Xalqaro adolat sudi. BMTning sud organi hisob- lanadi. U Bosh assambleya hamda Xavfsizlik ken- gashi tomonidan saylanadigan 15 nafar sudyadan tashkil topadi va doimiy faoliyat olib boradi. Ushbu sudga jismoniy hamda yuridik shaxslar murojaat qila olmaydilar. Faqatgina xalqaro huquq subyekti boʻlgan davlatlar va xalqaro tashkilotlar murojaat qilishlari mumkin. Biroq, masalan, A. degan davlat boshqa B. degan davlatni xalqaro huquq qoidala- rini buzayotgani uchun BMTning Xalqaro adolat su- diga bermoqchi boʻlsa ham, B. davlatning roziligi boʻlmasa, Xalqaro adolat sudi ushbu nizoni koʻrib chiqa olmaydi.
Kotibiyat. Birlashgan Millatlar Tashkilotning ma’muriy va hujjatlar bilan bog‘liq ishlarida Kotibi- yatning oʻrni juda ham yuqori. Kotibiyatga Bosh ko- tib boshchilik qiladi. U BMTga aloqador tezkor ham- da ma’muriy ishlarni bajaradigan organdir. Masalan,
@edurtm_uz
Tarixga nazar
Janubiy Koreya va Yaponi- ya oʻrtasida bir orol (yaponcha: Takeshima, koreyscha: Dokdo) muammo boʻlib keladi. Hozir uni Janubiy Koreya boshqarib kelsa-da, Yaponiya bunga rozi emas. Shu sababli Xalqaro ado- lat sudida ushbu masalani koʻrib chiqishni istaydi. Biroq Janubiy Koreya ishni sudda koʻrib chi- qish boʻyicha rozilik bildirmagani bois Xalqaro adolat sudi ishni hal eta olmaydi.
Vasiylik kengashi Kotibiyat
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING IXTISOSLASHGAN TASHKILOTLARI
BMT iqtisodiy va madaniy, inson huquqlari, sogʻliqni saqlash, ekologiya kabi turli sohalarda oʻzining ixtisoslashgan tashkilotlari orqali davlatlar oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirmoqda. Shuningdek, davlatlar oʻrtasidagi ziddiyatlar va urushlarning yuzaga kelish sabablarini bartaraf etish bilan ham shugʻullanmoqda. Bu yoʻlda Xalqaro valyuta jamgʻarmasi (IMF), Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti (ICAO), Fan va madaniyat masalalari boʻyicha tashkilot (UNESCO), Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO), Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (WHO) kabi ixtisoslashgan tashkilotlarning oʻrni kattadir. Bugungi kunda BMTning jami 17 ta ixtisoslashgan tashkiloti faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning har biri muayyan bir sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ixtisoslashgan.