Davlat test markazi


ABITURIYENTLARGA MASLAHAT



Yüklə 4,76 Mb.
səhifə2/141
tarix03.03.2022
ölçüsü4,76 Mb.
#84290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
dtm yangi 2019 100 % ishlangan Jonibek Ravshanovich(1)

ABITURIYENTLARGA MASLAHAT

Abituriyentlar bilan suhbat jarayonida aksariyat hollarda «Bilib turib shoshildim» yoki «Bilib turib boshqasini belgilab qo‘ydim, hayajonlanib qoldim» va shu kabi fikrlarni eshitamiz. Ana shunday xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun quyidagilar tavsiya etiladi:



  1. Tasavvur qiling, test jarayonlari boshlandi, test topshiriqlarini bajarish uchun belgilangan joyga o‘tirdingiz.

  2. Shoshilmang, avvalo, test topshiriqlarini bajarishda nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tinglang.

  3. Test topshiriqlari kitobidagi savollarni diqqat bilan o‘qib chiqing. Siz, eng avvalo, savolning mohiyatini tushunib oling, buning uchun savolni shoshilmasdan o‘qib chiqing.

  4. Sizga savol va uning javobi osondek ko‘rinsa ham, belgilashga shoshilmang, barcha javob variantlarini o‘qib chiqing va yana bir tahlil qilib oling, ishonch hosil qilganingizdan so‘nggina belgilang.

  5. Agar sizga biror test topshirig‘i qiyinchilik tug‘dirsa, ortiqcha vaqt sarflamang, yaxshisi, shu savol raqamini belgilab qo‘ying, barcha savol-topshiriqlarni bajarib bo’lganingizdan keyin shu savolni yana qayta ko‘rib chiqing.

  6. Siz savollar kitobidagi barcha test topshiriqlarini xuddi shu tarzda o‘qing va belgilab chiqing.

  7. Savollar kitobidagi barcha test topshiriqlarini bajarib bo’lgandan so‘ng, javoblar varag’ni oling va diqqat bilan bo‘yab chiqing.

  8. Har bir test topshirig’ini bajarish uchun ketadigan vaqtni to‘g‘ri taqsimlab chiqing.

  9. Test topshiriqlarini bajarish uchun vaqtingiz yetarli ekanligiga va ortiqcha hayajonga asos yo‘qligiga o‘zingizda ishonch hosil qiling.

Yuqoridagi tavsiyalarga rioya etsangiz, bu, albatta, yaxshi natijalarga erishishingizga yordam beradi.

Siz qaysi javob varianti asosida test topshirig’ini bajargan bo’lar edingiz?



  1. savolni darhol olib o‘qiyman, albatta, tanish bo’lgan javob variantini belgilab chiqaman

  2. savolga emas, javob variantlariga qarayman va keyin savolni o‘qiyman

  3. savolni o‘qib chiqishga shoshilmayman, o‘zim to‘g‘ri deb tanlagan javob variantini belgilayman

  4. savolni aniq tushunib olaman, barcha javoblar variantini o‘qib chiqaman va to‘g‘riligiga ishonch hosil qilgan javobni belgilayman



Yüklə 4,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə