Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni yaxlit tizim sifatida Tayanch tushunchalar


O’quvchilarning bilish faoliyati ko’rsatkichlari



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə7/12
tarix19.12.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#153432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Didaktika- ma ruza

O’quvchilarning bilish faoliyati ko’rsatkichlari Didaktlarning ishlarida shu narsa yaqqol ko’rinadiki, o’quv jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar orasidagi munosabat sub’yektsub’yekt tavsifiga ega bo’lishi zarur. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, ta’lim – bu keng tarzda sotsiumning bo’lajak a’zosini umumiy mehnat, hamkorlikk o’rgatish uchun zarur bo’lgan birgalikdagi faoliyat. Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta’lim jarayonini ko’rib chiqish asosida o’quvchilarning rollar orqali namoyon bo’lishi quyidagicha ko’rinish kasb etadi:

  • o’quv jarayoni bilan dastlab tanishishda tomoshabin, kuzatuvchi;

  • guruhli faoliyatning ishtirokchisi;

  • namuna bo’yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so’ng faoliyat egasi; faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda faoliyat egasi + fikr egasi;

  • o’z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o’z-o’zining faoliyati egasi.

Ta’lim jarayoni qonuniyatlari. Pedagogikada qonuniyatlar – bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ularning asosiy xususiyati qonuniyatlar pedagogikada ehtimoliy-statistik Bilish faolligi ko’rsatkichlari Mo’tadillik
Ishtiyoq O’rganishning anglanganligi Ijodiy namoyon bo’lishi Nostandart o’quv vaziyatlaridagi xulq-atvor O’quv vazifasini hal etishdagi mustaqillik xarakter berishida aks etadi, qonunlarni esa ta’lim jarayonida amalga oshirishni hamma holatlarda ham aniq ko’rib bo’lmaydi. Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: ta’limning maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi; jamiyatning talablari va imkoniyatlari; pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari bilan bog’liqlikda aniqlashtiriladi; ta’lim mazmunini belgilashda ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va maqsadlari; ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati; o’quvchilarning yoshi imkoniyatlari; ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasiga asoslaniladi; ta’limning sifati avvalgi bosqich mahsuldorligi va hozirgi bosqichda erishilgan natijalar; o’rganilayotgan material xususiyati va hajmi; o’quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko’rsatish: o’quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqtiga bog’liq; ta’lim metodlari samaradorligi ta’lim maqsadiga; o’quvchilarning yoshi, ta’lim olish imkoniyatlariga; ta’lim muassasasining moddiy-texnik ta’minotiga bog’liq; ta’limni boshqarish samaradorligi ta’lim tizimida qayta aloqalarning intensivligi va korrektsiyaga, ta’sir ko’rsatishning asoslanganligiga bog’liq; ta’limda rag’batlantirish samaradorligi ichki va tashqi stimullarning o’zaro uyg’unligiga bog’liq. Shuningdek, pedagogikada ta’limning xususiy qonuniyatlari ham mavjud:
psixologik: ta’lim samaradorligi o’quvchilarning o’quv faoliyatiga qiziqishiga; fikrlash darajasi, kuchi, jadalligi va o’ziga xosligiga; xotiraning rivojlanganlik darajasiga; bilish faolligi darajasiga bevosita bog’liq;
kibernetik: ta’lim samaradorligi qayta aloqalarning tezligi va hajmiga; bilimlarning sifati nazoratning to’g’ri olib borilishiga; ta’lim sifati o’quv jarayonini boshqarish sifatiga; boshqaruvning samaradorligi boshqaruvga doir axborotlarning soni va sifatiga bevosita bog’liq; sotsiologik: individning rivojlanishi u bevosita va bilvosita muloqotda bo’ladigan individlarning rivojlanishiga; ta’lim samaradorligi “intellektual muhit”ning mavjud holatiga, o’zaro birbiriga o’rgatishning jadalligiga; o’qituvchi va o’quvchilar muloqotining sifatiga bevosita bog’liq;
tashkiliy: ta’lim natijasi o’quvchining o’quv mehnatiga, o’zining o’quv majburiyatlariga munosabatiga; o’quvchining ishchanlik qobiliyatiga; o’quvchilarning aqliy faolligini oshirish o’quv mashg’uloti jadvalining tuzilishi, unda jismoniy tarbiya va mehnat mashg’ulotlarining joylashtirilishiga bevosita bog’liq.

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə