1) Florio Benevini Buxoro xoni xuzuriga podsho xazratlarining elchisi sifatida
boradi. Shu xakda uning ko`liga podsho xazratlarining Buxoro xoni nomiga yozilgan
maktubi topshirildi. Elchi Peterburgdan Moskvaga kaytib borishi xamono Astraxanga
jo`nab ketadi. Astraxandan Buxorogacha Abulfayzxonning uni Astraxanda kutib
turgan elchisi bilan birga boradi.
2) Florio Benevini Abulfayzxonning elchisiga yo`lda o`zini tanitmaydi. Yo`lda,
ayniksa Buxoro xonligi xududlaridan o`tayotganda, xamma erlarni, xususan
bandargoxlar, kal`alar va shaxarlarni dikkat bilan ko`zdan kechirib boradi.
3) Xon bilan uchrashganda uni Eron va boshka davlatlarning elchilari katorida
zo`r xurmat va extirom bilan kabul kilinishiga erishsin. Podsho xazrati oliylari u bilan
do`stlik va savdo-sotik alokalarini ilgaridan xam ziyoda bo`lishini istayotganini
xonga ma`lum kilsin.
4) Buxoroda bo`lganida, kanday bo`lmasin, Buxoro xonligi kal`alari, ko`shini,
otlik va piyoda askarlarining umumiy soni, ularning kurol-aslaxalari va kancha
zambaragi borligini, ko`shinidagi umumiy axvol, kal`larning ko`riklanishini bilib
olsin.
5)Abulfayzxonning Eron shoxi va Xiva xonlari bilan munosabati kay darajada
ekanligini aniklasin. Xiva xoniga karshi xarbiy ittifok tuzish taklif etilsin.
6) Buxoroda kanday tovarlar ishlab chikariladi va udar kaerlarga olib borib
sotiladi? Buxoroga dengiz yoki kuruklikdan kaysi yo`l bilan borish mumkin?
Buxoroda kaysi rus tovarlariga extiyoj katta? Rossiya bilan savdo-sotikni
kuchaytirish mumkinmi? Mana shu masalalarni aniklasin.
7) Amudaryoda oltin bormi? Buxoro xonini ko`riklash uchun necha yuz
gvardiyachi, yoki ko`shin yuborilsa, xon bunga rozi bo`ladimi? Shuni xam aniklasin.
Xar ikkila elchilik, Buxoro xonining Rossiyadan vataniga kaytib kelayotgan
elchisi va Florio Benevini 1721 yil 6 noyayurda Buxoroga etib oldilar. Florio
Benevini va uning xamroxlarini Buxoroga 10 verst kolganda yo`l ustida Buxoro
to`pchiboshisi boshlik 50 kishidan iborat saroy mulozimlari kutib oldilar.
Rossiya elchiligi Buxoroda uch yarim yil, 1721 yil 6 noyabridan to 1725 yil 8
apreligacha turdi va podshoning yukoridagi topshiriklari bo`yicha kimmatli
ma`lumotlar to`pladi. Ularning eng muximlarini kuyida keltirildi.
Buxoro va xalkining kurol-aslaxalari xakida Florio Benevinining o`z xukumatiga
bergan ma`lumotnoma (relyatsiya)sida shular yozilgan: «(Kal`asi) yarim vayron
bo`lgan xandak bilan o`ralgan. Shaxarda loydan kurilgan 15 ming xovli-joy mavjud.
Shaxar markazida pishik gishtdan kurilgan baland minorali xon saroyi va madrasalar
joylashgan.
Juda kam o`zbekda miltik bor. Ular asosan o`k-yoy va nayza bilan kurollangan.
Shaxarda xammasi bo`lib 15 nafar zambarak bor. Lekin, ularning fakat bittasidan
bayram kunlarida otish mumkin».
Ma`lumotnomada Buxorodagi rus asirlari xakida xam ma`lumot bor.
«Buxoroda,-deb aytiladi bu xujjatda,-xon va boshka o`zbeklar ko`lida 250 ga yakin
asir bor...Ularning umumiy soni 1000 ga etadi. Aytishlaricha, ularning soni Buxoro
xonligida 2000, Xiva bilan Orolda 1500 ga etadi»
Mamlakatning er osti va er usti boyliklari xakida turli vaktlarda jo`natilgan
ma`lumotnomalarda (Florio Benevini Buxoroda to`plagan ma`lumotlarini ko`lda
saklashdan ko`rkib odamlari orkali Moskva va Peterburgga jo`natib turgan)
kuyidagilarni o`kiymiz:
«Amudaryoning bosh kismida oltin yo`k. Lekin unga Ko`kcha daryosi kelib
ko`shilgan joyda kumlok erlarda oltin bor, chunki Ko`kcha daryosi oltin va boshka
rudalarga boy toglardan boshlanadi. Ko`kchaning boshlanish kismida, xususan yoz
faslida maxalliy axoli katta-katta oltin parchalarini topib oladilar.»
«Badaxshondan tashkari, oltin, kumush, achchiktosh, ko`rgoshin, oliy navoi
temir konlari Samarkand va Buxoroda xam bor».
«(Yukorida) tilga olingan Sirdaryoda oltin topsa bo`ladi. Lekin Andijonda va
margilonda ko`prok. Boshka erlardagilar xakida choparimiz (Nikolay Miner) anik
kilib aytib beradi. Sirdaryo soxillarida kumdan topilgan oltin parchasini undan berib
yuborokdaman».
«O`sha daryoda (Sirdaryoda) oltin bor. (Tevarak atrofdagi) toglarda, xususan
Koshgarda, Margilonda, Andijonda va Toshkentda xam bor. Xar xolda biz shunday
deb egitdik».
F.Benevinining mana bu ma`lumoti xam muxim: «Badaxshon toglaridagi oltin,
la`l va zaxar mo`xra konlarining barchasi maxalliy beklarning ko`lida».
F.Benevini Buxoroning XVIII asrning birinchi choragidagi ichki va xalkaro
axvoli xakida o`ta muxim ma`lumotlar to`plagan. Uning o`z xukumatiga yuborgan
ma`lumotnoma (relyatsiya)sida bu xakda mana bularni o`kish mumkin:
«Uni (kamerdiner N.Minerni) savdogar kiyofasida, mol bilan, Balx va
Badaxshonga jo`natgan edim. Va ulardan o`tib Loxurgacha borishni buyurgan edim.
Lekin yo`lda talonchilar ko`pligidan Balxdan orkaga kaytdi».
«O`sha Badaxshon va Balx mamlakatlari mustakil bo`lib olganlar. U yoki bu
xonning ko`l ostida. Lekin xonlarini tez-tez almagtirib turadilar».
«...Beklarning o`zboshimchaligi tufayli butun mamlakat isyon va tugyonlar
iskanjasida kolgan».
«Xususan poytaxt shaxar to`s-to`palonlar va isyonlar dastidan ogir axvolda
kolgan. Ayniksa, Ibroximbiy kenagas isyoni tufayli Abulfayzxon shaxarni tashlab
chikishga majbur bo`lgan, so`ng o`gli bilan birlashib, Buxoro va uning atrofini talon-
toroj kilib katta zarar etkazdi». «Shaxar ozik-ovkat va em-xashak xususida shu kadar
garib bo`lib koldiki, oddiy xalk tirikchilik deb o`z bolalarini sotdi, ko`p odam o`lib
ketdi, mol-ko`yi va ot-tuyalari kirilib ketdi».
Buxoro xonligidagi tarkoklik XVIII asrning boshlarida shu darajada kuchaygan
ediki, masalan, Fargona vodiysi va Samarkand Buxorodan ajralib chikib, Ko`kon
xonligi (1709-1876 yy.) va Rajabxon boshlik Samarkand bekligi tashkil topdi.
Xususan, Samarkand bekligining tashkil topishi xakida F.Benevinining 1723 yil 4
mart kuni yuborgan maxfiy axborotida bunday deyilgan: «...sobik (Buxoro) otaligi
Ibroximbiy Samarkand ustiga yurdi va uni egalladi. Shundan keyin boshkalar bilan
ko`shilib, xon avlodidan bo`lgan Shargozixonni Rajabxon nomi bilan (Samarkand)
taxtiga o`tkazdi va uni o`ziga kuyov kilib oldi. O`zi esa otalik lavozimini egalladi».
Bir fursat vakt o`tib, Rajabxon maxfiy tarzda F.Benevini bilan aloka bogladi. U
rus elchisidan xakikatan xam Rossiya A.Bekovich-Cherkasskiyning kasdini olmok
uchun Xiva ustiga yurishga axd kilgan-kilmaganligini bilmokchi bo`ldi. Bu xakda
Xivaning o`ida xam gap-so`zlar yurar edi. 1723 yili Shkrgozixonning o`zi kalmok
xoni Ayukdan «ruslar Saratovda askar to`playotibdilar va balki 1724 yilning baxorida
Xiva ustiga yursalar kerak» degan gapni eshitgan edi. Shundan keyin, Shkrgozixonni
Orol o`zbeklari ruslar Xiva ustiga boshlab kelmasmikan, mukobil beklar uni taxtdan
tushirib, saltanat tepasiga Temur sultonni o`tkizmasmikan, degan shubxa bosdi.
Dostları ilə paylaş: |