyeliklar kiradi. Biroq bu unsurlar yagona mexanizmning tarkibiy qismlari sifatida tahlil kilinganida e’tiborni huquqiy ustqurmaning dinamik tomoniga, huquqiy ta’sir etish jarayonidagi yuridik vositalarning bir butun tizimdagi o’zaro harakatiga qaratish lozim.

II BOB.

O’ZBEKISTON MILLIY HUQUQIY TIZIMIDA HUQUQIY QADRIYaTLARNING NAMOYoN BO’LIShI.
2.1. Huquqiy tizimni modernizasiya qilishning ustuvor yo’nalishlari

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohot va modernizasiya jarayonlari barcha jabhalar kabi huquqiy sohani ham qamrab olgan. Zero, jamiyat va davlat hayotini modernizasiyalash hozirgi ijtimoiy taraqqiyotimizning bosh mantig’ini tashkil etmoqda. Davlatimiz rahbari respublikamiz bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot yo’li va jamiyatimiz oldida turgan vazifalarning ma’nomohiyati va ahamiyati haqida so’z yuritib, bu yo’lni ikki bosqichga bo’ldi. Milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog’liq birinchi galdagi islohot va o’zgarishlarni o’z ichiga olgan hamda mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o’tish davri dastlabki bosqich — 19912000 yillar — tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan davr bo’ldi. 2001 yildan 2007 yilgacha bo’lgan muddatni o’z ichiga olgan ikkinchi bosqich — faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizasiya qilish davri — esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sudhuquq tizimi va ijtimoiygumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda g’oyat muhim rol o’ynagan davr bo’ldi1. Mazkur davrlashtirish, shubhasiz, huquqiy tizimni isloh etish borasida bosib o’tilgan yo’lni va modernizasiyalashning asosiy yo’nalishlarini tadqiq etishda metodologik asos vazifasini o’taydi. Vatanimiz va xalqimiz tarixida muhim o’rin tutgan ushbu davrda tom ma’noda tub o’zgarishlar amalga oshirildi. Demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishning mustahkam ijtimoiysiyosiy va huquqiy poydevori yaratildi. Bugun ana shu mustahkam poydevor asosida mamlakatni jadal isloh etish va modernizasiya qilishning yangi davri — milliy taraqqiyotimizning keyingi mantiqiy bosqichi izchil davom etmoqda. Mazkur bosqichning muhim vazifalari siyosiy va iqtisodiy hayot, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, mustaqil sud tizimini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, fuqarolarning ijtimoiysiyosiy faolligini oshirish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish, uning tashkiliy tuzilmalarini qaror toptirishdan iborat.

Islom Karimov 2007 yil 6 noyabrda Uzbekiston liberaldemokratik partiyasining IV qurultoyida «Vatanimiz va xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilish — oliy saodatdir» mavzusida dasturiy ma’ruza qildi. Ma’ruzada muhim maqsadvazifalar belgilandi. Dastlabki muhim vazifa sifatida «mamlakatni modernizasiya qilish, jamiyatni yangilash, iqtiyeodiyotimizning jadal sur’atlar bilan o’sishi va uning makroiqtisodiy mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish»2 belgilanganligi e’tiborga molikdir.

Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda keng ko’lamda avj olayotgan modernizasiyalash jarayonlarining alohida obyekti — mavjud davlatchilik tuzumi, davlat kurilishi sohasidir. Bunda shuni e’tiborga olish lozimki, davlat modernizasiyalash obyekti bo’lishi bilan bir vaqtda, jamiyatda boshqaruvning ommaviyhuquqiy institusiyaviy tizimini vujudga keltiruvchi va amalga oshiruvchi suveren subyekt sifatida namoyon bo’ladi. Davlat amalga oshiradigan ijtimoiysiyosiy boshqaruv ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etishga, ijtimoiy kelishuvni ta’minlashga, siyosiy institutlarning rasionallik va oqilonalik prinsiplari asosida samarali faoliyat ko’rsatishiga erishishga yo’naltiriladi.



Davlatchilikni modernizasiyalash serqirra, murakkab global jarayon bo’lib, uning mazmuni bir qator ijobiy (huquqiy munosabatlar ishtirokchilariga imkoniyatlar yaratish, mukofotlash, rivojlanishning foydali yo’nalishlarni rag’batlantirish va h. k.) jihatlarni, shuningdek, yangilanish jarayonlariga huquqiy ta’sir etishda uchraydigan salbiy (ogohlantirish choralari, huquq buzilishining oldini olish ta’sir tadbirlari, jamiyat uchun zararli xattiharakatlarni man etish kabi) holatlarni qamrab oladi. Ayni vaqtda, bu jarayonda jamiyat va davlat rivojida faollikning bunyodkorlik yo’nalishlarini kashf etish bo’yicha izlanishlar olib borilaveradi1.

Davlatchilikni modernizasiya qilish sohasida shakllanadigan ijtimoiy munosabatlar ikki darajali tizimni hosil qiladi:



  1. ijtimoiy ziddiyatlarni bartaraf etish bilan bog’liq munosabatlar;

  2. davlat — hokimiyati ta’sirida uyushgan, tashkillashgan ijtimoiy tizimining rasionallashuvi, oqilona faoliyat yuritishi hamda uning samaradorligini oshirish bilan bog’liq munosabatlar2.

Modernizasiyalash jarayoni huquqiy tizim faoliyatida qanday namoyon bo’lishini aniqlash muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Boshqacha aytganda, huquqiy tizimning har bir tarkibiy elementi (hukuq ijodkorligi, huquqni amalga oshirish, huquqiy tartibga solish mexanizmi, huquqiy munosabatlar tizimi, normativhuquqiy hujjatlar tizimi, huquqiy ong va madaniyat, huquqiy mafkura, huquqiy siyosat va boshqalar) modernizasiyalash obyekti sifatida maydonga chiqishi xususiyatlariga e’tibor qaratish, ularni tahlil etish lozim. Bunday tahlilga kirishishdan avval quyidagi nazariy xulosadan kelib chiqish o’rinli. Jamiyatning huquqiy tizimi — muayyan makon va zamonda amal qilayotgan, huquqiy hodisalar, institutlar, normalar va huquqiy jarayonlarning mushtarak bir butunligi, o’zaro bog’liqligi hamda aloqadorligi bo’lib, ularning maqsadli amal qilishi natijasida ijtimoiy munosabatlarning yuksak saviyada huquqiy tartibga solinishiga erishiladi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, huquqiy tizim yaxlit voqyelik bo’lib, unga tarkibiy qismlarning o’zaro ichki aloqadorligi, bog’liqligi, munosibligi, izchilligi va barqarorligi xosdir. Huquqiy tizimni modernizasiya qilish yo’llari, usullari va qonuniyatlarini aniqlab olish — yuridik fanning dolzarb vazifasi. Hozirgi hukuqiy hayotimizning asl mohiyati va muhim xususiyati shundaki, yaxlit voqyelik sifatidagi huquqiy tizim hamda uning har bir tarkibiy bo’g’ini, ya’ni huquq normalari, hukuq ijodkorligi jarayoni, normativhuquqiy hujjatlar, huquqiy munosabatlar, yuridik muassasalar tizimi, yuridik amaliyot, huquqiy ong, huquqiy siyosat, huquqiy madaniyat va shu kabilar alohida institut sifatida modernizasiya qilinmoqda. Fikrimizcha, ijtimoiy hayotimizning mazkur sohasida amalga oshiriladigan tub yangilanish va takomillashuvni lo’nda qilib huquqiy modernizasiya iborasi bilan ifodalash mumkin.

«Huquqiy modernizasiya»ni «davlatchilikni modernizasiya qilishning huquqiy jihatlari (omillari)» tushunchasi bilan chalkashtirib yubormaslik lozim. «Modernizasiya jarayonlarini huquqiy ta’minlash» deganda siyosiy modernizasiyani, iqtisodiy modernizasiyani, ijtimoiy hamda madaniyma’rifiy sohani, sudhuquqiy tizimni modernizasiyalashning huquqiy asosini, qonunchilik bazasini yaratish va hayotga tatbiq etish anglanadi. «Huquqiy modernizasiya» iborasi zamirida esa jamiyat huquqiy tizimini, bu tizimga kiruvchi barcha tarkib qismlarni modernizasiyalash, ularni ma’rifiy dunyoning demokratik qadriyatlari va umum e’tirof etilgan prinsiplari asosida yangilash, takomillashtirish, sifat jihatdan yanada yuksakroq darajaga ko’tarish nazarda tutiladi.

Huquqiy modernizasiyaning muhim tarkibiy qismi inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash mexanizmlarini takomillashtirishdir. Konstitusiyaga muvofiq, davlat hokimiyati va davlat organlari zimmasiga inson (fuqaro)larning huquq va erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan. «Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar», degan konstitusiyaviy qoida aynan davlat idoralari va lavozimli, muayyan hokimiyat vakolatlariga ega bo’lgan shaxslar tomonidan fuqarolarning haqhuquqlari va erkinliklarini ta’minlash faoliyatini, ularni muhofaza etish bilan bog’liq burchlarini anglatadi. Asosiy qonunimizda fuqarolarning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkinliklari daxlsiz deb e’lon qilinib, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hyech kim haqli emasligi belgilangan (19modda). Mazkur konstitusiyaviy qoidani milliy huquqiy tizimimizning ustuvor qadriyatlaridan biri deb e’tirof etish mumkin.

Inson huquqlarini ta’minlash tizimida hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi alohida diqqatga sazovordir. Davlat hokimiyati vakolatlarining konstitusiyaviy taqsimlanganligi fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatli ro’yobga chiqarish, muhofaza etish nuqtai nazaridan eng samarali siyosiyyuridik vosita bo’lib xizmat qiladi. Hokimiyatlar taqsimlanishi real qaror topgan taqdirdagina fuqarolarning demokratik xuquq va erkinliklarini, adolatli qonunchilik tizimi mavjud bo’lishini, huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati zohir bo’lishini ta’minlash mumkin. Bu borada hyech mubolag’asiz ta’kidlash mumkinki, Konstitusiya va qonunlar davlat hokimiyatini jamiyat va fuqarolar manfaati yo’lida sa’yharakat qilishini kafolatlovchi ustuvor huquqiy qadriyat sifatida maydonga chiqadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining muqaddimasida xalqimizning demokratiya va ijtimoiy adolat g’oyalariga qat’iy sadoqati mustahkamlangan. Xalqning hayotiy tajribasiga, milliy va madaniy an’analariga, barcha fuqarolar va turli ijtimoiy guruhlar manfaatiga mos keladigan asl demokratiyani qaror toptirish ulkan siyosiy ahamiyatga molik vazifadir. Konstitusiyamizda muhrlangan dekslashtirish); huquqiy tarbiyani yo’lga qo’yish; huquqiy ma’rifat tarqatish va huquqiy umumiy ta’limni amalga oshirish; ilg’or huquqiy mafkurani shakllantirish va tatbiq qilish; aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish va boshqalar.

Mustaqillik davrida O’zbekiston Respublikasining o’z huquqiy tizimi qaror topdi. U vujudga kelish, shakllanish va takomillashish jarayonlarini bosib o’tmoqda. Ammo, aytish joizki, huquqiy tizimning tarkibiy qismlarini tashkil etuvchi barcha huquqiy institut va hodisalar hozirgi kunda birdek yuksak darajada rivoj topayotgani yo’q. Ayrim elementlar, masalan, qonunchilik jadal rivojlanayotgan bo’lsa, boshqa elementlar sustroq rivojlanmoqda yoki hali eski shakl va qoliplardan to’la xalos bo’la olgani yo’q, xususan, huquqiy ong, hukuqiy madaniyat kabilar shular jumlasidandir. Bu esa huquqiy tizimning barcha tarkibiy elementlari tubdan isloh etilishi, davr talablariga mos tarzda modernizasiya qilinishi lozimligini anglatadi.

Huquqiy tizimning tarkibiy bo’g’inlarini inobatga olgan holda huquqiy hayot sohasida amalga oshirilayotgan modernizasiyalashning ustuvor yunalishlari quyidagicha talqin etilishi mumkin:

1. Huquqiy tizimni liberallashtirish (erkinlashtirish). Bugungi kunda butun dunyo miqyosida huquqqa va u bilan bog’liq barcha hodisalarga baho berishda «libertar» yondashuv (ya’ni, huquqqa erkinlikni ta’minlash vositasi sifatida qarash) ustuvor mavqyeni egallamoqda. Bu konsepsiyaga binoan huquq — avvalambor erkinlik, adolat va tenglik mezoni, ularni ta’minlash vositasi, aholi xavfsizligi hamda har bir fuqaroning daxlsizligini, mulkiy mustaqilligini ta’minlovchi normativ tizimdir.

Mazkur doktrinaga ikkita asosiy jihat xos. Birinchisi shaxs erkinligi va uning ijtimoiysiyosiy hayotini erkinlashtirish (liberallashtirish) bo’lsa, ikkinchisi ijtimoiy adolat prinsipining ustuvorligini ta’minlash, uni jamiyat va davlat hayotining barcha jabhalariga singdirishdan iborat.

Respublikamizning mustaqillikka erishishi ijtimoiyhuquqiy vaziyatni tamomila o’zgartirib yubordi. Avvalo, qonunchilik mohiyat e’tibori bilan tubdan o’zgardi, butun huquqiy tizimni liberallashtirish sari yo’l olindi, ayniqsa, jinoyatchilikka qarshi kurash siyosati liberallashtirish va insonparvarlikka yuz tutdi. Biroq totalitar tuzumning qoldiqlari va ayrim andozalaridan birdaniga qutulishning iloji yo’qligini nazardan qochirmaslik lozim.

Ta’kidlash lozimki, bu maqsadga barcha uzviy masalalarni kompleks hal qilish orqaligina erishish mumkin.



Birinchidan, davlatimiz yuritayotgan jinoiyhuquqiy siyosatning qonuniy zaminini yaratish borasida amaldagi qonunlarga jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining huquqiy asoslarini belgilab beruvchi zaruriy o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.

Ikkinchidan, jinoyat sudlovining barcha tizimlarini qayta tashkil qilish va takomillashtirish, uning ochiqligi hamda oshkoraligini ta’minlash borasida faoliyat olib borilmoqda.

Uchinchidan, aholining, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatning to’g’ri yo’ldan adashgan a’zolariga nisbatan yuksak ma’rifiy, insonparvarlik munosabatini shakllantirish, jinoyatni ochishga oid ma’lumotlar bergan odamlarni ta’qib qilmay, aksincha, ularga yordam berish, ularning qonuniy muhofazasini ta’minlash, aybsizlik prezumpsiyasi prinsipini amaliyotga to’liq joriy etish choralarini ko’rish va h. k.

Jinoyat va jazoga doir huquqiy siyosatni erkinlashtirish shaxs erki va huquqlarini ustuvor qadriyat sifatida baholashni belgilab berdi. Darhaqiqat, jinoyatchilikka qarshi kurash siyosatining har qanday yo’nalishi maqsadmazmunida inson va uning manfaatlariga e’tibor mavjud. Mazkur siyosatning asosiy maqsadi butun jamiyatning, xususan, har bir insonning tinch va osoyishta hayotini ta’minlashdan iborat.

Liberallashtirish huquqiy tizimning barcha elementlarini, shuningdek huquq va qonunchilikning barcha sohalarini qamrab olayotgani mantiqiy holdir. Fikrimizni tasdiqlash uchun quyidagi misollar kifoya qiladi: 1995 yilda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va 19951996 yillarda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 1998 yilda kuchga kiritilgan Oila kodeksi va boshqa salmoqli sohaviy qonunlar xalqaro huquqiy standartlarga mos holda, shuningdek inson huquqlarini to’lato’kis ta’minlashga yo’naltirilgan demokratiya, insonparvarlik hamda adolat prinsiplariga tayanib ishlab chiqildi va qabul qilindi. Mehnat munosabatlari sohasida ish beruvchi bilan xodim o’rtasidagi shartnoma munosabatlarining erkinlashuvi, fuqarolik qonunchiligida shartnomaga kirishuvchi subyektlarning tengligi, mustaqilligi, xususiy mulkning daxlsizligi; oila qonunchiligida nikoh tuzishning ixtiyoriy va erkinligi, nikoh shartnomasi asosida er va xotin munosabatlarining tartibga solinishi ushbu sohalarning liberallashuviga oid yorqin misollardir1.

Liberallashtirish shabadasi ma’muriy, bojxona, soliq qonunchiligini ham qamrab oldi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 2005 yil 2829 yanvar kunlari Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisida qilgan ma’ruzasida 1997 yilda qabul qilingan Soliq kodeksini iqtisodiy islohotlarning yangi ustuvor vazifalaridan kelib chiqib yangilash lozimligini, uni soddalashtirish (liberallashtirish — Mualliflar) soliqlarni unifikasiya qilish, soliq yukini yengillashtirish, soliq boshqaruvini takomillashtirish va erkinlashtirishni nazarda tutuvchi yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqish zarurligini ta’kidlagan edi.

Mazkur g’oya 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan yangi Soliq kodeksida o’z aksini topdi. Yangi Soliq kodeksi tuzilishi va mazmuni jihatidan oldingisidan ancha erkinlashgani va liberallashgani bilan farq qiladi1.

2. Qonun chiqarish jarayonini demokratlashtirish. So’nggi yillarda mamlakatimizda qonun ijodkorligi sohasini takomillashtirish borasida samarali ishlar amalga oshirildi. Bu, avvalo ikki palatali parlament joriy etilganida namoyon bo’ladi. Hozirgi davr parlamentning huquqiy tizimda yanada faol rol o’ynashini taqozo etmoqda. Bu yo’nalishda qonunchilik tashabbusi huquqiga ega subyektlar faoliyatida jo’shqin, faol, sermahsul tashabbuskorlik muhitini yaratish, ya’ni qonunlar xalq vakillari, siyosiy partiyalar fraksiyalari va qonunchilik tashabbusi huquqining boshqa subyektlari tomonidan kiritilishi mexanizmini takomillashtirish o’rinli bo’ladi. Chunki, bugungi kunda, davlatimiz rahbari I. A. Karimov ta’kidlaganidek, «iqtisodiy, siyosiy, gumanitar sohalarda islohotlarni jadal amalga oshirish uchun hayotiy zarur bo’lgan qonunlarni kiritish tashabbusi bilan chiqishda va ularning qabul qilinishini tezlashtirishda deputatlar korpusining sustkashligi, bu borada yetarlicha faollik ko’rsatmayotgani jiddiy kamchilik hisoblanadi. Keyingi besh yil mobaynida Qonunchilik palatasiga taqdim etilgan 297 ta qonun loyihasidan atigi 44 tasi deputatlar tashabbusi bilan kiritilgan.

Ayni paytda, 42 ta qonun loyihasi bevosita O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan, 160 tadan ziyod qonun loyihasi esa mamlakatimiz hukumati tomonidan kiritilgan bo’lib, ularning aksariyat qismi Uzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining ijrosini ta’minlash munosabati bilan taqdim etilgan»1. Qonun ijodkorligi jarayonida inson manfaatlariga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, o’zbekona urfodat va an’analarimizga chuqurroq e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Zero, yaratilayotgan qonunlar inson uchun, uning farovon hayot sharoitini ta’minlash uchun qabul qilinadi. Shu bilan birga, qabul qilinayotgan qonunlarimizni amaliyotga samarali tadbiq etish mexanizmini takomillashtirish masalasi dolzarbligicha qolayotganini unutmaslik lozim.

Ushbu yo’nalishda e’tibor qaratish lozim bo’lgan quyidagi jiddiy masalalar mavjud:

• O’zbekistonning qonunchilik (kengroq doirada olinadigan bo’lsa, huquqiy islohotlar dasturi) strategiyasini aniqlab, alohida rasmiy hujjat sifatida shakllantirish va qabul qilish;

• qonun ijodkorlik jarayenining sosiologik jihatlariga e’tibor qaratish, qonun bilan tartibga solish ehtiyojini o’rganish va shu asosda bo’lg’usi qonun ijodkorligi ishlarining empirik bazasini vujudga keltirish, shundan kelib chiqib, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi huzurida qonunchilik muammolarini sosiologik tadqiq etish institutini tashkil qilish;



  • qonun loyihalari ishlarini rejalashtirish va bashoratlash masalalariga jiddiy e’tibor qaratish;

  • qonunchilik texnikasini takomillashtirish va bu borada deputatlarning tegishli malakasini hosil qilish mexanizmini yo’lga qo’yish va hokazo.

Qonun chiqarish jarayonini demokratlashtirishning bir qator zaxiralari bor. Jumladan, qonun loyihalarining muhokamasiga manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar, ekspertlarni kengroq jalb etish, umumxalq muhokamalaridan samarali foydalanish, uning mexanizmlarini takomillashtirish, qonun loyihalarining muhokamalarida deputatlarning faolligini oshirish, qonunchilik jarayonining oshkoraligini kuchaytirish kabi tadbirlar shular jumlasidandir.

3. Ijtimoiy hayotning hamma sohalarida qonunning ustuvorligini ta’minlash. Ushbu huquqiy prinsip huquqiy davlatning eng muhim talabi sanaladi. Qonun ustuvorligini to’liq ta’minlamasdan, uning barcha fuqarolar uchun bir xilda amal qilishiga erishmasdan, buni har bir shaxs ongiga singdirmasdan turib demokratiya, huquqiy davlat haqida gapirish noo’rin. Demak, Konstitusiya va qonunlarning ustunligini ta’minlash hamisha ulkan ahamiyat kasb etadi. Qonunning mazmuni xalqchil, insonparvar, demokratik va adolatli bo’lishiga erishish, uning sifatini muttasil yaxshilab borish mudom o’z dolzarbligini saqlab qolayotgan mavzudir. Mazkur yo’nalishda, avvalo:



  • amaldagi qonunlarni inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarga moslashtirish bo’yicha muntazam ishni yo’lga qo’yish va shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun xujjatlari monitoringi instituti faoliyatini yanada faollashtirish lozim;

  • qabul qilingan va endi yaratiladigan qonunlar mazmunini «Qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi» (fuqarolar uchun) va «Qonunda belgshangan narsalargagina ruxsat etiladi» (davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun) prinsiplari asosida qayta ko’rib chiqish kerak;

  • inson huquqlari va erkinliklari ustuvor ta’minlanishi prinsipidan kelib chiqib, qonunchilik mazmunidagi etatizmdan voz kechish hamda inson manfaatlarini yoqlovchi huquqiy tartibga solish mexanizmini joriy etishga bosqichmabosqich o’tish zarur;

  • Konstitusiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlashning yuridik, tashkiliy, ma’naviyaxloqiy mexanizmlarini vujudga keltirish talab etiladi. Zero, «Qonunning ustuvorligi bizning islohotlar modelimizdagi yetakchi tamoyildir, — deydi Prezident I. A. Karimov — U huquqiy davlatning asosiy mezonlaridan bir bo’lib xizmat qiladi»1;

  • Konstitusiya va qonunlarning amal qilish mexanizmini va ularni aniq hamda og’ishmay qo’llash amaliyotini joriy etish darkor.


Yüklə 257,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə