Davlat ta’lim standarti. Malaka talablari


Muayyan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari



Yüklə 325 Kb.
səhifə8/27
tarix04.03.2022
ölçüsü325 Kb.
#84320
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
2-amaliy mashg\'ulot

Muayyan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining turlari:


    • ilmiy-tadqiqot;

    • tashkiliy-boshqaruv;

    • loyiha – izlanish;

    • ishlab chiqarish, texnologik;

    • umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;

    • turli xizmatlar ko‘rsatish kabilarni o‘z ichiga oladi.

Yo‘nalish bo‘yicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Ta’lim yo‘nalishi uchun malaka talablarida quyidagilar o‘z aksini topgan:


    • bakalavriat ta’lim yo‘nalishining umumiy tasnifi;

    • qo‘llanish sohasi;

    • ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatlarining tasnifi;

    • ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar;

    • bakalavrlarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar;

    • ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyatlariga qo‘yiladigan malaka talablari;

    • ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasi va fan dasturlari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar;

    • ta’lim yo‘nalishi o‘quv reja fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar;

    • malakaviy amaliyotga qo‘yiladigan talablar;

    • ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasidagi yuklama hajmi;

    • malaka talablarining amal qilish muddati.

Magistratura mutaxassisligining malaka talablari. Oliy ta’limning malaka talablari magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash, o‘quv reja va fan dasturlarining o‘zlashtirilishini amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi barcha oliy ta’lim muassasalari uchun talablar majmuini ifodalaydi. Oliy ta’lim muassasasi magistratura mutaxassisligi bo‘yicha magistrlar tayyorlash vakolatiga ega bo‘lganda ushbu malaka talablari asosida tayyorlangan o‘quv reja va fan dasturlarini amalga oshirish huquqiga ega deb hisoblanadi.

Yüklə 325 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə